Bajardi: Buxgalterya hisobi va audit fakulteti, sirtqi bo`lim, xbas-62 guruh talabasi H. Dehqonov Tekshirdi


-rasm. Kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning


Download 85.63 Kb.
bet3/15
Sana07.11.2021
Hajmi85.63 Kb.
#171423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Byudjet hisobi kurs ishi Dehqonov H

1.1-rasm. Kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning

sxematik ko’rinishi

Kassa daftarini to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi. Ko‘plab bo‘linmalarga ega bo‘lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to‘lovlarni to‘lashga kassirlardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug‘i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi shart.

Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftari yuritiladi.

Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo‘lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o‘rniga 317-son shakldagi

kassadan hisobdor shaxslarga pul berish bo‘yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko‘zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to‘lash hamda mayda xo‘jalik xarajatlari tashkilot buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi.

Buxgalteriya hisobida kassa muomalalari hisobi “Kassa” schyotida “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” va “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag‘larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag‘larni kirimi, kredit tomonida pul mablag‘larni chiqimi aks ettiriladi.

Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi “Kassa” schyotida “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.

Kassa muomalalari buxgalteriya o’tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.




Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling