Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida


Rus shifokorlari kashf etgan kasallik


Download 58.13 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi58.13 Kb.
#1554434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`G`IMLAR

Rus shifokorlari kashf etgan kasallik


Belingiz zirqirab, xuddi bo‘g‘imlaringiz qotib qolayotgandek tuyulsa, belangi bo‘lib qolibmanda, deyishingiz mumkin. Shifokorga borsangiz, taxminingizdan tashqari, sizda Bexterev kasalligi bor-yo‘qligi ham tekshiriladi.
Bexterev kasalligi nafaqat bo‘g‘imlar, balki umurtqa pog‘onasini ham zararlaydi. Kasallik irsiy bo‘lib, nasldan- naslga o‘tish ehtimoli bor. Avvaliga umurtqaning dumg‘aza sohasi zararlanadi: keyinchalik yallig‘lanish umurtqa bo‘ylab yuqoriga — bel, elka va qo‘l bo‘g‘imlariga tarqaladi. Yallig‘lanishniku dori vositalar yordamida to‘xtatish mumkin. Ammo kasallikning zararli – tomoni bo‘g‘imlarning dag‘allashib, egiluvchanligini yo‘qotishida.
Og‘riqqa bo‘ysinib, harakat qilmas ekansiz, kasallik tobora avj olaveradi. Shuning uchun shifokorlar har kuni 30-40 daqiqa davomida badantarbiya mashqlarini bajarish kerakligini bemorga uqtiradilar.
Bu kasallik mashhur rus shifokori, akademik V. M. Bexterev sharafiga qo‘yilgan.
Olim 30 yoshlar atrofidagi erkak bemorlarni kuzatayotgan paytda ularning bo‘g‘imlaridagi o‘zgarishlar tobora kuchayib, umurtqa bo‘g‘imlariga ta’sir qilishini aniqlagan. Shu bois keyinchalik mazkur holat uni kashf qilgan shifokor nomi bilan atala boshladi.

Xastalik nega yuzaga keladi?


Organizmda immunitet degan tizim borligi haqida ko‘pchilik bilsa kerak. U bizni turli xil kasalliklardan saqlaydi. Tashqi muhitdan tanamizga biron mikrob yoki virus kirmoqchi bo‘lsa, immunitet darrov qarshilik ko‘rsatadi. U yoki bu yo‘l bilan mikroblar kirishga ulgurdi deylik. Immunitet darhol qon tanachalari va boshqa bir qator hujayralar yordamida mikroblar bilan kurashishga tushadi. Tabiatning jumbog‘ini qarang-ki, ba’zan shu himoya tizimimiz mikrob o‘rniga o‘zining to‘qimalari, to‘g‘rirog‘i, bo‘g‘imlarga hujum qiladi. Natijada bemorda Bexterev xastaligi ro‘y beradi.

Davolanishdan avval…


Tanadagi yashirin infeksiyalarni aniqlash kerak. Agar sizning:

  • asabingiz tez-tez buzilsa;

  • tomog‘ingiz og‘rib, og‘izga yara chiqsa;

  • burun bitishi, gaymorit qiynasa;

  • labga uchuq toshsa (bu har doim ham tushda cho‘chish alomati emas, balki organizmda o‘rnashib olgan virus tufayli);

  • yelka, bel, jinsiy a’zolarda noma’lum qizil toshmalar paydo bo‘lsa;

  • ich buzilishi qabziyat bilan almashinib tursa;

  • tahlillar organizmda gijja borligini aniqlasa;

  • peshob paytida achishish sezilsa;

  • tishlar yemirilib, milklar qonaydigan bo‘lib qolsa, shifokorga ahvolingizdagi o‘zgarishlar haqida ayting. Bu davolanish jarayoni samarali kechishini belgilaydi.

Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling