B. S. Axrarov


MS EXCEL jadval protsessori amaliy dasturlar sinfiga mansub. 1994-yildan boshlab MS Excel


Download 3.61 Mb.
bet105/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

MS EXCEL jadval protsessori amaliy dasturlar sinfiga mansub.
1994-yildan boshlab MS Excel jadval protsessori dunyoda eng ko‘p ommaiashgan jadval protsessoridir. Keyingi yillarda ushbu jadval protsessorining MS EXCEL 2003, MS EXCEL 2007, MS EXCEL 2010, MS EXCEL 2013 versiyalaridan foydalanilmoqda.
Jadval protsessorining vazifasi - hisoblashlami avtomatlash- tirish, diagrammalar yaratish, jadvalli hujjatlami yaratish, jadvalli ma’lumotlar bazasini yuritish.

  1. Elektron jadvallarga oid asosiy tushunchalar

MS Excel jadval protsessorining hujjati ishchi kitob deb ataladi. Ishchi kitobi o‘z navbatida ishchi varaqlardan (listlardan) tashkil topadi. Har bir ishchi varaq elekron jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Shunday qilib, ishchi kitob tashqi xotirada yagona fay! ko'rinishida saqlanadigan ishchi varaqlar to'plamidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, MS Excel ishi natijasida hosil bo‘lgan fayl .xlsx yoki .xls kengaytmaga ega bo‘ladi. MS Excelda qayta ishlanadigan har bir faylda 1 dan 255 tagacha varaqdan (elektron jadvallardan) iborat faqat bitta ishchi kitobi mavjud bodadi. Odatda MS Excel ishga tushirilganida uning oynasida 3 ta varaq joylashtirilgan bodadi. Ischi varaq jadval strukturasiga ega bodib, unda bir yoki bir necha jadval joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Excel dasturining hujjat oynasida faqat bitta joriy varaq tasvirlanadi va o‘sha varaq bilan ishlanadi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi va bu nom oynadagi varaqlar yorliqlarida akslanadi. Ushbu yorliqlar orqali boshqa ishchi varaqqa o‘tish va uni faollashtirish, varaq nomini almashtirish, o‘chirish, joylashtirish amallarini bajarish mumkin. Masalan, ishchi varaq nomini almashtirish uchun varaq nomi yoriig‘ida sichqoncha chap tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi.
Ishchi varaq satrlar va ustunlardan tashkil topadi. Ustunlar lotin alifbosi bosh harflari va u yog‘iga ikki yoki uch harfli kombinatsiyalar’asosida nomerlanadi. Excel 2010 dasturida ishchi varaq jami 1048576 ta satr va 16384 ta ustundan iborat bo‘lishi belgilangan (taqqoslash uchun, masalan, MS Excel 2003 dasturida 65536 ta satr va 256 ta ustun belgilangan). Ustunlar nomlari lotincha A harfidan boshlab XFD harflarigacha belgilanadi.
Satrlar va ustunlar kesishishidan jadvalning yacheykalari shakllanadi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling