Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. 1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Rivojlanishning asosiy mazmuni nima? 2. “Tarbiya” atamasiga izoh bering. 3. “Ta’lim” atamasiga izoh bering. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiyasi haqida gapi- rib bering. 5. Bola shaxsini rivojlantirishda ta’limning mohiyati nimada? 6. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada? 7. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini izohlang. 8. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini asoslab bering. 9. 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 10. 4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 11. 5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 12. 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 63 IV. MODUL. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ilk qadam, Davlat talablari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, kompetensiya, “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari, “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompeten- siyalari, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompe- tensiyalari, “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari, “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari IV. 1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassa- sasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqi- chiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” bolalar uylari; maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. Davlat o‘quv dasturi VII bobdan iborat bo‘lib, 1 bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muas- sasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota- onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi. 64 Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II bob MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni: MTT ta’lim jarayonining maqsadlari; MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari; qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish; alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati; ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; 65 MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: – ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; – ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; – ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; – ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashab- buslarini qo‘llab-quvvatlash. III bob maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompe- tensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim sohasini o‘z ichiga oladi: – “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari; – “ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; – “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompeten- siyalari; – “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari; – “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling