B. S. Axrarov


Foydalanuvchi interfeysi ~


Download 3.61 Mb.
bet72/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Foydalanuvchi interfeysi ~ kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash vositasi. Umuman interfeys haqida so‘z ketganda interfeysni ikki turga ajratish mumkin: amaliy va tizimli interfeys.
Amaliy interfeys axborot texnologiyalarida muayyan funksiya- lami bajarish imkonini bersa, tizimli interfeys kompyuter quril- malari o4rtasida axborot almashish usullari, qoidalari to‘plamidan iborat bo4 lib, u operatsion tizim yoki uning biror qismi uchun joriy etiladi.
Buyruq satrili interfeys — eng sodda interfeys bo‘lib, ekranga buyruq kiritish taklifnomasini chiqaradi (MS DOS tizimida: C:\>, Unix tizimida - $).
Grafik interfeysda ekranga oyna chiqarilib, uning tarkibida menyu rejimlari, turli tugmalari va ish sohasi mavjud bo‘ladi. Ke- rakli rejimni tanlash uchun sichqoncha ko‘rsatkichidan foyda- laniladi.
Tovushli-grafik interfeysda ekranda grafik obyektlar joyla- shadi va ulami tovush yordamida mantiqiy bog‘lanishlar asosida boshqarish imkoniyati yaratiladi.

  1. Tarmoq tashkil etilishiga ko‘ra: mahalliy (lokal), ko‘p pog‘onali, taqsimlangan texnologiyalar.

  2. Amalga oshirish usuliga ko‘ra avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AAT) On-Line rejimida ishlovchi va Off-Line rejimida ishlovchi turlarga ajraladi. On-Line rejimida ishlovchi AAT larda ma’lumotlar shakllanishi zahotiyoq (real vaqt oralig‘ida) tizimga kiritilishi, qayta ishianishi va hisobotlari tegishli bo‘g‘in- larga uzatilishi amalga oshiriladi. Off-Line rejimida ishlovchi AATlarda ma’lumotlar shakllanib bo‘lgan vaqtdan ancha keyin ham (1 kundan, 1 haftadan keyin ham) tizimga kiritilishi, qayta ishianishi mumkin.

  3. Muayyan predmet sohasiga xizmat ko‘rsatishga ko‘ra: bux- galteriya hisobi, bank faoliyati, soliq tizimi, sug‘urtalash, statistik, ishlab chiqarish, loyihalashni avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqotlami avtomatlashtirish va boshqa shu kabi texnologiyalar.

  1. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ini sarflar ekan, qolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlami (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining dementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlami tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
O‘tgan asming 70-yillari o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi shakllangan vaqtda (korxonalar, tarmoqlar uchun avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan ma’lumotlami yig‘ish vazifasi avtomatlashtirilgan. Odatda kichik ma’muriy xodimga yuklatiladigan reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoJdi. Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy ta’minot va qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni taiab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu bilan birga yangi hujjatlami rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog'liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo‘limlari, muassasa, institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomat- lashtirish yangi axborot texnologiyalari asbsida ma’iumotlami qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling