B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet104/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Jadval protsessori deb, keng ko‘lamli hisoblashlami avtomatlashtiruvchi, ma’lumotlami grafik talqin qilish hamda tahlil etish imkonini beradigan elektron jadvallar yaratish va ularni qayta ishlash uchun foydalaniladigan dasturiy majmuaga aytiladi.
Elektron jadval - ustun va satrlar bo‘yicha ma’lumotlami tashkil etish shaklidir. Ustun va satr kesishishidan hosil bo‘lgan har bir yacheyka (katak) ichiga matnli, sonli, sana va vaqt qiymatlar, shuningdek formula, funksiya va boshqa ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Iqtisodchilar uchun elektron jadvallaming afzalliklaridan biri jadvallardagi barcha ma’lumotlami formulalar asosida tez va ishonchli tarzda qayta hisoblashdir.
MS Excel jadval protsessori yordamida quyigilami amalga oshirish mumkin:

  • alohida varaqlardan iborat ishi kitobi jadvallarini saqlash, tahrirlash va qayta ishlash;

  • tahrirlash va formatlashning turli usullarini qo‘Hagan holda jadvallami tayyorlab, chop etish;

  • foydalanuvch formulalari va funksiyalar asosida hisoblash­lami bajarish;

  • jadvallardagi ma’lumotlar asosida matematik modellash- tirish va hisob tajribalarini o‘kazish;

  • hisoblash natijalari asosida statistik tahlil, prognozlash opti- mallashtirish masalalarini yechish (qarorlami qo‘llab-quvvatlash);

  • ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishlarni diagrammalar asosida ko‘rgazmali tasvirlash;

  • katta hajmdagi ma’lumotlami ma’lumotlar bazasi funksi- yalaridan foydalangan holda saralash, filtrlash va qayta ishlash;

-- jadvallardagi ma’Iumotlaming ko‘p pog‘onali xavfsizligini ta’miniash;
- boshqa dasturiy vositalar bilan axborot ayirboshlash.
Elektron jadvallar xususiyati shundan iboratki. undagi turli yacheykalami formulalar orqali bir-birlariga bog‘lash mumkin. Agar formula argument! sifatida berilgan yacheyka qiymati o‘zgartirilsa, mos ravishda formula joriy etilgan yacheyka qiymati ham avtomatik ravishda o‘zgaradi.
Elektron jadvallami joriy etish ma’lumotlami qayta ishlashni osonlashtiradi va maxsus dasturlar ishlab chiqmasdan hamda hisob- kitoblami qo‘lda bajarmasdan natijalami qulay va osonlik bilan olish imkonini yaratadi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling