Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

O‘lim va o‘lmaslik. O‘lim va o‘lmaslik ahloqshunoslikdagi eng murakkab tushunchalar. 
Avvalo shuni aytish kerakki, o‘lim shu paytgacha ahloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib 
qaralmagan. Vaxolanki uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga 
kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning ziddi bo‘lgan bu tushuncha axloqqa 
taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o‘lim oliy qadriyat bo‘lmish inson hayotini kesib qo‘yadi, uning 
ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo‘lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda 
bo‘lmaganda, yana o‘n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan–qancha ezgu ishlar 
qilgan, falsafa, tibbiyot va badiiy adabiyot sohasida ko‘plab buyuk asarlar yaratgan bo‘lur edi. 
O‘lim uni, u orqali bizni ham ana shu ma’naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o‘lim, faqat 
biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati ahloqiylik bilan chambaras bog‘liq. To‘g‘ri, 
o‘lim – haq. Lekin bu erda o‘limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim. 
O‘limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog‘liq o‘lim. U 
ikki xil bo‘ladi: birinchisi – odatiy o‘lim, u qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom 
ettirishga yaroqsizligi tufayli ro‘y beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar 
tufayli voqe bo‘ladigan o‘lim. 
Ikkinchi turdagi o‘lim – jamiyat bilan bog‘liq, u ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – majburiy 
o‘lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, 
ular hoh ruhiy, hoh jismoniy bo‘lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda 
amalga oshiriladigan o‘lim, totli o‘lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi 
o‘lim ahloq bilan bog‘liq. CHunonchi ikkinchi turdagi o‘limning birinchi xili – ulkan yovuzlik 
hisoblanadi. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko‘rsatishdir. Bu haqda 
keyinroq bafurja to‘xtalamiz. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling