Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
26 
 
Qadimgi Rimda yangi sutka kechki soat 6 dan hisoblangan
25
. Sutkalar ikki qismga; haqiqiy 
kechasi, haqiqiy kunduzi (har biri 12 soatdan)ga bo'lingan. 
Rim kalendarida kunlarni  ham  o'ziga xos hisoblaganlar. Oylardagi  kunlarning zamonaviy 
kalendarlardagidek  tartib  raqami  bo'lmagan.  Oylar  asosiy  3  «tayanch  kunga»  bo'lingan  bo'lib, 
kalendalar, nonelar, idlar deb atalgan. 
Har  bir  oyning  birinchi  «tayanch  kuni»  kalenda  (calendae)  deb  atalib,  u  lotincha  «e'lon 
qilmoq»,  «bildirmoq» degan ma'nolarni bildiradi.  Har oyning boshida pontifiklar xalq  yig'inini 
e'lon  qilgan.  Shuningdek,  bu  davrda  xalqqa  yangi  Oy  ko'ringan  vaqt  e'lon  qilinib  turilgan. 
Ikkinchi  «tayanch  kun»  none
2
.  Martius,  mayus,  kvintilis,  oktober  oylarining  yettinchi  kuni  va 
qolgan  boshqa  oylarning  beshinchi  kuni  none  deb  atalgan.  None  -  taxminan  oyning  birinchi 
choragi ko'ringan kundan boshlangan. Uchinchi «kun»  - idus martius, mayus, kvintilis, oktober 
oylarining  o'n  beshinchi  kuni  va  boshqa  oylarning  o'n  uchinchi  kuni  hisoblangan.  Idning 
boshlanishi  to'linoyning  ko'rinish  davriga  to'g'ri  keladi.  Kalenda,  none  va  iddan  oldingi  kunlar 
«arafa» (Pridie) deb atalgan.                                                   
Rimliklar kunlarni  oldinga qarab emas, balki teskari tomondan hisoblaganlar. Masalan. 2-
yanvar  -  bu  «yanvar  nonesidan  oldingi  to'rtinchi  kun»,  13  yanvar  esa  «XVII  Kalendas 
Februarias», ya‘ni fevral kalendidan oldingi o'n yettinchi kun kabi. 
                                                 
25
Mashhur faylasuf va siyosatchi Mark Sitseron (er.avv. 106-43) rimliklarda sutka ertalabdan boshlanadi, Senzorin 
(er.avv. Ill asr) esa yangi kun yarim tunda boshlanadi deb ma'lumot bergan. 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling