Bitiruv malakaviy


Download 478.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana26.11.2021
Hajmi478.81 Kb.
#177781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi

 

 

 

 

 

 



 

 

                                                           

39

 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.83. 




43 

 

           2.2.      XX asr boshlarida yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi masalalari 



 

“O„zbek  tazkirachiligining  to„ng„ich  asari  bo„lgan  “Majolis  un-nafois” 

o„zbek  tilida  bir  qator  tazkira,  majmua  yoki  bayozlarning  vujudga  kelishiga  yo„l 

ochdi, bir namuna bo„lib xizmat qildi”

40

.  O„zbek  tazkirachiligida  Navoiy  boshlab 



bergan an‟ana XX asrda ham davom etganligini asoslovchi asarlar mavjuddir. 

Salomat  Matkarimovaning  2007-yilda  himoya  qilgan  dissertatsiya  ishi  XX 

asr  tazkirachiligi  bilan  bog„liqdir,  ya‟ni  ilmiy  ishning  mavzusi  “Tabibiy  - 

tazkiranavis”.  Ahmad  Tabibiyning  tazkiralari  –  “Majmuai  si  shuaroyi  payravi 

Feruzshohiy”  va  “Muhammasoti  majmuat  ush-shuaroyi  Feruzshohiy”  –  30  dan 

ziyod ijodkorlar hayoti faoliyatiga oid ma‟lumotlar XIX asr oxiri XX asr boshidagi 

Xorazm  adabiy  muhitining  asosiy  xususiyatlarini  yoritishi  jihatdan  birlamchi  va 

ishonchli manba. Ular Navoiy boshlab bergan o„zbek tazkirachilik an‟anasi ijodiy 

ta‟siri va rag„batining Tabibiy talqinidagi ifodasi va yangi tarixiy davrdagi davomi 

ekani bilan ham qimmatli.  

Sayyora  Samandarova  esa  1996-yil  “XX  asr  o„zbek  tazkiralari”  mavzusida 

nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U XX asr tazkiranavislari sifatida Xiva 

adabiy  muhitida  Hasanmurod  Laffasiy  (“Xiva  shoir  va  adabiyotchilarining 

tarjimayi  hollari”),  Qo„qon  adabiy  muhitida  Po„latjon  Qayumov  (“Tazkirayi 

Qayumiy”) tazkiralarini o„rganadi

41



“Tazkirayi  Qayumiy”  (“Qayumiy  tazkirasi”)  –  Po„latjon  domla  Qayumiy 

(1885-1964)  asari  (1960).  O„zbek  tilida.  Markaziy  Osiyodagi  turk  tilli  324  shoir 

ijodi  haqida.  Ularning  aksariyati  Buxoro  amirligi,  Xiva  va  Qo„qon  xonligida 

yashaganlar.  Tazkira  daftarlar  tarzida  tuzilgan  bo„lib,  har  qaysi  daftar  muayyan 

ichki mundarijaga ega. Tazkirada shoirlar ijodidan 10259 misra she‟r keltirilgan. 

Tazkira  haqida  akademik  Aziz  Qayumov  shunday  yozadi:  “Otam  S.Ayniyning 

“Namunayi  adabiyoti  tojik”  asaridan  ibrat  olgan.  So„ng  ushbu  adabiyot  bilan 

yaxshi  tanishib,  “Namunayi  adabiyoti  o„zbek”ni  yaratishni  orzu  qilgan.  Asar 

                                                           

40

 Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1965. –B.515.  



41

Samandarova S. XX asr o‘zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis. – Toshkent: 1996. –Б.46. 




44 

 

tazkira  tarzida  tuzilganligidan,  unda  boshqa  tazkiralardagi  ma‟lumotlardan 



foydalanilganligidan  va  u  butun  o„zbek  adabiyotini  qamrab  olganlik  da‟vosidan 

yiroq bo„lishi uchun “Tazkirayi Qayumiy” deb nomlangan”.  

Po„latjon Qayumiy 1885-yil Qo„qonda tug„ilgan. Otasi Abdulqayum Mirzo 

xattot  bo„lib,  uning  tomonidan  ko„chirilgan  Navoiy  va  boshqa  shoirlarning 

devonlari  Toshkentda  litografiya  usulida  bosilgan.  Po„latjon  Qayumiyning 

ma‟rifatparvar  bo„lib  shakllanishida,  olim  sifatida  qator  ilmiy-tarixiy  asarlar 

yaratishida u tavallud topgan ana shu oila muhiti zamin tayyorlagani, shubhasiz.  

“Tazkirayi Qayumiy”ning manbalari sifatida quyidagi asarlarni ko„rsatish mumkin: 

Alisher  Navoiyning  “Majolisu-n-nafois”  tazkirasi.  Po„latjon  Qayumiy  mazkur 

tazkiradan  14-15-asr  mumtoz  adabiyot  namoyondalari  haqida  ma‟lumot  berishda, 

xususan,  Sayyid  Ahmad,  Atoiy,  Lutfiy  kabi  shoirlar  xususidagi  ma‟lumotlarda 

Navoiyning  ushbu  shoirlar  ta‟rifidagi  fikrlarini  ham  keltiradi.  Alisher  Navoiy 

Sayyid Ahmad haqida “turkiy, forsiy she‟rlari bor”ligi to„g„risida to„g„risida xabar 

berishini, Atoiyni “xushxulq, darveshvash, munbasit kishidur, turkigo„y erdi. O„z 

zamonida ash‟orlari atrok orasida ko„p shuhrat tutgan” deb ta‟riflashini, Lutfiy esa 

“o„z  zamonasining  “malik  ul-kalomi”,  ya‟ni  “so„z  podshohi”  erdi.  Turkiy  va 

forsiyda naziri yo„q erdi”, deya ulug„lashini qayd etadi. 

Tazkira uchun foydalanilgan manbalar: 

-  Qoti  Rahmatullo  Vozehning  “Tuhfat  ul-ahboblari  tazkirat  ul-ashob” 

tazkirasi; 

-  Afzal  Pirmastiyning  “Afzal  ut-tazkor  fi  zikr  ush-shuaro  val-  ash‟or” 

tazkirasi; 

-  Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” majmuasi. 

“Tazkirayi  Qayumiy”  o„zbek  adabiyotining  juda  katta  davrini  qamrab  olgan. 

Asarni  shu  nuqtayi  nazardan  o„rganganda,  unda  quyidagi  davrlarga  mansub 

shoirlar haqida ma‟lumotlar mavjudligi ayon bo„ladi: 

-  XI-XIII  asrlar  umumturkiy  adabiyot  namoyondalari  (Mahmud  Qoshg„ariy, 

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Rabg„uziy); 




45 

 

-  XIV  asrda  va  XV  asrning  birinchi  yarmida  yashab  ijod  etgan  shoirlar 



(Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Sayyid Ahmad, Amiriy, 

Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy); 

-  XV asrning ikkinchi yarmi o„zbek adabiyoti. (Alisher Navoiy); 

-  XVI-XVII asrlarda ijod etgan shoirlar (Xoja, Majlisiy, Baqoiy, Mashrab); 

-  XVIII  asrda  yashab  ijod  etgan  shoirlar  (Huvaydo,  Naseh,  Mashrabi  soniy, 

Mansur, Nizomiy, Shavqiy I, Ravnaq); 

-  XIX  asr  va  XX  asr  o„rtalarida  yashab  ijod  etgan  shoirlar  anchagina 

bo„lganligi  sababdan  nomlarini  keltirmadik.  Ularning nomlari tazkirada ilk 

bor keltirilganligi bilan diqqatga molik. 

Hazrat Alisher Navoiy haqida “Tazkirayi Qayumiy”ning birinchi daftarida so„z 

yuritilgan.  “Navoiy  –  ulug„shoir  Alisher  milodiy  ila  1441-yilda  9-fevralda  Hirot 

shaharida xizmatchi amir oilasida dunyoga keldi. Otasi hukumat idorasinda xizmat 

etar  edi.  Alisher  temuriylar  sulolasiga  yaqin  turar  edi.  Temuriylardan  Husayn 

Boyqora  bilan  boshlang„ich  maktabda  birga  o„qimishdir.  Xurosonning  podshohi 

Shohruh  mirzo  1447-yilda  vafot  etgandan  so„ngra  shahzodalar  orasinda  taxtga 

vorislikning  talashishi  boshlanib  ketib  mamlakatda  notinchlik  zuhur  etdi. 

Alisherning  otasi  butun  oilasini  olib  Iroq  tomonga  safar  etdi.  1452-yilda  Alisher 

Hirotga  qaytib  k  eldi.  Tahsilda  davom  etdi.  Xattotliq  ila  rassomliq,  ilmi  aruz 

o„rgandi. Musiqani ham o„rgandi. She‟r yozishga ertaroq kirishdi. Ul 15 yoshinda 

shoir bo„lib tanildi. Turkiy tilda taxallus etib Navoiy va tojik tilida Foniyni ixtiyor 

etdi. Shuning uchun ikki tik egasi (“Zullisonayn”) deb shuhrati chiqdi. 1456-yilda 

Xurosonning  shohi  bo„lmish  Abulqosim  Boburning  saroyiga  xizmatga  kirdi.  Bu 

shoh ham shoir edi. Yosh Alisherning talantiga yaxshi baho berur edi. Abulqosim 

Bobur  vafot  etdi.  Alisher  Mashhad  shaharida  turdi.  Bundan  Hirotga  1464-yilda 

qaytib  keldi.  Bunda  turganda  Badaxshonlilar  bilan  do„stlashib  yurar  edi.  So„ng 

badaxshonlilar  Abu  Said  mirzoga  qarshi  isyon  chiqazdilar.  Gumon  bilan  buni 

Alisherdan  ko„rdilar.  1466-yilda  Alisherni  Samarqand  shahariga  surgun  qilishdi. 

Alisher  madrasai  Ulug„bekda  turib,  o„shal  zamonning  mashhur  olimi,  mashhur 

mudarris  mavlono  Abu  Lays  Samarqandiydan  fan  o„rgana  boshladi.  Bunda 



46 

 

mashhur  olimlar  va  cholg„uchilardan  boshqa  fan  arboblari  bilan  tanishdi.  1469-



yilda  Xurosonda  o„zgarish  bo„lib,  Husayn  Boyqora  Xuroson  podshohi  bo„lib, 

Hirotda taxtga o„tirdi. Alisher Navoiyni o„ziga chaqirdi. Alisher Hirotga borgach, 

1469-yilda  muhrdorlik  mansabi  berildi.  Bu  olimning  vijdoni  hukmdorlarning 

axloqi  bilan  kelisha  olmadi.  Saroy  arboblarining  xalq  ommasiga  qilgan  jabr-u 

zulmlariga  norozilik  ko„rsata  boshladi.  Zolimlar  ko„pi  Alisherni  yoqtirmadilar. 

Surgunda  bo„ldi.  Yana  Hirotga  qaytdi.  Keyin  hamma  vazifalardan  iste‟fo  berib 

chiqib,  o„n  bir  yilcha  ilmiy,  adabiy  tahrir  ishlari  bilan  mashg„ul  bo„ldi.  Buyuk 

asarlarini  yaratdi.  “Xamsa”sini  yozib  tamom  etdi.  Astrobodga  borib  turdi.  1488-

yilda  Hirotga  kelib  turdi.  Nihoyat,  1501-yil  3-yanvarda  vafot  etdi.  O„zbek  muta 

fakkiri, shoiri bizga buyuk qiymatli asarlar qoldirdi.” 

42

 

Xulosa qilganda, Po„latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asarida  Alisher 



Navoiyning  hayot  va  ijodiga  oid  ma‟lumotlar  keltirilgan.  Yuqoridagi  parchadan 

tazkirada  Alisher  Navoiyning  hayotiga  keng  to„xtalib  o„tilganligi  seziladi.  Ya‟ni 

ulug„  shoir  qachon,  qayerda  tug„ilganligi,  kimlardan  ta‟lim  olganligi,  Husayn 

Boyqora  bilan  do„stligi  haqida  o„qiymiz.  Ijodi  haqida  so„z  ketganda  Alisher 

Navoiyning  zullisonayn  shoir  ekanligi  va  umrining  oxirigacha  adabiy  tahrir  bilan 

mashg„ul bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                           

42

 “Тазкирайи Қаюмий”/Нашрга тайёрловчи Қаюмов А. –Тошкент: ЎзРФА қўлёзмалар институти таҳририй 



нашриёт бўлими,1998, - Б.5. 

     


 

 

 




47 

 

 



XULOSA 

Tazkira milliy va o„zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr 

adabiy  muhitini  o„rganishda,  alohida  adabiy  siymolar  va  asarlarni  tadqiq  etishda 

adabiyotshunoslikning  benazir  janri  sifatida  xizmat  qiladi.  Ushbu  bitiruv 

malakaviy  ishida  turkiy  tazkiralarda  keltirilgan  Alisher  Navoiy  haqidagi 

ma‟lumotlarga yuzlanildi. 

Taniqli  kishilarning  hayoti  va  faoliyati  haqida  so„z  yurituvchi  adabiy  tur 

yoki  janr  bo„lgan  tazkira  Islom  dunyosining  eng  muhim  adabiy  faoliyatlaridan 

biridir.  Tarix  bugungi  kunimizgacha  yashaganlarning  boshidan  kechirgan 

hodisalarini  va  qahramonliklarini  hikoya  qiladi.  O„sha  voqealarga  aloqador 

bo„lgan,  ishtirok  etgan  kishilar  hayoti  haqidagi  lavhalar,  hikoyalar  ba‟zan 

voqeaning  o„zi  qadar  muhimdir.  Voqealar  ro„yobga  chiqishiga  sabab  o„sha 

hodisani tashkil etuvchi insonlar bo„lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash 

ham biografiya mavzusidir.  

 

Adabiyot  gulzoridagi  har  bir  “gul”ning  tabiati  haqida  moziydan 



kelajakka  yo„llangan  “maktub”  –  tazkiralar  ma‟lumot  beradi.  Kitobxon  esa 

ijodkorlar  to„g„risidagi  to„liq  ma‟lumotlarni  olish  uchun  tazkiralarga  yuzlanadi. 

Shu  sababdan  tazkiralar  adabiy  siymolar  va  ularning  asarlarini  tadqiq  etishda 

adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. 

Mashoir ush-shuaro” tazkirasi XVI asrda yaratilgan va unda  muallif Oshiq 

Chalabiy tomonidan Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan.Ya‟ni 

tazkirada  Subhiy,  Shoh  Mahammad  ul-Qazviniy  at-Tabib,  Zotiy,  Soniy,  Marhum 

Hofizi Ajam o„g„li Muhammad Shoh Chalabiydur, Shukriy, Shiriy Sifoliy,Yahyo 

Posho  o„g„li  Muhammad  Posho  o„g„li  Arslon  Posho  haqida  so„z  yuritilganda 

Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. 

 Muhammad  Ali  Sodiqbek  Sodiqiy  Avsharning  “Majma‟  ul-xavos” 

tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi 

“xos”ning  ko‟plik  shakli  bo‟lib,  “kiborlar  yig‟ini,  to‟planishi”  demakdir.  Bu 

“nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo„lgan 




48 

 

chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o„z 



kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma‟(bob)dan iborat qilib tuzgan.  

Po„latjon  Qayumiyning  “Tazkirayi  Qayumiy”  asarida  Alisher  Navoiyning 

hayot  va  ijodiga  oid  ma‟lumotlar  keltirilgan.  Yuqoridagi  parchadan  tazkirada 

Alisher Navoiyning hayotiga keng to„xtalib o„tilganligi seziladi. Ya‟ni ulug„ shoir 

qachon,  qayerda  tug„ilganligi,  kimlardan  ta‟lim  olganligi,  Husayn  Boyqora  bilan 

do„stligi  haqida  o„qiymiz.  Ijodi  haqida  so„z  ketganda  Alisher  Navoiyning 

zullisonayn  shoir  ekanligi  va  umrining  oxirigacha  adabiy  tahrir  bilan  mashg„ul 

bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi. 

Yosh  nasllarga  turkiy  adabiyot  ulug„laridan  biri  -    Alisher  Navoiyni 

tanishtirmasdan,  tarixiy  xotiramizni  yangilamasdan-kuchaytirmasdan  turib, 

o„tmish-bugun-kelajak  orasida  ko„prik  qurib  bo„lmaydi.  Holbuki,  bugun 

globallashYosh  nasllarga  turkiy  adabiyot  ulug„laridan  biri  -    Alisher  Navoiyni 

tanishtirmasdan,  tarixiy  xotiramizni  yangilamasdan-kuchaytirmasdan  turib, 

o„tmish-bugun-kelajak  orasida  ko„prik  qurib  bo„lmaydi.  Holbuki,  bugun 

globallashgan dunyomizda bunga katta ehtiyoj bor. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



49 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 



 

1.  Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 

 

1.1.  Karimov  I.A.  Yuksak  ma‟naviyat  –  yengilmas  kuch.  –Toshkent: 



Ma‟naviyat, 2009. 

1.2.  Каримов  И.А.  Тарихий  хотирасиз  келажак  йўқ.  –Тошкент: 

Ўзбекистон, 1998. 

 

2. 



Ilmiy – nazariy adabiyotlar 

 

2.1.  Абдуғафуров  А.  Буюк  бешлик  сабоқлари.  –Тошкент:  Ғафур 



Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1995.  

2.2.  Болтабоев Ҳ. Мумтоз сўз қадри. –Тошкент: Адолат, 2004. 

2.3.  Болтабоев  Ҳ.  Туркий  тазкираларда  Алишер  Навоий  сиймоси/ 

Жаҳон адабиѐти, 2013. №2. 

 2.4.  Иcхоқов Й. Навоий поэтикаси. –Тошкент: Фан, 1983. 

2.5.  Ҳамидова  М.  Қўлѐзма  баѐзлар  –  адабий  манба.  –Тошкент:  Фан, 

1981. 

2.6.  Ҳаққулов    И.    Занжирбанд  шер  қошида.  –  Тошкент:  Юлдузча, 



1989. 

2.7.  Ҳожиаҳмедов  А.  Мумтоз  бадиият  луғати.  –Тошкент:  Янги  аср 

авлоди, 2008. 

2.8.  Комилов Н. Маънолар оламига сафар. –Тошкент: Тамаддун, 2012. 

2.9.  Комилов Н. Хизр чашмаси. –Тошкент:  Маънавият, 2005. 

2.10.  Маҳмудов  М.  Яна  Навоийни  ўқиб.  –Тошкент:  Ғафур  Ғулом 

номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 2011. 

2.11.  Мустафо  Э.  Тазкирадан  биографияга.  Монография.  –Тошкент: 

Мумтоз сўз, 2012.  

2.12.  Мумтоз адабиѐт манбалари луғати / Тузувчи Раҳмонов В.  




50 

 

 –Тошкент: Мумтоз сўз, 2009. 



2.13.  Маллаев Н. Ўзбек адабиѐти тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1965. 

2.14.  Навоийга армуғон / Тўплаб, нашрга тайѐрловчи Муллахўжаева К. 

– Тошкент: Фан, 2004. 

2.15.  Олимов  С.  Навоий  –  ѐшларга.  –Тошкент:  Абу  матбуот-консалт, 

2008. 

2.16.  Quronov  D.  va  boshqalar.  Adabiyotshunoslik  lug„ati.  –Toshkent: 



Akademnashr, 2013.   

2.17.  Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish.  –Toshkent: Abdulla Qodiriy 

nomidagi xalq merosi  nashriyoti, 2004. 

2.18.  Рустамов  А.  Сўз  хусусида  сўз.  –Тошкаент:  “ЭТРЕМУМ  ПРЕСС, 

2010. 

2.19.  Сирожиддинов  Ш.  Алишер  Навоий  манбаларнинг  қиѐсий-



типологик, текстологик таҳлили. –Тошкент: Академнашр, 2011. 

2.20.  Улуғов А. Инсон ибратга интилади. –Тошкент: Ўзбекистон, 2007. 

2.21.  Юсупова  Д.  Ўзбек  мумтоз  адабиѐти  тарихи  (Алишер  Навоий 

даври). –Тошкент: Академнашр, 2013. 

         2.22.  Vohidov R., Eshonqulov H. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi.  

– Toshkent: O„zYU Adabiyot jamg„armasi nashriyoti, 2006. 

        2.23.  Ғаниева  С.  Навоийнинг  «Мажолису-н-нафоис»  асари  таъсирида 

ѐзилган тазкира. // Ўзбек тили ва адабиѐти масалалари. –1963. 6-сон. 

2.24.  Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том.  

–Тошкент: 1972.  

         2.25. Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва талқинлар / нашрга тайѐрловчи, 

талқин ва шарҳлар муаллифи Ҳ. Болтабоуев. – Тошкент: ЎзМУ, 2006. 

 

3. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari 



 

3.1.  Matkarimova S. Tabibiy – tazkiranavis: filol. fan. nomzodi... dis. 

– Toshkent: 2007. 



51 

 

3.2.  Samandarova S. XX asr o„zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis.  



– Toshkent: 1996. 

 

4. Adabiy manbalar 



 

4.1.  Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild) 

4.2.  Muhammad  Ali  Sodiqbek  Sodiqiy  Afshar  (Kitobdor)  Majma‟  ul-

xavos. Baku, 2010. 

4.3.  “Тазкирайи Қаюмий” / Нашрга тайѐрловчи Қаюмов А. –Тошкент: 

ЎзРФА қўлѐзмалар институти таҳририй нашриѐт бўлими, 1998. 

     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 478.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling