Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fakultet sirtqi boʻlim Amaliy psixologiya
I-Amaliy psixologiyaning maxsus qobilyatlarini sotsial psixologik asoslari
Download 496.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy psixologiyaning (2)
I-Amaliy psixologiyaning maxsus qobilyatlarini sotsial psixologik asoslari.
N.A.Aminov va M.V.Molokanov eksperimenti. Psixologik xizmat faoliyati yosh va pеdagogik psixologiya, psixokorrеksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pеdagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o`tishlari lozim. Maslahat bеrish psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Lеkin psixologik maslahat o`zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo`q. Kollеjlardagi yoki akadеmik litsеylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o`quv muassasasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo`ladi. U har bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistеmasini ham ko`radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Hozirgi davrda Sotsial psixologiya ning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy-amaliy sohalariga sanoat Sotsial psixologiya si, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi ijtimoiy-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga: a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi; b) tatbiqiy ishlar “tili”ning mavjudligi muammosi, ya’ni, professional til(jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik masalasi; v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish; g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o‘z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati; d) samaradorlik mezonlarining o‘ziga xosligi, ya’ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash; ye) “nazariyotchi” bilan “amaliyotchi” rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi. Amaliy sotsial psixologiya to‘g‘risida gap ketganda, ko‘pincha, “ijtimoiy- psixologik aralashuv” tushunchasi o‘rtaga tushadi va tabiiy, bunday amaliyotchining ijtimoiy jarayonga aralashuvi nimalarda ko‘rinadi, degan savol paydo bo‘ladi. a) individning o‘zgarishi strategiyasida, ya’ni o‘sha tashkilotdagi o‘ziga xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta’sir qilinadi; b) texnologik tizim o‘zgaradi, ya’ni ma’lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o‘zgarish ro‘y beradi; v) ma’lum tipli ma’lumotlarga bog‘liqlik, ya’ni, ma’lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida to‘planganligiga bog‘liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo‘lishi mumkin; g) ataylab o‘tkazilgan tadbirlar ta’sirida korxona taraqqiyoti o‘zgarishi mumkin, masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hokazo. Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funksiyani bajaradi: Ekspert sifatida, ya’ni, bu shunday shaxski, u kliyent yoki mijoz tomonidan taklif qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy-psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq to‘g‘ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so‘ng tavsiyalar berishdir. Maslahatchi – ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir necha marta ayni muammo bo‘yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo‘lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit jamoaga yordam ko‘rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi. 3. O‘rgatuvchi – odatda buyurtma asosida joylarda o‘quvlar, kurslar tashkil qiladi. Uning asosiy vositasi ijtimoiy-psixologik trening va uning turli ko‘rinishlari bo‘lib, oqibati - ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o‘rgatishdir. Yurtimizda ma’naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z xalqining madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu – ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira olmasa, uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi. Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmu-fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etiladigan sohalaridan eng muhimi - bu ishlab chiqarish va sanoat sohasidir. Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy-psixologik jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotda amalga oshiruvchilar alohida shaxslar bo‘lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari yetakchi rol o‘ynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o‘zaro guruh bo‘lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o‘sha guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro‘si, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo‘lib qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsataveradi. Yangicha bozor iqgisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo‘lib, o‘z bilimlarini ko‘proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari, mehnatga jalb etishning turli- tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni yoki ishchini shaxsan o‘rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy, xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo‘lishini, psixologiya fanining ommabop usullarini qo‘llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy-psixologik bilimga ega bo‘lishi shart. Hozirgacha sanoat Sotsial psixologiya si yo‘nalishida qilingan aksariyat ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijgimoiy-psixologik muhitni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot mobaynida ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari, guruhdagi qonun-qoidalarga bo‘ysunishlari va hokazolar bilan bog‘liqligi tekshirilgan. Ayniqsa, ko‘p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog‘liqligi masalalari to‘liq tadqiq etilgan. Lekin shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘tkazilgani yo‘q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: jamoa a’zolari o‘rtasidagi vertikal munosabatlarni o‘rganish (rahbarlik masalalari, rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan qoniqishi va boshqalar); jamoa a’zolari o‘rtasidagi gorizantal munosabatlar, ya’ni jamoaning uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xosligi, ziddiyatlar va ularning tiplari, ularning oldini olish choralari; mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalga oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy-foydali jihatlarini qay darajada tasavvur qilishi; mehnat jamoalari rahbarlarining malakasini oshirish, jumladan, ularning professiogrammasi va psixogrammalari asosida odamlar bilan ishlash, jamoani qovushtirish, oqilona ish va muomalani tashkil etish, o‘z liderlik qobiliyatlarini muttasil oshirishga o‘rgatish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik treninglar uyushtirish; rahbarlarning malakasini oshirish kurslarida psixologlar ishtirokida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish. Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farq qiladiki, u har bir konkret sharoitda o‘ziga kerakli, ma’qul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab ko‘radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo‘lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", “o‘rtacha”, “yomon”, “qarama-qarshi” toifalarga bo‘ladi va ularning har 6iridan o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi. Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, qo‘shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir. Chunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko‘plab insonlar bilan muloqotga kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga majburdirlar. Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning tatbiqiy natijalari, so‘zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G‘arb mamlakatlarida bo‘lgani kabi bu sohada talab va takliflarning o‘z vaqtida o‘rganilishi, rahbarlik mahoratining ko‘plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo‘lish katta tatbiqiy ahamiyatga molik. Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy- psixologik yo‘nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini bartaraf etishga o‘rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik, sog‘lom shakllariga o‘tish, rahbarlik mahorati sirlarini o‘zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. Tatbiqiy ijgimoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo‘nalishlaridan biri – 6u nikoh va oiladir. Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, 6u sohaning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik tomonlari mavjud bo‘lib, u oilani yaxlit bir ijgimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo‘ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag‘ishlaganlar (M.Mirhosilov, G‘.B.Shoumarov, N.Sog‘inov, F.Akramova, N.Salayeva, M.Salayeva, X.Karimov, M.Rasuleva, O.Musurmonova, D.Xoliqov, G.Yadgarova, G.Xomidova, A.Minavvarov, N.Lutfullayeva, M.Umarova va boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu obyektning “naqdligi” bo‘lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda respublikada ajralishlar sonini kamaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ko‘lamining ortib borayotganligi, tug‘ilish va nikohlar sonining ortib borayotganligi, notinch va “muammoli” oilalarning mavjudligi, oila institutiga yoshlar munosabatining o‘zgarayotganligi va hokazo. Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Bu hatto davlat darajasida ko‘rilib, 1998 yil respublikamizda “Oila yili”, deb e’lon qilinishi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi ham bu yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini oshirish, oilaga psixologik yordam ko‘rsatish, bu borada mavjud muammolarning aniq yechimlarini topish ishini jadallashtiradi. Ikkinchidan, bizning jamiyatimizda oilaga qaratilgan bunday e’tibor uning ma’naviy negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o‘zgarishlar kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Bu boradagi o‘zgarishlarga: oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi; oilaning kichrayishi va unda tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi; oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi; iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining o‘zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri; ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarishi va boshqalar. Yuqorida ta’kidlangan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo‘lib, ularning yechimiga ko‘ra oilani mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o‘z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama- qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Shaharlarda va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil etilayotgan “Yosh oila” sho‘balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir- birlariga emotsional bog‘lanishlari – do‘stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O‘rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo‘ladi. Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, Sotsial psixologiya ning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o‘tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirishdir. Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o‘zgarishlar kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Bu boradagi o‘zgarishlarga: oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi; oilaning kichrayishi va unda tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi; oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi; iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining o‘zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri; ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarishi va boshqalar. Yuqorida ta’kidlangan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo‘lib, ularning yechimiga ko‘ra oilani mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o‘z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Shaharlarda va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil etilayotgan “Yosh oila” sho‘balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emotsional bog‘lanishlari – do‘stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O‘rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo‘ladi. Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, Sotsial psixologiya ning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o‘tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirishdir. Download 496.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling