Bank auditi


  Kassa va kassa operatsiyalarini auditi


Download 351.87 Kb.
bet19/44
Sana09.01.2022
Hajmi351.87 Kb.
#263535
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Bank auditi-fayllar.org

3.  Kassa va kassa operatsiyalarini auditi 
 
Markaziy  bank  xuzuridagi  tashkilotlarning  (Axborotlash-tirish  Bosh 
markazi,  Bank  kolleji  va  “Davlat  belgisi”  maxsus  ishlab  chiqarish  birlashmasi 
fabrikalari)  kassasi  audit  qilinayotganda  obe’ktga  kelgan  zaxoti,  kassir  va  bosh 
(katta)  buxgalterning  ishtirokida  zudlik  bilan  audit  qilinadi.  Amalda  bo’lgan  pul 
mablag’lari, pul hujjatlari va qat’iy hisobda turadigan blankalar buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. Kassa naqd pul qoldiqlari, hamda kassada mavjud 
boshqa  boyliklar  auditi  bevosita  muassasaning  bosh  hisobchisi  va  kassiri 
ishtirokida amalga oshirilib, boshqa xodimlarning kassaga kirishi takiklanadi. 
Xazinada audit o’tkazilayotgan paytda barcha kassa operatsiyalari tuxtatiladi 
va kassa qoldig’i hisoblanishidan avval kassirdan u barcha naqd pul va jamiki pul 
mablag’larini  bergani  to’g’risida  tilxat  olinadi.  Agar  kassirning  so’nggi  kassa 
hisobotida  ko’rsatilmagan  pul  operatsiyalari  bo’lsa,  kassirning  kassa  hisoboti 
auditor va bosh buxgalter xuzurida tuziladi. 
Auditor  tomonidan  kassa  naqd  pul  qoldiqlarini  sanash  bilan  birga  kassa 
chidamli seyf, yong’inga karshi va ogoh moslamalari bilan jixozlanganligiga, kassa 


ish  kuni  oxirida  muxrlanib'  qo’riqlash  posgiga  topshirilishi  nazoratdan  o’tkazilib, 


bu haqda dalolatnomada qayd etish lozim. 
Amaldagi 
pul 
mablag’lari, 
qimmatbaho 
qog’ozlar 
sinchiklab 
tekshirilganidan keyin alohida dalolatnoma tuziladi. 
Kassa va kassa operatsiyalarini audit qilishda auditor quyidagilarni aniqlashi 
zarur: 
a)  kassa  operatsiyalari  kirim-chiqim  orderlari  bilan  rasmiylash-tirilishi,  o’z 
vaqtida va to’g’ri tuzilishi, pul qabul qilingan va berilgan sanalar, hamda shuning 
asosi ko’rsatilishi, chiqim hujjatlarida tegishli imzolari borligi
b)  bank  hujjatlarini  yoki  ish  haqiga  doir  hisob-kitoblar  bilan  bog’liq 
hujjatlarni  imzolash  huquqiga  ega  bo’lgan  buxgalter  yoki  boshqa  bir  hisobchi 
xodim kassir vazifasini bajarmayotgani; 
v)  deponentdagi  summalar  bankka  to’liq  va  o’z  vaqtida  topshirilishi, 
kassadagi  naqd  pul  kundalik  qoldig’ining  bank  belgilab  bergan  limitiga  rioya 
qilinishi va ular but saqlanishi qanday ta’minlangani; 
g)  kassirning  moddiy  javobgarlik  haqida  kassa  operatsiyalarini  o’tkazish 
to’g’risidagi nizomga muvofiq belgilangan shaklda tuzilgan majburiyatnomasining 
mavjudligi; 
d)  kassa  hujjatlari  audit  o’tkazilayotgan  davr  bo’yicha  to’liq  tekshirishdan 
o’tkaziladi.  Kassa  hujjatlarini  tekshirilishi  birdaniga  kassa,  hamda  moliya 
tartiblariga rioya qilinishi tekshirilishi hisoblanadi. 

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling