Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
vatanga qaytadigan yo‘llarini yana bekitishadi. Bobur esa hozir butun vujudi bilan 
vataniga qaytishni istaydi. Bu istagi yo‘lida tog‘ kelsa kemirib, suv kelsa simirib 
o‘tmoqchi bo‘ladi. 
Bobur elchiga muloyim ko‘z tashlab: 
— Shoh Ismoil hazratlarining in’omlari biz uchun behad aziz, — dedi va barkashdagi 
sallaga qo‘l cho‘zmoqchi bo‘ldi. 
Shunda Qosimbek og‘zini uning qulog‘iga yaqinlashtirib, xavotir bilan shivirladi: 
— Hazratim, zinhor boshingizga kiymang! Zinhor! 
Bu so‘zlar elchiga ham eshitildi va uni ranjitgani avzoyi o‘zgarib ketganidan sezildi. 
Suv quyganday jimjitlikda Bobur Muhammadjon eshik og‘asiga mayin kulimsirab qaradi: 
— Oliy mehmonimiz imomiya* mazhabidanlar, shundaymi? 
Elchi tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Bobur yana o‘shanday muloyimlik bilan so‘zida 
davom etdi: 
— Imomiyalar ham Muhammad alayhissalomning ummatlarimi? 
— Alhamdulillo! — deb elchi darhol kalima keltirdi. 
Shundan keyin Bobur Qosimbek tomonga o‘girildi. 
Siz ham Muhammad ummatimisiz, janobi amirul umaro? 
Qosimbek ham kalima keltirdi-yu, oxirida: 
— Hazratim, sizni iloho chohoryori bosafolar qo‘llab-quvvatlasinlar! — deb qo‘shib 
qo‘ydi. 
Choryorlar tilga olinishi bilan elchining rangi o‘chib labi asabiy pirpiradi. 
— Janob Muhammadjon eshik og‘asi! — dedi Bobur tez. 
— Qur’oni sharifda aytilganki, «qulli muslimina ixvatun». Ya’ni, barcha musulmonlar 
og‘a-inilardir. Biz hammamiz bir dindamiz. Demak, hammamiz og‘a-inilardek yaqin 
bo‘lmog‘imiz kerak. Biz sizning musulmonlik e’tiqodlaringizni hurmat qilganimiz kabi, siz 
ham bizning, — deb Bobur ikki qo‘lini yoyib, barcha bek va mulozimlarini ko‘rsatdi, — 
musulmonlik e’tiqodlarimizni hurmat qilursiz, deb ishonamiz! 
Elchi endi bir oz yumshab, ustma-ust bosh irg‘adi: 
— Ushbu muqaddas armug‘on ham bizni sizlara buyuk ehtiromimiz alomatidir! 
Bobur endi Qosimbekka yuzlandi: 
— Hazrati Alini sizu biz hamisha boshimiz ustida olib yuribmiz, shundoqmi? 
Qosimbek — sallasidagi to‘rt o‘ramning biri — Hazrati Alining ruhiga makon ekanini 
o‘ylab, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: 
— Shundoq, hazratim. 
— Muhammad alayhissalomning yagona farzandlari bo‘lgan Bibi Fotima biz uchun ham 
muqaddas volidadirlar, shundoqmi? 
— Shundoq, hazratim. 
— Shundoq bo‘lsa, Hazrati Ali bilan Bibi Fotimaning aziz avlodlari bo‘lgan imomlarni biz 
ham e’zozlasak musulmonlikka to‘g‘ri kelurmi, yo‘qmi? 
Boya Boburga jon kuydirib haligi gapni uning qulog‘iga shivirlagan Qosimbek podshoni 
niyatidan qaytarolmasligini, shohning bu maxsus sovg‘asini Bobur qabul qilmay iloji 
yo‘qligini endi sezdi. U ko‘pchilikning oldida Boburga tan berganday bo‘lib, aslida uni 
yoqlagisi kelib bosh egdi: 
— Podshoh hazratlari, siz haqsiz, qulingizni gus-toxligim uchun avf eting! 
Bobur Qosimbekka mamnun ko‘z tashlab: 
— Ma’zursiz, — dedi. So‘ng dastor solingan og‘ir barkashni tutib turaverib qo‘llari tolib 
ketgan qizilbosh bek tomonga o‘girildi. Bobur dastorni dadil bir harakat bilan ikki qo‘llab 
barkashdan olganda uning o‘nlab bek va mulozimlari vahima bilan: «o!» deb yuborishdi. 
Bobur dastorni qo‘lida tutgan holda: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling