Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
shod. Qunduzda birinchi marta boshlangan ichkilik bazmlari Samarqandda davom etib
avjiga chiqmoqda. Erishilayotgan g‘alabalar sharafiga bek va a’yonlar navbatma-navbat 
ziyofat berishib, Boburni deyarli har kuni taklif qilishadi, unga eng nodir, eng ajoyib 
maylarni ichirib, xursand qilishda bir-birlaridan o‘zishga intilishadi. 
Faqat Qosimbek hamon ichkilikni og‘ziga olmas, paytini topsa Boburni ham hushyorlikka 
undar, mamlakat ichida qora kuchlar bosh ko‘tarayotganini, shimoldagi dashtda esa 
shayboniyzodalar hayot-mamot jangiga tayyorlanayotganini takror-takror eslatar edi. 
Lekin Bobur unga javoban so‘nggi paytda yozgan bir g‘azalidan to‘rt satr o‘qib berdi: 
Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati, 
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. 
Yoz faslida chog‘ir ichmakning o‘zgacha holi bor, 
Kimga bu nash’a muyassar bo‘lsa bordir davlati. 
Bu g‘azalga kuy bastalanib, qabul marosimlarida ham aytiladigan bo‘lgan edi. Shirakayf 
Bobur: 
— Janob Qosimbek! — dedi. — Eshitdingizmi, Samarqand maktablarida bolalar men 
ixtiro qilgan xat bilan juda tez savodxon bo‘lmoqda emishlar. Mana, mudarris 
janoblaridan so‘rang... 
Boshida sallayu qo‘lida may to‘la qadah bilan ta’zim qilib turgan mudarris: 
Janob Qosimbek, — dedi, — xalqimizni jaholat panjasidan qutqarib olishda hazratim 
ixtiro qilgan Xatti Boburiy ajoyib bir vosita bo‘lishi aniq! Qur’on xati gar-chi biz uchun 
aziz, ammo zeru zabarlari, shikasta usullari savod chiqarishga behad mushkul. Xatti 
Boburiy esa zeru zabarsiz, o‘rganishga oson. 
Qosimbek Boburning bundan uch yil oldin Kobulda ixtiro qilgan xati Sirdaryo bo‘yidagi 
Sig‘noqdan topilgan qadimiy turkiy yozuvga* asoslanganini bilar edi. Arab yozuvini 
«Qur’on xati muqaddas», deb hisoblaydigan ruhoniylar islom dinidan oldin tarqalgan 
qadimiy yozuvlarni qattiq qoralab, topilgan joyida o‘chirib tashlashni buyurar edilar. 
Bobur esa buni jaholat hisoblar, qadim zamonda ixtiro qilingan turkiy yozuvning dinga 
aloqasi yo‘qligini aytar, Xatti Boburiyni shuning uchun xalq orasida tarqatmoqchi bo‘lar 
edi. 
Ichkilik bazmi paytida bu murakkab mavzularda gapirishni yoqtirmaydigan Qosimbek 
oradan ikki kun o‘tgach, devoni xosda o‘tirgan Boburning huzuriga mavlono Fazliddin 
bilan Xatti Boburiyni tarqatib yurgan mudarrisni boshlab kirdi. 
Ularning uchovi ham allanarsadan juda bezovta ekanini sezgan Bobur: 
— Tinchlikmi, janoblar? — dedi. 
— Hazratim, — dedi mudarris. — Xatti Boburiyni targ‘ib qilib maktab ochgan bir 
maktabdorni avboshlar toshbo‘ron qilib o‘ldirmishlar. 
— O‘ldirmishlar?! — deb Bobur o‘rnidan turib ketdi.— Bu ne jaholat, janob Qosimbek? 
Bizga qarshi g‘ulumi?! 
— Hazratim, mutaassib shayxlar bilan qalandarlar hamma joyda bizga qarshi ish olib 
bormoqdalar. Rasadxonada bir usta havozadan yiqilib o‘lgandan beri ta’mir ishlariga 
odam yollash mumkin bo‘lmay qoldi. Masjidda va’z aytgan mullalar Xatti Boburiyni 
«Shoh Ismoil yuborgan shialar xatti» deb e’lon qilgan emishlar. Shu ovoza butun 
shaharga tarqalib, oxiri haligi maktabdorning toshbo‘ron bo‘lishiga olib kelmishdir. 
— Bu yolg‘on ovozani tarqatganlarni nega hibsga olmadingiz? — qahr bilan so‘radi 
Bobur. — Axir bu xatning Shoh Ismoilga mutlaqo aloqasi yo‘q-ku. 
— Xo‘ja Xalifa shuni masjidi jomeda minbarga chiqib aytmoqchi bo‘lgan ekan, «Yolg‘on! 
Kofirlar xati harom! Qur’on ursin sen Xalifani!» deyishib, johillar uni minbardan tortib 
tushirmishlar. Agar Tohirbek boshliq soqchilarimiz Xo‘ja Xalifani qutqarib qolmasalar, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling