Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi biror davriy hodisaga, Yerning o'z o'qi atrofida 
aylanish  davriga  nisbatan  hisoblanadigan  o‘lchov  birligidir.  O'rta  asr  solnomachisi  Beda 
Dostopochtenniy, «yilning uzunligini – tabiat, oyning uzunligini - an'analar, haftaning uzunligini 
hokimiyat belgilaydi»,  - deb yozgan edi. Vaqtning sun'iy birligi bo'lgan haftalar, qadimda uch, 
besh  va  yetti  kundan  iborat  bo'lgan.  Bobil  va  Shumer  matnlarida  yetti  kunlik  hafta  mavjudligi 
haqida  ma'lumotlar  berilgan.  Yetti  kunlik  hafta  vaqt  o'lchovi  sifatida  Sharqda,  Bobilda, 
ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik hafta bo'lib, unga A harfidan N harfigacha bo'lgan 
nomlar  berilgan.  Rimda  imperator  Avgust  davrida  (eramizdan  avvalgi  63-eramizning  14)  yetti 
kunlik hafta   keng tarqalgan. Yetti  kunlik hafta  yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga 
va  so'ngra  G'arbiy  Yevropaga  tarqalgan.  Bobilliklar  yettini  «qutlug'  son»  deb  hisoblashganlar. 
Bu sig'inish o'sha davrda ma'lum bo‘lgan beshta sayyora «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va 
ular  qatoriga  qo'shib  hisoblangan  Oy  va  Quyosh  bilan  bog'liq  bo'lgan.  Ular  Yer  atrofida  yetti 
sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. 
Haftalarga  sayyoralarning  nomi  berilgan.  Bu  nomlarni  rimliklardan  keyin  G'arbiy  Yevropa 
xalqlari ham  qo‘llashgan.  Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko'rinishlarini quyidagi 
jadvalda ko'rish mumkin:  
                                                 
 
14
 A. Abdurahmonov. Ulug'bek akademiyasi. T. 1994. 7-bet. 
15
 A. Do‘stov. Qadimgi o‘lchov birliklar. ‖Ma‘rifat‖ gazetasi. 2002 yil 7 mart. 
 
Ruscha 
Lotincha 
Tarjimasi 
Fransuzcha 
Inglizcha 
Ponedelnik 
Dies  Lunal 
Oy  kuni 
Lundi 
Monday 
Btornik 
Dies  Martis 
Mars  kuni 
Mardi 
Tuesday 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling