|
Bu issiqlik almashtirgich gorizontal” U” simon issiqlik almashtirgich hisoblanadi. Tepa qismidagi birinchi quvurdan neft mahsuloti ichki qismidagi quvurlarga yuboriladi va issiqlik almashtirgich oxiriga borib orqaga qaytadi ichki qismida juda ham ko’p quvurlar joylashtirilgan bu quvurlarni ushlab turish uchun qarama- qarshi ravishda bir-biridan oraliq masofani saqlagan holatda tarelkar o’rnatilgan, tepa qismidagi ikkinchi quvurdan esa harorati yuqori mahsulot quvurlar orasidagi bo’shliqqa yuboriladi bu ham quvurlar orasida u simon harakatlanadi va natijada issiqlik almashinish jarayoni sodir bo’ladi. Issiqlik almashtirgichlar haqida “Jihoz va qurilmalar” fanida ko’proq tushintirib o’tilgan.
|