Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
304 chuqur o‘rniga obod bir manzilu marmar voyin qurdirgaymiz. Niyat qilaylikki, voyin zilolday buloq suviga to‘lib tursin. Voyin bo‘yiga xayr-ehson uyi barpo etaylik. Toki bu uyda ichkulik bazmlarining sarfu xarajatini, oltinu nuqra surohiylar pulini muhtojlarga xayru ehson qilib ulashsinlar. Shu ezgu niyat yo‘lida kimki menga hamdamu maslakdosh bo‘lsa mayni to‘ksin, sindirsin mayxo‘rlik olotini! Bobur Humoyunga bir qarab oldi. Bu qarashning ma’nosini sezgan Humoyun: — Hazrat otajon, men doim sizdan ibrat olishga o‘rganmishmen, — dedi. — Daf bo‘lsin mayu surohiy! Humoyun mayni chuqurga sepdi-yu, oltin surohiyni xarsangga urib sindirdi. Undan so‘ng Askariy, Tohir, Hindubek... bir necha soat ichida uch yuzga yaqin beku mulozim qo‘lidagi qadahini xarsangga urib, may ichishdan tavba qildi. Bu hodisa o‘sha kuni qarorgohdagi o‘n ming jangchining hammasiga ma’lum qilindi. Boburning hayot-mamot jangi oldidan chiqargan farmonida: — O‘z nafsini yenggan odamlar har qanday yog‘iyni yengishga qodirdirlar! — degan so‘zlar maxsus ta’kidlandi va buni isbot etadigan misollar muqaddas kitoblardan ham keltirildi. Bu hammasi qo‘shin orasida tarqalgan vahimani bosishga va odamlarning ruhini ko‘tarishga yordam berdi. Boshqa muammolar jang maydonida hal bo‘ldi. Zambaraklar yovning harbiy fillariga olovli o‘qlar otdilar. Zambarak o‘qlari kigiz parchalariga o‘ralgan edi. Borutdan o‘t olgan kigiz parchalari fillarning ustiga olov bo‘lib yog‘ilardi. Olovdan cho‘chigan yov fillari bo‘kirib orqaga qaytar va izma-iz kelayotgan otlig‘u piyodalarni bosib-yanchib qochib qolardi. Lekin Rano Sangramning qo‘shini behisob ko‘p edi. Erta tongdan boshlangan jang kechgacha davom etdi. Boburning o‘zi og‘ir ahvol yuz bergan joylarga ot choptirib borardi. U zaxiradagi kuchlar yordamida yovning eng xatarli hujumlarini bir necha marta qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Humoyun o‘ng qanotdan, Askariy chap qanotdan yov askarlariga ustma-ust zarbalar berdi. Kechki payt Boburning buyrug‘i bilan Turdibek Turkistoniy chopqir otlarda yovning har ikki qanotini aylanib o‘tdi-da, to‘lg‘ama ishlatib, orqadan qaqshatqich zarba berdi. Olov halqasi ichida qolgan Rano Sangramning ko‘ziga o‘q tegdi, bir ko‘zi ko‘rmay qoldi. Shunda rajput soqchilari uni jang maydonidan olib chiqib qochdilar... G‘alabadan so‘ng o‘sha chuqur o‘rniga marmar voyin, uning yoniga xayr-ehson uyi qurildi. Xarsangga urib sindirilgan oltin-kumush surohiylar puli bevayu yetimlarga, g‘aribu muhtojlarga ulashildi... Keyinchalik Bobur Rano Sangram Sinxning bir ko‘zi oqib tushganini, o‘zi mag‘lubiyat alamidan og‘ir kasalga uchrab yotib qolganini eshitdi. Hozir buni Xondamirga so‘zlab bergach: — G‘ayridinlar uchun ham xudo bor ekan! — dedi.— Rano Sangram biz bilan ittifoq tuzgan edi. So‘zidan qaytib, ahdini buzganlarga xudo o‘zi jazo berarkan! «Vaqoi’»ning maxsus bobida muhoribaning barcha tafsilotlarini yozmishmen. Xattot kitobning tayyor qism-lari bilan birga shu bobni ham bugun ko‘chirib bo‘lgay. Oqshom hammasini sizga berurmen, mavlono. O‘qib fikr aytursiz. Boya javobsiz qolgan iltimosiga endi javob olgan Xondamir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: — Siz menga tengsiz bir ishonch bildirursiz, hazratim! — Sizni Hirotdan chorlab keltirishdan maqsad ham ijodiy ishlar bo‘yicha maslahatingizni olmoq edi. — Sarafrozmen! Shu payt ot dupuri eshitildi. Yo‘lka oxirida uzoqdan ot choptirib kelgan chopar sakrab yerga tushdi va ta’zim bilan Bobur tomonga kela boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling