Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
11 uzoqlashib, qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘ondi. «Nahotki men bu qizga oshiq bo‘lsam? — hayrat ichida o‘ylandi mulla Fazliddin. — Qora xalq orasidan chiqqan menday bir suratkashning shoh qiziga muhabbat qo‘yishi kulgili emasmi? Yo‘q! Men faqat o‘zim chizgan suratga— o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen, xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday suratni yana chizgaymen!» Shu o‘y bilan suratni o‘tga tashlamoqchi bo‘lib egildi. Qiz tasviri olovga yaqinlashganda yuzi qizarib bo‘g‘riqqandek, ko‘zlari esa chaqnab ketgandek ko‘rindi. Mulla Fazliddin tirik odamni o‘ldirayotgandek, seviklisini o‘tga tashlayotgandek seskanib orqaga chekindi. Ichki bir ovoz uni «Qo‘rqoqsen!» degandek jerkidi. «Dushmanlaring ustingga bostirib kelayotgani yo‘q-ku! Ahmad Tanbal ham Axsida. Bilib qo‘y, sen bunday go‘zal suratni ikkinchi marta chiza olmassen! Tasvirga bunchalik tirik joziba baxsh eta olganing— takrorlanmas bir ilhomning natijasi. Botir bo‘lsang, qutqarib qolursen!» Mulla Fazliddin suratni tagqutiga qaytarib soldi-yu, xizmatkor yigitni chaqirdi. — Ko‘chlarni yig‘ishtir! Aravani qo‘sh! Quvaga jo‘nagaymiz!.. Tez!.. Tezroq!.. Mana hozir opasining uyida o‘tirib, yuz bergan voqeani pochchasi bilan jiyaniga so‘zlab berar ekan, po‘lat sandiqda Xonzoda begimning surati borligini ularga ham aytmadi. Bu sirni u hech kimga bildirmoqchi emas edi... — Vo darig‘! — deb Tohirning otasi og‘ir ux tortdi:— Bizning suyangan tog‘imiz siz edingiz, mulla Fazliddin!.. Endi siz ham quvg‘inga uchragan bo‘lsangiz. — Nachora? Hammamizning ham taqdirimiz qil ustida turibdi! — Podshohga arzga borsangiz, dodingizga yetmasmikin, mulla tog‘a? — Bu to‘polonlar bosilsa, bir marta borib arz qilishim aniq. Agar dodimga yetsa yetdi, yetmasa, yana Hirotga qaytib keturmen! Alisher Navoiy Shifoiya degan bino qurdirmoqchi, deb eshitgan edim. Olamda biz uchun yongan yagona umid chirog‘i o‘sha siymo bo‘lib qoldi. — Hirot orzusini qilmang, mulla Fazliddin, Far-g‘onada ham hunaringizning qadriga yetadigan odamlar bor. Quvaning ko‘prigi sizning rejangiz bilan qurilgan edi. Xalq haligacha sizni duo qilib yuribdir. — Xalq! Qani endi bu ko‘prikdan faqat xalq o‘tsa! Erta-indin bu ko‘prikdan yog‘iy qo‘shinlari o‘tib kelur! Xalqning boshiga yog‘iladigan balolarni o‘ylasam, bugungi jalalar selga aylanib, o‘sha ko‘prikni oqizib ketmaganiga afsus qilamen! Agar yog‘iy, bu tomonga o‘tolmasin deb, o‘sha ko‘prikni hozir yondirib yuborsalar, men jon deb rozi bo‘lur edim! «Chindan ham, — o‘yladi Tohir o‘zicha, — yog‘och ko‘prik. Yog‘ sepsa yonur. Yog‘iy faqat shu ko‘prikdan o‘tishi mumkin. Kechuv ham yo‘q. Hammayoq botqoqlik, qamishzor. Agar ko‘prik yondirilsa yog‘iy o‘tolmagay!» Tohir kutilmagan joydan najot yo‘lini topganday bo‘ldi. Tasavvurida gavdalangan yong‘in alangasidan go‘yo uning badani qizib ketganday tuyuldi. Robiyani balo-qazodan asraydigan eng zo‘r qalqon ana o‘sha olov bo‘lishi mumkin! Tohir qaltis istakdan ko‘zlari yonib otasiga qaradi. «Aytsammikin? Yo‘q! Rozilik bermas. Yolg‘iz o‘g‘ilmen. Tog‘am... nozik odam, aralashmagani ma’qul. Tavakkalchi yigitlardan topishim kerak!». Tohir sekin o‘rnidan turib, hovliga chiqdi. Osmonni to‘ldirgan bulutlarning yirtig‘idan birda-yarim yulduzlar ko‘rinib qoladi. Uylar chiroqsiz. Ko‘chalar sukutda. Ahyon-ahyonda kuchuklar hurgani eshitiladi. Iftorni qilib chiqqan Mahmud Tohirga darvoza oldida uchradi. Robiyaning akasi bo‘lgan bu kosib yigit Andijon qo‘rg‘oniga ketishdan gap ochgan edi: — E, bu niyatlar hammasi puchga chiqdi! — deb Tohir unga tog‘asidan eshitganlarini aytib berdi. Mahmudni ham birdan g‘am bosib: — Endi qaydan najot izlaymiz, e xudo! — dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling