Bilet Kazus


Ikkinchi savolga to’xtaladigan bo’lsak


Download 25.36 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi25.36 Kb.
#1444662
1   2   3
Bog'liq
fk 1

Ikkinchi savolga to’xtaladigan bo’lsak; Sudda Nodirova tomonidan ikkita dalil keltirilgan .
1-dalil; Nodirovani qarindoshi bo’lgan Halilov va Zoirovaning 3 mln so’m pulni Ashurovga berilganligini tasdiqlovchi guvohligi.
2-dalil; Nodirovani Ashurov bilan shartnoma yuzasidan suhbatlashganligini tasdiqlovchi telefon orqali yozib olingan audioyozuvi.
Endi yuqorida ko’rsatib o’tilgan dalilarni sud jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilsak. Sudda kursatilgan 1-dalil yuzasidan Ashurov “Halilov va Zoirovaning guvohligi o‘tmasligini, chunki ular Nodirovaning qarindoshlari” degan e’tiroz bildirilgan. Fuqaro tomonidan bildirilgan e’tiroz noo’rin, chunki FPK ning 56-moddasiga ko’ra ishga doir biror holatdan xabardor bo’lgan har qanday shaxs guvoh bo’la oladi3. Shunday ekan ushbu asosga ko’ra sudda Halilov va Zoirova guvoh sifatida qatnashishi va guvohlikka o’tishi mumkin. Lekin yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek tamonlar bitimni tuzishda uni oddiy yozma shakliga rioya etmaganlar. Buni oqibatida FK ning 109-moddasiga ko’ra bittimni tuzishda oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq taraflar o’rtasida nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum bo’lishiga sababchi bo’ladi. Demak Nodirovani guvohlari sudda dalil sifatida o’tmaydi. Chunki taraflarni shartnoma tuzishdagi dastlabgi qilgan xatosi ularni guvohlarni ko’rsatmalarini sudda ko’rsatish huquqidan mahrum etdi.
2-dalilni Fuqarolik qonunchiligi bo’yicha tahlil qiladiga bo’lsak; FK ning 109-moddasi 1-bandida taraflarda bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan qonunda belgilangan holda mahrum bo’lganda, fuqarolarda ushbu vaziyatlarni yozma yoki boshqa dalilar bilan tasdiqlashga haqli hisoblanadi(FK 109-modda 2-band) . Ushbu normadagi yozma yoki boshqa dalilar degan so’zlarni kengroq tushunish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” gi qaroriga yuzlanishimiz kerak. Ushbu qarorda shunday deyilgan; Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik ishi bo‘yicha dalillar deganda, taraflar o‘z talablari va e’tirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:
1-taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan;
2-guvohlar ko‘rsatuvlaridan;
3-yozma va ashyoviy dalillardan;
4-audio- va videoyozuvlardan;
5-ekspertlar xulosalaridan;
6-mutaxassislar maslahatlari (tushuntirishlari)dan4.
Ushbu qarorda belgilangan normalarni biz FPK ning 71-moddasida ham ko’rishimiz mumkin5. Demak Nodirova tamonidan yozib olingan audioyozuv dalil sifatida qaralishi mumkin. Lekin aynan ushu vaziyatda ochiqlanmagan bitta muammo mavjud ya’ni fuqaro Ashurov audioyozuvdagi ovoz unga emas, noma’lum shaxsga tegishli ekanligini va audioyozuv Nodirova tomonidan qonun bilan belgilangan tartibda olinmagan va shuning uchun fuqarolik prosessida dalil sifatida ishlatilishi mumkin emasligini sudda vaj qilgan.

.



Download 25.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling