Dasturni amalga oshirish bosqichlari
Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich. (1997-2001 yillar) bu davrda 1) ta’lim tizimining mazmuni
va tarkibini qayta ko’rish va yangilash; 2) davlat ta’lim standartlarini yaratish va
joriy etish; 3) ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini
ishlab chiqish va joriy etish; 4) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur
moddiy-texnika, o’quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash; 5) ta’lim
muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati
va ularga bo’lgan ehtiyojining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va
joriy etish; 6) xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish.
Ikkinchi bosqich. (2001-2005 yillar). 1) ta’lim muassasalarini maxsus
tayyorlangan malakali pedagogik kadrlar bilan to’ldirish; 2) tabaqalashtirilgan
ta’limga to’liq o’tiladi; 3) ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot
bazasini mustahkamlash.
Uchinchi bosqich. 1) o’quv tarbiya jarayoni sifatli adabiyotlar va ilg’or
pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi; 2) milliy oliy ta’lim muassasalarini
qaror toptirish; 3) ta’lim jarayonini axbarotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon
axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter (INTERNET) bilan to’liq qamrab
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |