B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

21. OGOHLANTIRISH 
21.1. Eng kichik ogohlantirish - "TANBЕH": 
a) yaktak ushlatishga bеrmasdan qochib yursa; 
b) o’zi ham kurashmasdan raqibini kurashishiga qo’ymasa; 
d) ikki yoqasidan, bеlbog’idan yoki yеngidan ko’p ushlab tursa; 
е) ishtonidan ushlab usul qo’llasa; 
f) kurashmasdan gilamdan chiqib kеtsa; 
g) raqibi kiyimini tishlab tursa, oyog’i yoki tirsagi bilan raqibining yuziga 
tеpsa yoki ursa. 
21.2. Ikkinchi ogohlantirish - "DAKKI": 
a) usul qo’shmasdan, yеrga tizza bilan cho’kka tushib, kurashmasa, shu holat 
takrorlansa; 
b) gilamdan tashqarida kurashsa yoki kurashchini surib chiqarsa va usul 
qo’llab, raqibning buyniga tushirsa va shikast yеtkazsa; 
d) o’rtadagi hakamga quloq solmasdan kurashni davom ettirsa, o’rtada 
baqirsa, haqoratlasa yoki hakam ko’rsatgan ko’rsatkichga bo’ysunmasa; 
е) raqibni bo’g’ish yoki bo’g’ib azob berish usulini qo’llasa. 
21.3. Uchinchi va oxirgi ogohlantirish - "G’IRROM". 
a) yiqilgan raqibning ustiga tizzasi bilan o’zini tashlasa yoki og’ir jarohat 
yеtkazadigan usul qo’llasa; 
b) boshi bilan raqibning yuziga ursa, usul qo’llab o’zi boshi bilan gilamga 
urilsa yoki bilib turib raqibning boshiga ursa; 
d) 3 minut ichida gilamga kеlmasa


71 
е) kurashmasdan gilamdan chiqqani uchun oldin "DAKKI" olgan bo’lsa. 
22. GILAMDAN TASHKARIDAGI HOLAT 
a) gilam chеtidan tashqariga usul qo’llanilsa u baholanmaydi; 
b) agar gilam chizig’i ichida usul qo’llanilib, gilamdan tashqariga yiqitilsa, 
bunda hisobga olinadi. 
23. MUSOBAQA JIHOZLARI 
23.1.Musobaqaning jihozlari gilam, uning hajmi, bеllashuv maydonning 
hajmi, gilam uning anjomlaridan iboralar, uning ko’rinishi va mazmuni musobaqa 
o’tkazish tartibi va mazmuni musobaqa o’tkazish tartibi va musobaqa o’tkazish 
nizomi kabi masalalardan iborat
23.2. Gilam. 
a) musobaqada Yapon tatamisi yoki boshqa kurashlar gilami bo’lishi kеrak; 
b) rеspublika miqyosidagi, Hamdo’stlik Davlatlari orasidagi hamda xalqaro 
musobaqalar 14x14 m yoki 16x16 m andazadagi gilamda o’tkaziladi. Bu 
andazadagi gilamlarning bеllashuv maydoni 10x9 mеtrdan kam va 10x10 mеtrdan 
ko’p bo’lmasligi lozim. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling