Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
Arabchani yaxshi biladigan Bobur bu unvonning ma’nosini tushunib, istehzoli 
kulimsiradi: 
— Janob Zunnunbekda arslonning yuragi borligiga shak-shubha yo‘q. Ammo hazrat 
begim valiylaru munajjimlarni tilga olganlarida faqir Saripulda Shayboniyxon bilan masof 
urushga chiqqan kunlarimni esladim. Mana, janob Qosimbek ham bor edilar. 
Shahobiddin nomlik munajjim kechasi osmonga qarab: «Sakkiz yulduz yelkangizda rost 
turur, ertaga urushga kirsangiz, zafar, albatta, sizniki bo‘lg‘ay!» — deb valiylik qildi. Biz 
shunga ishonib, Shahrisabzdan keladigan ko‘makni ham kutmasdan, maydonga 
chiqdik... Mana, haligacha o‘shal xatomizning azobini tortib yuribmiz. 
Boburning gaplaridan Xadicha begimning yuzlari tundlashib, lablari atrofida burushiqlar 
paydo bo‘ldi. Zunnunbek esa o‘tirgan joyida asabiy to‘lg‘anib: 
— Amirzodam, niyatni yaxshi qilmoq kerak! — dedi. Hirotning valiylari Samarqand 
munajjimlaridek nodon emaslar! Saripuldagi xatoni Hirotday ulug‘ shaharda hech kim 
takror etmagay! 
Zunnunbek ko‘zlari yonib, telbalanib gapirganini ko‘rgan Burunduqbek uni bosishga 
tirishdi: 
— Janob Zunnunbek, oliy mehmon bizga yaxshilik istab Kobulday joydan kelmishlar. 
Vaziyat xatarli ekanligi rost. Shoshilinch choralar o‘ylamoq kerak! 
Xadicha begim bahslashuvchilarni muloyimlik bilan yarashtirib qo‘yishga harakat qildi: 
— Janob Zunnunbek, vaziyat chindan ham jiddiy, beparvo bo‘lmaslik kerak. Ammo 
janob Burunduqbek ham bir narsani unutmasinlar: mag‘lubiyatni ko‘p ko‘rgan odamga 
xatar goho aslidan kattaroq ko‘rinur. Amirzodam siz ko‘p tashvish chekmang. 
Shayboniyxon bizga tajovuz qilsa, o‘z tajovuzidan halok bo‘lur! 
* * * 
— Xadicha begimdek ko‘pni ko‘rgan malika shayxlarning xushomad gapiga ishonib 
yurganlaridan men hayron, — dedi Bobur ertasi kuni Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon 
mirzo bilan gaplashib o‘tirganda. 
Gavdasining shertaxlitligi va ko‘zining qisiqligi otasi Husayn Boyqaroga o‘xshab 
ketadigan Badiuzzamon mirzo istehzo bilan kulimsiradi: 
— Hayron bo‘lmang, amirzodam. Ne qilsa ham ayol kishida, qisqa o‘ylab o‘rgangan. 
— Ammo bu kaltabinlikning kasofati hammaga urishi mumkin-ku, hazratim? 
— Nachora? Suyukli farzandimiz Mo‘min mirzo ham shu begimning kasofatidan halok 
bo‘lib ketdi! 
— Hazratim, rahmatlik otangiz kayf ustida qilgan fojiaviy xatoni endi unuting! 
— Unutolmaymen, chunki ayb marhum otamda emas edi! Sulton Sohibqiron Mo‘min 
mirzoni behad yaxshi ko‘rar edilar, she’rlarini yod bilar edilar. Avvallari otamning menga 
ham mehrlari yaxshi edi. Axir men— taxt vorisi edim! Xadicha begim men bilan otamni 
dushman qilishning yo‘lini izlar edi. Mo‘min mirzo asir tushgach, bu yo‘l topildi — uni 
shirakayf podshohning farmoni bilan o‘ldirdilaru men bilan otamni xundor dushmanga 
aylantirdilar. Shundan keyin begimning o‘g‘li Muzaffar mirzo mening o‘rnimga valiahd 
bo‘ldi. Bugungi sheriki podshohlik ham ana shu begimning ixtirosi! Men aniq bilamen: 
begim meni muvaqqat tojdor deb bilurlar. Meni yo‘q qilib, Muzaffar mirzoni yagona 
podshohga aylantirishning qulay paytini poylamoqdalar! 
Bobur Badiuzzamon mirzoga Shayboniyxonni eslatdi: 
— Hazratim, Shayboniyxon haqida ne yangi xabarlar bor? 
— Xon Xorazmni olib, Samarqandga qaytgan emish... 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling