Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 — Iloho joylari jannatdan bo‘lsin! — deb qo‘ydi. Yana bir necha kishi Boburga yuzlanib ko‘ngil so‘radi. — Muhtaram beklar, davlatxohlar! — deb gap boshladi Xo‘ja Abdulla. — Urush tashvishi bo‘lmaganda biz avval motam marosimini o‘tkazgan bo‘lur edik. Eshitishimizcha, Axsida hazrati oliyni hurmatlariga yarasha ma’raka o‘tkazib qabrga qo‘yganlar. Andijonga yog‘iy yaqin kelib qolgan shu og‘ir kunda bizning avvalin mashvaratimiz davlatni yangi podshohga topshirmoq xususida bo‘lgani ma’qul. Mazidbekdan nariroqda semiz Yoqubbek o‘tirgan edi. U Xo‘ja Abdullaning so‘zlarini hammadan oldin ilib ketdi: — Dono tadbirni o‘rtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fikricha, Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni qonuniy podshoh atab, muborak nomlarini xutbaga qo‘shib o‘qitmoq kerak! Bobur «yalt» etib Yoqubbekka qaradi. Uning ovozidagi mayinlik, yuzidagi hayajon, hatto old tishlari tushib ketgan og‘zining kemshikligi Boburga allanechuk yoqimli tuyuldi. Yoqubbekning eng nufuzli va qaysar mo‘g‘ul beklaridan ekanligini hamma bilardi. Faqat uning bundan bir necha soat oldin Boburga qarshi fitna uyushtirib yurgani o‘tirganlar uchun sir edi. Endi Yoqubbek mana shu sirni yaxshiroq bekitish uchun Boburga hammadan ortiq sadoqat bildirmoqda edi. Uning shu sir ochilib qolishidan iztirobga tushib, dardli va hayajonli ko‘zlar bilan Boburga qarashi, undan najot kutganday bo‘lib hayajonlanishi o‘zi qiynalib o‘tirgan Boburga g‘alati ta’sir qildi. Yoqubbek birinchi bo‘lib Boburni podshoh deb atagani yosh o‘spirinning o‘rtanib turgan qalbiga go‘yo sarin bir shabada bo‘lib tegdi. Qachondir bir vaqt taxtga chiqish va shu yurgan hamma beklarga bosh bo‘lib, g‘olibona janglar qilish Boburning eng kuchli orzularidan edi. Yoqubbekdan keyin gapirgan beklar ham birin-ketin Boburni podshoh deb tan olar ekanlar, uning mana shu orzusi bulut orasidan chiqqan to‘lin oyday charaqlab yuzaga chiqdi-yu, ko‘nglini birdan yorishtirib yubordi. Boshiga tushgan musibat ham, ichini kuydirayotgan tashnalik ham xayolidan uzoqlashdi. Shu payt eshikdan shahar dorug‘asi Uzun Hasan ta’zim qilib kirdi. — Amirzodam! — dedi u entikib. — Qulingizni avf eting, sizni kutib ololmadim. Men Andijonda nomunosib gaplar tarqatgan fitnachilarni ovlash bilan band edim. Alhol bir fitnachi arbobni tutib keltirdim. Bobur beixtiyor oldinga intilib: — Qaysi arbob? — dedi. — Kim u? Keltiring! — Bajonidil, amirzodam! — deb Uzun Hasan shoshilib orqasiga qaytdi. Hamma ko‘zlar ochiq eshikka qadaldi. Yoqubbekning rangi «quv» o‘chdi. Nahotki Ahmad Tan-bal qo‘lga tushgan bo‘lsa? Unda sir ochiladi. Yoqubbek sarosima ko‘zlar bilan darchani qidirib topdi. Darcha u o‘tirgan joydan ancha uzoq. Darchadan narida arkning o‘n paxsalik baland devori bor. Yo‘q, bu yerdan qochib qutulib bo‘lmaydi! Yoqubbekni titroq bosdi... Shu payt eshikdan narida yo‘g‘on bir ovoz: — Qo‘limni yeching, men gunohkor emasmen! — degani eshitildi. Tovushidan Ahmad Tanbalga o‘xshamaydi. Oq shohi yaktak kiygan yo‘g‘on gavdalik bo‘ydor kishini ikki navkar ikki tomonidan mahkam tutib olib kirdi. — E, bu — Darvesh gov-ku! — dedi Yoqubbek birdan yengil tortib. Andijon miroblarining boshlig‘i bo‘lgan bu odam gardani juda go‘shtdor bo‘lganligi uchun ho‘kizga o‘xshab bo‘ynini bir oz oldinga egib yurar, shuning uchun or-qavoratdan uni «gov», deb atashar edi. Andijon Qo‘rg‘oniga to‘qqiz ariq suv kirsa ham, bog‘-rog‘larning ko‘pligidan yoz oylarida suv yetishmaydi, amaldorlar oddiy fuqaroning navbatini ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling