Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги


Temir tanqisligini (TT) og‘irlik darajasiga qarab baholash mezoni


Download 332.5 Kb.
bet4/22
Sana18.06.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1559274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5416111381260807460 3 mavzu

Temir tanqisligini (TT) og‘irlik darajasiga qarab baholash mezoni
Prelatent temir tanqisligi (PTT), bunda depoda temir zahirasi kamayadi. Bu davrda TT va TTK ning klinik belgilari kuzatilmaydi, qon zardobida ferritin ko‘rsatkichi pasayishiga qarab tashxis qoʼyiladi. Gemoglobin, zardobdagi temir, transferrin ko‘rsatkichlari meʼyorda bo‘ladi.
Qon zardobining temir mikroelementini bog‘lash xususiyati oshadi.
Latent temir tanqisligi (LTT) - bunda ferritindan tashqari, qon zardobida va to‘qimalarda temir kamayadi, bu sideropenik sindrom rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Qon zardobida ferritin, temir, transferrin retseptorlari va transferrinni temir bilan to‘yinishi foizi ko‘rsatkichlari pasayishi, transferrin ko‘tarilishiga asoslanib tashxis qoʼyiladi. Gemoglobin ko‘rsatkichlari meʼyorda bo‘ladi.
Temir tanqisligi kamqonligi (TTK) - bunda yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlardan tashqari, gemoglobin ko‘rsatkichlari ham kamayadi. Gemoglobin ko‘rsatkichi o‘zgarishiga qarab TTK ning 3 ta darajasi tashxislanadi - yengil, o‘rta, og‘ir.
Tashhislash mezonlari:
А). Аnamnezi
B). Kamqonlik rivojlanishining sabab va omillari.
Kattalar uchun bu:
-ratsional ovqatlanmaslik
-gijja invaziyasi
-surunkali qon yoʼqotishlar
-notoʼgʼri ovqatlanish bilan kechadigan yuqori jismoniy harakat
-notoʼgʼri ovqatlanish bilan kechadigan baland aqliy harakat
-temir soʼrilishining ingibitorlarini koʼp va promotorlarning kam isteʼmol etilishi.
Bolalar uchun yuqorida qayd etilganlaridan tashqari quyidagi omillar oʼrin tutadi:
-homiladorlik davrida onasida kamqonlik
-chala tugʼilish
-tugʼilgandagi kichik vazn
-ona suti berilmaganligi
-qoʼshimcha ovqatlarning kech berila boshlanishi
V) Temir tanqisligini koʼrsatuvchi kamqonlikning klinik belgilarini aniqlash, ayniqsa sideropenik sindrom, quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
-hid va taʼm sezishning buzilishi – pica chlorotica (mel, tuproq va b. taʼmi yoqadi, boʼyoq, aseton, zax, benzin, metro va b.hidi yoqadi);
-tirnoqlar oʼzgarishi – koylonixiya, tirnoqlar ingichka, moʼrt, chiziq tortilgan koʼrinishga ega boʼladi;
-disfagiya, qiziloʼngachdan ovqat oʼtishi qiyinlashadi;
-teri va shilliq qavatlarning trofik oʼzgarishi, teri, shilliq qavatlar, sochlarning qurishi. Uzoq vaqt davomida TTK davolanmasa, u OIT shilliq qavatlari atrofiyasi, anasid gastrit, duodenit, kolitga olib keladi.
G). Qon tahlili:
-gemoglobin, eritrotsit miqdori kamayadi
-eritrotsitlarning morfologik oʼzgarishi - mikrositar
-rang koʼrsatkichi - gipoxromiya
-eritrotsitlarning oʼrtacha diametri
-gemoglobinning eritrotsitdagi oʼrtacha kontsentratsii
-eritrotsitlarning oʼrtacha hajmi
-retikulotsitlar miqdori
-gijja tuxumlarini aniqlash uchun koproskopiya tekshiruvi
-qon zardobi tahlili:
-temir va ferritin kontsentratsiyasi
-qonning umumiy temir bogʼlash qobiliyati
-transferrinning temir bilan toʼyinishi koeffisienti

Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling