Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
tiqayotganda o‘tovning kigiziga allanarsa «tars» etib urildi. Yoy o‘qining charxlangan 
uchi kigizni kesib o‘tdi, lekin qanoti kigiz juniga o‘ralib turib qoldi. Qo‘rqib ketgan 
Xonzoda begim o‘g‘lini bag‘riga bosdi. 
Bu yil o‘n birga qadam qo‘ygan Xurramshohning bo‘yi onasining yelkasidan oshib qolgan 
edi. U uchi pastga osilib qolgan yoy o‘qiga qiziqib qarab turardi. 
Tashqaridan Boburning sarosimali tovushi eshitildi: 
— To‘fangandozlar qani? Xo‘ja Kalonbek! To‘fang otilsin! Qosimbek! Tohirbek! Haramga 
qarang! Bolalar tezroq olib chiqilsin! To‘fang! 
O‘sha zamonning chaqmoqli miltig‘i bo‘lgan to‘fang yaqin bir joyda gumburlab otildi. 
Bobur qizilboshlar bilan ittifoq bo‘lib orttirgan bir narsasi — o‘sha davrning eng 
zamonaviy quroli bo‘lgan mana shu to‘fanglar edi. Hali juda kam tarqalgan to‘fanglar 
faqat Boburning xos navkarlarida bor edi. 
Bir nechta to‘fangning ustma-ust otilgani eshitildi. Xonzoda begim endi sal dadillanib, 
o‘g‘lining to‘ni ustidan bejirim xanjarchasi osilgan kamarini ham bog‘latdi.
Xurramshoh o‘tovning bir chetiga o‘ntacha yoy o‘qi solingan kichkina soqdog‘ini osib 
qo‘ygan edi. Onasining qo‘lidan chiqib shu soqdog‘ini yelkasiga osdi-da, kamonini qo‘liga 
oldi. 
Onasini vahimaga solgan jang bolada qo‘rquv aralash maroq uyg‘otgan edi. U 
kichikligidan jangovar ruh bilan o‘sgan, tezroq katta bo‘lib, urushda botirliklar 
ko‘rsatgisi kelar edi. Samarqandda turgan paytlarida Xurramshoh Bobur tog‘asining 
Buxoro tomonda qilgan janglariga qatnashmoqchi bo‘lib, onasining oldidan qochib ham 
ketgan edi. Lekin Bobur uni bek atkasiga qo‘shib yo‘ldan qaytarib yuborgan edi. Xonzoda 
begimning Boburga qo‘ygan mehri o‘g‘liga ham yuqqan edi. Bolaga dars beradigan va 
harbiy mashq o‘rgatadigan kishilar hammasi Boburning ixlosmandlari edilar. Xurramshoh 
onasidan va murabbiylaridan Bobur haqida juda ko‘p yaxshi gaplar eshitar, o‘zi ham 
tog‘asini har ko‘rganda unga bolalarcha jo‘shqin bir mehr va ishonch bilan qarar edi. U 
tog‘asini og‘ir ahvollarga solayotgan shayboniyzodalarni — garchi o‘zining 
Shayboniyxonga o‘g‘il bo‘lishini bilsa ham — kun sayin yomon ko‘rib borar edi. Uning 
tasavvurida, hozir Bobur qarorgohiga hujum qilib kelgan, «Ur, qir!» deb 
qichqirayotganlar ham o‘sha ko‘chmanchi sultonlar edi. Xurramshoh soqdog‘ida bor 
o‘qlarini tog‘asining mana shu dushmanlariga qarab otgisi keldi-yu, o‘tov eshigini ochib 
chiqa boshladi. 
— Hoy, shahzoda, to‘xtang! 
Xonzoda begimning keksa kanizi yugurib borib bolani kamaridan tutdi-da, ichkariga 
tortdi. Bola qarshilik qilib kirmadi. Uni uzoqda bo‘lgan janglarga yubormagan edilar. Endi 
jang o‘zi Xurramshoh yotgan joyga yetib kelganda yana qo‘yishmaydimi? 
— Qo‘yvoring meni! Hazrat tog‘oyimga ko‘mak beramen! Qo‘yvoring! 
Bu orada Boburning xos navkarlari to‘fang ota-ota, yov otliqlarini ayollar va bolalar 
yotgan o‘tovlardan uzoqqa surib tashlagan edilar. Tohir Xonzoda begimning o‘tovi oldiga 
ikkita ot yetaklab keldi: 
— Hazrat begim! Shahzoda! Tezroq chiqinglar! 
Xonzoda begim sandiq va bo‘g‘chalariga qaradi. 
— Ko‘ch-ko‘ronlar qolurmi? 
— E, jon omon bo‘lsa, buyum topilur! Chiqing tezroq! Hazratim buyurdilar! 
Xonzoda begim kanizi bilan chiqquncha Xurramshoh otlarning kichikroq ko‘ringan 
bittasiga minib oldi. 
Osmonda shom yegan sakkiz kunlik oy bor edi. Shuning yorug‘ida oq o‘tovdan besh 
yashar Humoyunni bag‘riga bosib chiqqan Mohim begim ko‘rindi. Ot ustida turgan 
Qosimbek tez engashib bolani onasining qo‘lidan avaylab oldi-da, yelkalarini chakmani 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling