Boshqaruvni qarorlarini qabul qilish
Marjinal daromadning o'rtacha hajmi
Download 18.63 Kb.
|
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mf = Xd +F/Mb =Xd + F/Bm – Xo’z bunda, Mf
Marjinal daromadning o'rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar o'rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu ko'rsatkich mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan doimiy xarajatlarni qoplashga qo'shilgan hissa va olingan foydani aks ettiradi.
Marjinal daromad koeffitsienti mahsulot sotishdan olingan tushumdagi marjinal daromadning ulushi yoki tovar bahosidagi matjinal daromadning o'rtacha ulushini ifodalaydi. Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida «CVP» tahlilini o'tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zararsizlik nuqtasini aniqlash va unga ta'sir etadigan omillarni hisoblash uchun ko'plab formulalar qo'lIaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o'zi ham shunday har tomonlama qulay formulani qo'Uashni talab etadiki, u «CVP» tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o'zaro aloqadorligini ta'minlash va ancha oddiy yo'l bilan har bir omilning ta'sirini aniqlashga imkon tug'dirishi lozim. Bunday maqsadga erishish lIchun quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Mf = Xd +F/Mb =Xd + F/Bm – Xo’z bunda, Mf - mahsulot hajmi; Xd - doimiy xarajatlar summasi; F - foyda summasi; Mb - marjinal daromadning mahsulot birligiga to'g'ri keladigan summasi; Bm - mahsulot birligi bahosi; Xo’z - o'zgamvchan xarajatlarning mahsulot birligiga to'g'ri keladigan summasi. «CVP» tahlil tizimi hisob-kitoblarni soddalashtiradi va ularning mehnattalabliligini kamaytiradi, shuningdek, qablil qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradoriigini oshirishga imkon beradi. «CVP» tahlili arnaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham yuritiladi. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona i~hlab chiqarishining shunday hajrni va tushurni tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta'minlanadi, ya'ni mahsulot (ishlar, xizrnatlar)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig'indisiga teng bo'ladi. Bu sotishlarning shunday hajrniki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko'rmaydi. Mazkur nuqta «Xatarli», «O'lik» yoki «Muvozanat» nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani «BEP» «(Break-even point» - qisqartmasi) sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag'lari. qirnrnatli qog'ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa ko'chmas mulk obyektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishishni rnaqsad qilib joylashtirilish jarayonini o'zida ifoda etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo'naltiriladigan sohaga ko'ra ishlab' chiqarish va rnoliyaviy investitsiyalarga ho'linishi ko'rsatib o'tilgan. Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o'sishiga, ya'ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag'lar qiymatinining o’sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo'luvchi xarajatlardir. Moliyaviy (portfelli) investitsiyalar esa qimmatli qog'ozlar va boshqa moliyaviy qo'yilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita moddiy kapitalni ko'paytira olmaydi. ammo korxonaga qo'shimcha foyda keltiradi. Qo'shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog'ozlar kursining vaqtga qarab ijobiy o'zgarishi yoki ijobiy valuta tafovuti kiritiladi. Investitsiya pul mablag'lari biror-bir faoliyat turiga rna'lum muddatga sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) investitsiyalarga bo'linadi. Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun dastlab taklir etilayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko'p mablag' talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma'lumot olishga harakat qilishlari lozim. Investitsiya loyihasi aniq, puxta o'ylangan g'oyaga, maqsadga ega bo'lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo'yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir. lnvestitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma'lum miqdorda mablag'lar sarflash zaruriyati, mablag'larni sarflash va qoplash (foyda olish) o'rtasida muayyan vaqt mavjudligi. Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: - investitsiya g'oyalarining shakllanishi, ya'ni g'oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtayi nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo'yiladigan talablarga javob berish; - investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya'ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga bo'ladigan talabni o'rganish Ioyiha ishtirokchilari tarkibi bo'yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash; - loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi; - shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash: - tender savdolariga tayyorgarlik; - salohiyatli investorlar bilan muloqotlar; - loyiha hujjatlarini tayyorlash; - nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash; - qurilish-montaj ishlari; - obyektni ishlab chiqarishda tajribadan o'tkazish, iqtisodiy ko'rsatkichlar monitoringi va obyektni loyiha quvvatiga yetkazish. lnvestitsiya loyihalarni amaliyotga tatbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga ajratiladi. Loyihani ishlah chiqish loyiha maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan boshlang'ich jarayon bo'lib, u dastlabki hisob kitoblarni bajarish, quIay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir. investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya ajratish maqsadida har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat xususiyatiga ega bo'lsa, texnikiqtisodiy asosnomaga qo'shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim. Loyihani amalga oshirish uni amaliy jihatdan ro'yobga chiqarish, loyihani muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, uning , oldiga qo'yilgan barcha maqsadlarga erishishdir. Investitsiya oldi (dastlabki) fazasi investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mazkur faza investitsiya, loyihasi bo'yicha dastlabki izlanishlardan boshlab uni amalga oshirish bo'yicha qaror qabul qilingungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Investitsiya jarayonining ikkinchi fazasi investitsiya fazasi deb ataladi. Bu fazaning asosiy vazifasi loyihaga ajratilgan moliyaviy investitsiyalarning to'g'ri sarflanishini haillda loyihada belgilangan mahslllotlarni ish lab chiqarish jarayoni va samaradorligini ta'minlashdir. Investitsiya fazasida imoratlar va inshootlarni ta'mirlash ishlari bajariladi. Jihozlar sotib olinadi va o’rnatiladi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi, undan keyin mahsulotni turkumi ishlab chiqarish va sotishga o'tiladi. Investitsiya fazasi tugab, loyiha amalga oshirila boshlagach. investitsiya xarajatlari hajimi kamayib boradi. Investitsiya loyihasi keltiradigan daromad hajilli esa ortadi. Chunki u asta-sekin o’z samarasini bera boshlaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib. sotish hajmini ko'paytirishga imkon beradi. Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi fazasida davom etadi. Uchinchi fazada ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va ko'paytirish uchun asosiy vositalarning eskirishi orqali jamg'arilgan manbadan ham foydalaniladi. Unda mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadning investitsiya xarajatlaridan oshishi kuzatiladi. Natijada 1 t vaqtda daromadning umumiy summasi loyihaga qo'yilgan kapital qo'ydma qiymatiga teng bo'ladi va loyihani qoplash nuqtasiga yetadi. Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida u moliyaviy jihatdan baholanadi. Buning uchun loyihani qoplash darajasi, investitsiyalar samaradorligi kabi iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Korxonalar faoliyatida investitsiya manbalarining yetishmasligi doimo ulardan oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Agar investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya hajmi yetarli bo'lsa, korxona sarflangan investitsiyadan, investitsiya zaxirasining har bir birligidan ehtimoli kutilgan eng ko'p iqtisodiy samara olishga harakat qilinadi. Korxonada investitsiyalar samaradorligini baholash «iqtisodiy samara» va «iqtisodiy samaradorlik» atamalarining farqli jihatlarini o'rganishga bevosita bog'liq. Iqtisodiy samara investi-tsiyalash, kapital xarajatlash hisobiga erishiladigan natija bo'lib, quyidagi tenglik orqali aniqlanadi: Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling