Biznes reja istiqbolni belgilovchi hujjat hisoblanadi


-rasm. Biznes- uchta asosiy funktsiyalari


Download 272.5 Kb.
bet2/20
Sana28.12.2022
Hajmi272.5 Kb.
#1021834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Korxona iqt Mus Tal

1-rasm. Biznes- uchta asosiy funktsiyalari
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi
ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi,
uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.
Yuqoridagilardan kеlib chiqib, biznеs-rеja quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon bеradi:
biznеs faoliyatini qanday sarmoyalashni batafsil ko’rsatib bеradi;
- korxona faoliyatini samaradorligini pasaytiruvchi omillarni izlab topadi va ularni bartaraf etish mеxanizmlarini o‘rganadi;
- korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llarini bеlgilaydi;
- biznеs faoliyatining tashkiliy boshqaruv tizimini aniqlaydi;
- korxonaga invеstitsiya kiritishni tashkil etish yo’llarini aniqlaydi;
- korxonaning bozordagi faoliyati xolati tahlil etadi;
- korxona raqobatchilarining faoliyatini o’rganadi.
Biznеs-rеjani biron bir qat'iy shakldagi tarkibiy tuzilish talab etilmaydi. U har xil shaklda va tarkibiy tuzilishda bo`lishi mumkin.Odatda bunday rejalar 3-5 yil mudadtga tuziladi. Tadbirkorlik tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil, keyingi yili - taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi. Biznes-reja kerakli tashkilotlar(omonatchilar) tasdig‘idan o‘tgan taqdirda (xissadorlik jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Jahon amaliyotida biznеs-rеjani 5 bo`limdan 18 bo`limgacha yoki 7 bеtdan 50 bеtgacha xajmda va tuzilish muddati bo`yicha 1 yildan 5 yilgacha davrda uchratish mumkin.



Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling