Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
otining jilovini tez qo‘lga olayotib, uchinchi otning yuganidan tutgan navkariga: 
— Mahkam ushlang! — dedi. 
So‘ng tagidagi otni narigisiga jips keltirdi-yu, ikkinchi egardan uchinchisiga sakrab o‘tdi. 
Shirakayf beklar davrasidan: 
— Ofarin! Tasanno! — degan xitoblar eshitildi. 
Humoyun hansirab otdan tushdi-da, otasi tomonga kela boshladi. Bobur o‘zining 
o‘smirlik paytida Andijon chorbog‘ida egardan-egarga sakrab o‘tolmay oyog‘i yerga 
tapillab tushganini esladi-yu: 
— Tangrim Humoyunni yomon ko‘zdan asrasin, — dedi. — Chavandozlikda bizdan 
o‘tadigan ko‘rinadir. 
— Hazratim, mirzo Humoyun har ishda sizdan ibrat olishga intilurlar, — dedi Qosimbek. 
Bobur o‘ng‘aysizlanib bosh chayqadi: 
— Mening shahzodaga ibrat bo‘lgudek holim yo‘q. 
Humoyun otasining ma’yus yuziga taajjub bilan tikildi. 
— Nechun, hazratim! Atkam menga barcha janglaringizni aytib berdilar. Rustamu 
Suhroblar ham, Go‘ro‘g‘liyu Alpomishlar ham sizchalik ko‘p jang ko‘rgan bo‘lmasalar 
kerak! 
— Jang hisob emas, amirzodam, jangning natijasi hisob, — dedi Bobur o‘zining 
mag‘lubiyatlarini eslab. 
Lekin Humoyun uchun eng muhimi — otasining mislsiz dahshatlarga duch kelib, barcha 
o‘limlarni yengib o‘ta olgani va hamma qirg‘inlardan omon chiqqani edi. Boburga 
astoydil ixlos qo‘ygan Qosimbek: «Hazratimga duo ketgan, u kishini o‘q olmaydi, tig‘ 
kesmaydi», derdi va bu sodda e’tiqodini Humoyunning qalbiga ham singdirgan edi. 
Humoyun otasining Kobul bilan Hirot oralig‘idagi baland tog‘lardan odam zoti 
o‘tolmaydigan qahraton qish kunlarida yurak yutib o‘tganini, ko‘pchilik bek va navkarlar 
holdan ketib, otlar ham yurolmaydigan bo‘lib qolgan paytlarda Bobur o‘zi oldinga chiqib, 
ko‘kragigacha qorga botib, hammaga yo‘l ochib borganini, o‘shanda uning qulog‘ini 
sovuq olib, yuzi ko‘mirday qorayib, tanib bo‘lmas ahvolga kelganini Qosimbekdan 
yaqinda eshitgan edi. 
Humoyun o‘sha paytlarda bo‘lgan bir g‘alati hodisani otasidan tasdiqlatib olgisi keldi: 
— Hazratim, Kobul chorbog‘ida Do‘st degan bir pahlavon navkar sizni tanimay qilich 
bilan chopgani rostmi? 
— Rost. Keyin tanib qolib, qilichini tashlab qochdi. Shukrki, hech shikast yetmadi. 
Bo‘lmasa Do‘st pahlavon tig‘ urgan odam hargiz tirik qolmagay edi. 
— Xudoning qudratini qarang-a! — dedi eshik og‘a Muhammad Do‘lday xushomad 
ohangi bilan. 
Humoyun uning kayfdan qizarib, ko‘pchib turgan yuziga noxush nazar tashladi-yu, yana 
otasiga yuzlandi. U faqat otasi bilan gaplashishni istardi. Bobur to‘g‘risida Qosimbekdan 
va boshqa odamlardan shuncha g‘aroyib hikoyalar eshitib o‘sgan bola endi uning o‘zi 
bilan yurakdan yaqinlashishni istardi. 
Lekin Bobur doim davlat ishiyu yozish-chizish bilan band bo‘lar, bo‘sh qolganda beklari 
chog‘ir majlisini boshlashar, Humoyunga esa ular hali hamsuhbat bo‘lolmaydigan yosh 
bola deb qarashar edi. Biroq Humoyunda otasi bilan suhbatlashish ishtiyoqi kun sayin 
ortib bormoqda edi. 
— Hazratim, bultur Sind daryosining bo‘yida yo‘lbars bilan olishgan ekansiz... 
— Qaydan bildingiz? 
— Hazratimning xonai xoslarida yo‘lbars terisini ko‘rdim. 
Bobur orqasida turgan beklarga ishora qildi: 
— Yo‘lbarsni biz ko‘plashib yengganmiz. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling