KompyuterI ar da xotira qurilmasining quyidagi turlari ishlatiladi:
tezkor xotira - RAM (Random Access Memory). Uning vazifasi dasturlar, ma’lumotlar, qayta ishlangan va hosil qilingan oraliq natija ma’lumotlarini saqlashdan iborat. Kompyutemi kuchlanish manbaidan uzib qo‘yilsa yoki operatsion tizim qayta yuklanganida, tezkor xotiradagi saqlanayotgan ma’lumotlar o‘chib ketadi;
doimiy xotira - qurilmalar ishini nazorat qilish. kompyuter konfiguratsiya parametrlarini sozlash uchun dasturlami, ya’ni mikrodasturlami doimiy ravishda saqlovchi qurilma. Doimiy xotira - ROM (inglizcha ROM, Read Only Memory - faqat o‘qish uchun mo'ljallangan xotira) - kuchlanish manbaiga bog‘liq bo‘lmagan xotira bo‘lib, unda doimiy ravishda qurilma ishini nazorat qilish, kompyuter konfiguratsiya parametrlarini (SETUP) sozlash mikro- dasturlarini doimiy ravishda saqlovchi qurilma. Bunday mikrodasturlar to‘plami BIOS (kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi) deb ataladi;
CMOS xotira (inglizcha Complementary tnelall oxide semiconductor ~ metall-oksiddan tayyorlangan yarim o‘tkazgichli komplementar juftlik) - BIOS mikrosxemasining qismi bo‘lib, u tizimli platadagi maxsus akkumulatordan kuchlanish oladi. Bunday xotira sig‘imi atigi 256 bayt bo‘lib, unda kompyuter konfigurat- siyasi parametrlari (operativ xotira, vinchester turi, disk yurituvchi va shu kabilar) saqlanadi. Uni ko‘pincha yarim doimiy xotira ham deb atashadi.
tashqi xotira quilmalari: magnitnli disklar (qattiq disk - vinchester, floppi-disk, USB-flesh xotira), optik disklar (CD-ROM, CD-RW, DVD-ROM, DVD-RW, BD-ROM, BD-RE).
RAID-massiv - yagona tayanch asosga o‘matiigan almash- tiriladigan bir necha magnit disklaridan iborat tashqi xotira. Bunday xotiraga bitta faylning turli bloklari parallel ravishda bir necha disklarga yozib qo‘yiladi. RAID-massivlar server kompyuterlarda ma’lumotlaming zaxira nusxasini saqlashda ishlatiladi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |