Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
bekitgaymiz. Tanbalni Andijonga kiritmagaymiz. Juma namozida Bobur mirzoning nomini 
xutbaga qo‘shib o‘qigaymiz! Keyin buning xabarini mo‘’tabar odamlar orqali Bobur 
mirzoga yetkazgaymiz. Toki ul zoti oliy Andijonga izzat-ikrom bilan qaytib kelsinlar. 
Shunga rozimisizlar? 
Bu reja amalga oshdi-yu, ertasi kuni andijonliklar Bobur mirzoni qo‘rg‘on darvozasi 
oldida karnay va naqoralar chalib kutib oldilar. U minib kelayotgan gulibodom otning 
oyog‘i tagiga gilam poyondozlar to‘shadilar. Bobur shodlikdan ko‘zlari yoshlanib, yonida 
kelayotgan Qosimbekka so‘z qotdi: 
— El-yurtda adolat bor ekan-a! 
— Ha, mehru oqibat ham kuchli ekan. Faqat yuzaga chiqishi oson bo‘lmas ekan! 
— Shukr, mas’ud kunlarga yetishdik! 
* * * 
Shu tarzda Andijondan quvilgan Ahmad Tanbal qolgan-qutgan odamlari va ko‘ch-ko‘roni 
bilan Axsiga yo‘l oldi. Biroq Axsida ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarilgan, Bobur 
tarafdorlari qo‘rg‘on darvozalarini egallashgan. Tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi 
dorug‘asi Uzun Hasan arkka kirib bekingan edi. 
Bobur va Qosimbekning qo‘shini so‘nggi vaqtlarda besh mingdan ham oshib ketdi. Ular 
Andijonda ko‘p to‘xtamay, Bandi Solor yo‘li bilan Axsiga yetib bordilar va arkdagi Uzun 
Hasanni asir oldilar. 
Bu xabarni eshitgan Ahmad Tanbal mustahkam qo‘rg‘onlardan biri bo‘lgan Popga qarab 
chekindi. Ammo u yetib borgunicha Bobur tarafdorlari Pop qo‘rg‘onini ham berkitib, 
Ahmad Tanbalni darvozadan kirgizmay quvdilar. 
Ahmad Tanbal G‘ova orqali Chotqol tog‘lariga qarab chekindi. Uning so‘nggi umidi — 
katta akasi Tilba Sultondan va Toshkent xoni Mahmudxondan edi. Tilba Sulton xon 
saroyida so‘zi o‘tadigan eshik og‘a ekanini Bobur bilardi. Ahmad Tanbal Farg‘ona 
vodiysini talon-taroj qilib orttirgan boyliklaridan katta bir qismini Ohangaron orqali 
Toshkentga, Mahmudxonga sovg‘a qilib yuborgani ham xufiyalar ma’lumotidan ma’lum 
edi. Lekin Mahmudxon — Qutlug‘ Nigor xonimning akasi bo‘laturib, jiyani Boburning 
ashaddiy dushmani Ahmad Tanbalga yon bosishi mumkin emasday tuyulardi. 
Shuning uchun Bobur qo‘shini Ahmad Tanbalni Chotqol tog‘i etagigacha ta’qib etib bordi. 
Kun sovuq, yo‘llar toyg‘oq. Kechki payt Tanbal besh yuztacha askari bilan Arxiyon degan 
joydagi qo‘rg‘onga kirib bekindi. Bu qo‘rg‘on devorlariga shoti qo‘yib oshib o‘tish mumkin 
edi. 
— Kech kiryapti, qorong‘i tushmasdan tezroq harakat qilaylik! — dedi Bobur. Ammo 
shotilarni o‘n chaqirimcha beridagi G‘aznayi Namangandan keltirgunlaricha g‘ira-shira 
qorong‘i tushdi. Kechki izg‘irinda og‘izdan chiqqan hovur uzoqdan ko‘zga tashlanadi
navkarlarning qo‘li qovushga kelmaydi, gapirganda lablari ham qiyinlik bilan 
harakatlanadi. 
— Amirzodam, — deb Ali Do‘stbek Boburga arz qildi: — Qorong‘i tushib qoldi, yovni 
o‘zimiznikilardan ajratish qiyin bo‘lg‘ay. Qamalni ertalabdan boshlaylik. 
— Ungacha Tanbal qochib ketsa-chi? — so‘radi Bobur. 
— Qochib qayoqqa borgay? Naryog‘i tog‘, dovon bekilgan! 
— Tanbalning akasi Tilba Sulton Archakent dovoni orqali inisining oldiga kelib ketibdi-ku! 
— dedi Qosimbek. 
— Ne bo‘lganda ham, endi Tanbal ilikka tushmog‘i kerak! — dedi Bobur. — Arxiyon 
qo‘rg‘oni atrofiga chodirlar tikdiring! Ming kishi tuni bilan qorovullik qilsin! Ertadan besh 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
ming kishi bilan devorga shotilarni qo‘yib hamla qilurmiz! 
— Bosh ustiga! — deb Ali Do‘stbek bu farmonni bajarishga kirishdi. 
Qosimbek Bobur uchun shu atrofning eng obod va ko‘rkam joyi bo‘lgan G‘aznayi 
Namanganda qarorgoh tayyorlata boshladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling