Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
Boburni kulgi qilmoqchi bo‘lib, shu savolni bermoqda edi. Chindan ham o‘ttiz ming 
qo‘shini bor xonlar bir dasta askari qolgan, xonumonidan ayrilgan Bobur bilan ittifoq 
tuzib o‘tirarmidi? Bobur Mahmudxonni o‘ziga yaqin olib, shu gapni aytganidan izza bo‘ldi. 
— Hazratim, o‘gay taqdir hozir meni shu ko‘yga soldi. Ammo biz mag‘lubiyat zahrini 
ichishdan oldin g‘alaba sharobini ham tatib ko‘rgan edik. Shuning uchun sizga ko‘nglimni 
ochib gapirishga jur’at etdim! 
— Ochiq gapirganingiz ma’qul, albatta. Qalay, iloj bo‘lsa Shayboniyxon bilan yana 
olishmoqchimisiz? 
Mahmudxonning savolida: «Yiqilgan kurashga to‘ymaydi, chamasi-da!» degan kinoyali 
ma’no bor edi. 
— Olishishga mening haqqim bor, — dedi Bobur.— Chunki birda yiqilgan bo‘lsam, birda 
yiqitganmen! Ammo siz Shayboniyxonga ko‘p yordamlar bergansiz!.. 
— Bu — rost, rost! — dedi Mahmudxon. Shu topda uning ko‘nglidan: «Agar og‘a-ini 
ikkovimizning o‘ttiz ming qo‘shinimizga Boburni sarkarda qilib qo‘ysak, jiyanimiz 
Shayboniyxon bilan urushib, ancha tajriba orttirgan, o‘zi ham dovyurak yigit, yengib 
chiqishi mumkin», degan fikr kechdi. 
Mahmudxonning o‘zida sarkardalik iste’dodi yo‘q edi. Agar Bobur uning qo‘shiniga bosh 
bo‘lib Shayboniyxonni yengsa, keyin odamlar Mahmudxonni emas, Boburni va uning 
iste’dodini ulug‘laydi. Undan so‘ng, Bobur Toshkentni ham tog‘asidan tortib olishga haqli 
bo‘ladi. Chunki azaldan ma’lum: qo‘shin kimning qo‘lida bo‘lsa, hokimiyat o‘shaniki. 
Mahmudxon shuni o‘yladi-yu, o‘z qo‘shiniga Boburni sarkarda qilish fikridan darhol 
qaytdi. Gapni boshqa yoqqa burib: 
— Sho‘rlik Xonzoda begim... ne ko‘ylarga tushdi-a?— dedi. — Shayboniyxon makkor 
tulki-da. Xonzoda begim ona tomondan bizga avlod, ota tomondan temuriylarga 
mansub. Begimni olsa obro‘si oshishini bilgan. Samarqandda dabdabali to‘y berib 
uylanganmish. 
Mahmudxonning gap avzoyidan, Bobur go‘yo opasini qurbon qilib, o‘zi qutulib chiqqan 
edi. Bobur voqeaning boshqacha bo‘lganini ayta boshlaganda, Mahmudxon ishongisi 
kelmay bosh chayqadi: 
— Juda uyat bo‘ldi-da, Mirzam, hammamiz malomatga qoldik! 
— Davron mening boshimga toj kiydirgan edi, — dedi Bobur yana otashin bo‘lib. — Endi 
shu toj o‘rnida ta’na toshi! Hammasidan to‘ydim, xon hazratlari! Endi borsa kelmas 
bo‘lib bosh olib ketishdan boshqa ilojim qolmadi! 
— Undoq demang, Mirzam! Minba’d siz bizning aziz mehmonimizsiz. Egachim Qutlug‘ 
Nigor xonim sizga muntazir edilar. Zaifangiz Oyisha begim ham shu yerdalar. Borib ular 
bilan ko‘rishing, dam oling. Ertaga Shayboniyxon elchisi sharafiga qabul marosimi 
o‘tkazmoqchimiz. Siz ham ishtirok eting! 
Bobur xon huzuridan chiqar ekan, hamma gapi bekor ketganini, Mahmudxon 
Shayboniyxondan tahlikaga tushib qolganini va u bilan dadil olishishga jur’at etolmay, 
xushomad yo‘liga o‘tganini endi aniq sezdi. Ark hovlisidan o‘tib borayotganda 
Toshkentdagi osudalik hozir unga dovul oldidan bo‘ladigan xatarli sukunatdek tuyuldi. 
Yaqinlashib kelayotgan dovuldan onasi va xotinini olib chiqib ketish niyati bilan arkning 
to‘ridagi ayollar turadigan ichki hovlilarga qarab ketdi. 
* * * 
Oyisha begim Toshkentga bundan ikki oy avval kelgandi. Samarqandda ilk farzandining 
o‘limi ustiga qamal azoblari qo‘shilib, yosh juvon kasalmand bo‘lib qolgan edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling