B ibragimov, M. Ibragimov


Burchak to`pini amalga oshirish tartibi


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Burchak to`pini amalga oshirish tartibi:

To`p burchak sektori ichiga bayroqli ustunning atrofida joylashtiriladi. 
Hamda darvoza chizig`iga yaqinroq nuqtaga qo`yiladi;

Zarba berayotgan paytda bayroqli ustunga tegish ta`qiqlanadi;

To`p o`yinga kiritilguncha, raqib jamoa futbolchisi to`pdan 9,15 metrdan 
yaqin bo`lmagan masofada turishi lozim;

Burchak to`pi hujum qilayotgan jamoa a`zosi tomonidan oyoq bilan o`yinga 
kiritiladi;

To`p oyoq bilan joyidan siljishi bilan o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi;

Burchak to`pini kiritayotgan o`yinchi birinchi bor to`pga tegishgandan so`ng 
kema-ket ikkinchi bor tegina olmaydi, ya`ni to`pga ikkinchi marta uning 
jamoadoshi kelib teginadi.
4.24-rasm 
Qoidabuzarlik, jazolar
Burchak to`pi maydonda harakat qilayotgan o`yinchi tomonidan 
kiritiladi
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor 
teginib (lekin qo`l bilan emas, unda boshqacha jazo qo`llanadi) ketsa, unda:

Qoida (to`pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan hakam 
tomonidan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;* 


177 
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor 
atayin qo`li bilan o`ynasa, unda:

Hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga 
jarima to`pi belgilanadi;

Agar himoyachi o`z jarima maydoni ichida qo`l bilan o`ynasa, hakam 
tomonidan 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi. 
Burchak to`pining darvozabon tomonidan kiritilishi
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi darvozabon to`pga ikkinchi bor 
teginib (lekin qo`l bilan emas, unda boshqacha jazo qo`llanadi) ketsa, unda:

Hakam tomonidan qoida (to`pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan 
nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling