Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 — Ovoza tarqatishning eng afzal joyi bozor, — dedi.— Mening savdogar mijozlarim bor. — Ammo ovoza bizdan chiqqanini hech kim bilmasligi zarur! — Xotirjam bo‘lsinlar, janob Ahmadbek. Sir saqlashga qodirmiz... _______________ * Bu yerda gap o‘zbeklashgan mo‘g‘ullar haqida boradi. * * * Andijon aholisi dushman qo‘shinlari yaqinlashib kelayotganini eshitib, shu kunlarda juda xavfsirab yurar edi. Shuning ustiga: «Podshoh jardan yiqilib o‘lganmish, shaharni bugun yog‘iy bosar emish, Bobur mirzo qo‘rqib qochganmish», degan ovoza tarqaldi. Andijon rastalaridagi va timning tagidagi do‘konlar savdo eng qizib turgan paytda birin-ketin yopila boshladi. Haligi ovozaning qayerdan chiqqanini hech kim aniq bilmas edi-yu, lekin xaloyiq unga bir-biridan vahimali tafsilotlar qo‘shar edi. Nihoyat, «Axsini ham yog‘iy bosganmish, yog‘iy podshoni jardan tashlab o‘ldirganmish», degan gaplar ham paydo bo‘ldi. Xaloyiq orasida yuradigan xufiyalar dahshatli mishmishlarni shahar hokimi — dorug‘aga yetkazish uchun arkka tomon shoshildilar. Bu orada Qosimbek Bobur mirzoning ustozi Xo‘ja Abdullani uyidan qidirib topgan, ular ikkovlashib arkdagi beklar oldiga chiqishgan edi. Xo‘ja Abdulla ham, beklar ham podshohning o‘limidan mutlaqo bexabar edilar. Bu xabarni Qosimbekdan eshitganlaridan keyin, urush xatari ko‘zlariga yanada tahlikali ko‘rindi, yomon o‘zgarishlar bo‘lishini sezishib, sarosima bo‘lib qolishdi. Shuning ustiga bozorda dallol bo‘lib yuradigan ishonch-li bir xufiya kelib, xunuk ovozalardan hammayoq to‘polon bo‘lib ketganini aytib berdi-yu, Uzun Hasan nomli novcha dorug‘a esankirab qoldi. — Bizdan omad ketdi, janoblar! — dedi yig‘lamsirab.— Tashqarida g‘anim. Ichkarida to‘polon. Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay ketganlari bejiz emas! — Biz ham jon saqlash uchun har qayonga tarqab qochsakmikin? — kinoya bilan so‘radi Xo‘ja Abdulla. O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora Xo‘ja Abdulla katta olim bo‘lishidan tashqari, Andijon beklarining eng nufuzli piri hisoblanar edi. Bobur mirzo ham uni o‘ziga murshid sanab qo‘l bergan edi. Shuning uchun Uzun Hasan Xo‘ja Abdullaning kinoyasiga qarshi keskin javob bera olmadi. — Pirim, Bobur mirzo uzoqlashmasdan qaytarish zarur! — dedi Qosimbek. — Bobur mirzoning ko‘ngillari menga ayon, — dedi Xo‘ja Abdulla. — U oliy zot qo‘rqib qochgan emaslar. Beklarning sadoqatini bilmoq uchun shunday qilganlar. Bozordagi ovoza — fitnaning belgisi. Agar fitna bo‘lmasa, podshohning qazo qilganini bizdan oldin bo-zordagilar qanday bilmishlar? Uzun Hasan o‘zining aqli yetmagan bu mantiqli fikr-ga tan berdi. Boburning ko‘nglida nima borligini Xo‘ja Abdulla shu yerda turib bilganiga qoyil bo‘ldi. Xo‘ja Abdulla uning ko‘ziga chinakam avliyo bo‘lib ko‘rindi: — Pirimga hammasi ayon bo‘lgan ekan! — dedi u chuqur e’tiqod bilan. — Endi pirim nima desalar biz shunga shaymiz! — Menga ayon bo‘lgani shuki, — dedi Xo‘ja Abdulla ovozini pasaytirib, — agar bir tan-bir jon bo‘lib, Bobur mirzoga xizmat qilsak, hammamiz omon qolurmiz, hech qaysimizning bir mo‘yimiz kam bo‘lmag‘ay! Xo‘ja Abdullaning komil ishonch bilan aytgan bu so‘zlari Uzun Hasanni bir oz tahlikaga soldi. Agar ish Xo‘ja Abdulla aytganday bo‘lib chiqsa-yu, Bobur mirzo podshoh bo‘lsa... unda Uzun Hasanning bugungi ikkilanishlari qanday oqibatga olib keladi? Uning raqiblari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling