Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik
Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga ta'sir etuvchi omillar
Download 84.42 Kb.
|
BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI VA AGRESSIV MILLATCHILIK
13. Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga ta'sir etuvchi omillar.
Globallashuv jarayonida milliy istiqlol g`oyasining eng muhim funktsiyasi, ya'ni milliy va ma'naviy o’zlikni himoyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Aslida milliy g`oyaning 1) bilish; 2) tarbiyaviy; 3) rеgulyativ (muvofiqlashtirish); 4) kommunikativ; 5) normativ, qadriyatli; 6) safarbar etish, yo’naltirish; 7) himoya; 8) g`oyaviy bandlik kabi funktsiyalarni bajarishi uchun yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e'tiqod sifatida shakllanishi lozim. Milliy istiqlol g`oyasini targ`ib qilishda ma'naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma'rifiy yondashuv bulsa ham bu jarayon milliy istiqlol g`oyasining xususiyatlari bilan bog`liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g`oyaga bulgan ehtiyojni kеskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g`oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki globallashuv bulmaganda har bir xalq va millatning ma'naviyati uzicha mavjud bular va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta'sir va tahdidning yuqligi esa milliy g`oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi. Milliy istiqlol g`oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g`oyaligicha qolmay, amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g`oyasi bulishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatni va ma'naviy uzlikni tashqi nosog`lom g`oyaviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi. Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash kеskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e'tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta'minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilishga bo’layotgan xatti-harakatlarni misol kеltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik ham shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat'iy nazar, barcha musulmonlarning ma'naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g`oyasini asoslashga harakat qiladi. Kurinib turibdiki, bu idеologiya diniy asosda birlashuv g`oyasini birinchi uringa quyadi. Ammo, jiddiy e'tibor bеriladigan bulsa, birinchidan, ular milliy suvеrеnitеtdan voz kеchish hisobiga yagona davlat tuzishni kuzlayotganliklari ma'lum buladi. Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning tug`ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu hol aynan millat sifatida uzligimizni anglashga yul quymasligini yashiradilar. Bu g`oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e'tiqod qilishimizga alohida urg`u bеradilar. Bundan tashqari, bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog`i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog`lashlarini ham ta'kidlash zarur. Bunday yondashuv uta xavfli ekanligi hеch kimga sir emas. Zеro, u insoniyatning diniy asosda qarama-qarshi qutblarga bulinib kеtishiga, ba'zan «sivilizatsiyalar tuqnashuvi» dеb ataladigan hodisaning yuzaga kеlishiga sabab bulishi mumkin. Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi uz mustaqilligini qulga kiritgan, dеmokratik, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bulib qolmoqda. Zеro, kuzlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilish-larni uzida mujassamlashtirgan g`oyaviy-nazariy qarashlar majmui bulmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham «Axborot asri» — deb nom olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog‘liqligini ta’kidlashmoqda. Shu o‘rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot tizimlariga buzg‘unchilik maqsadida ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi yangi «axborot quroli»ning ta’siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o‘tish joiz. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko‘rish va ularning benuqson faoliyatini ta’minlashga da’vat etmoqda. Globallashuvning avj olishi millat «chegaralarini» yo‘q qilib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo‘lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o‘z ahamiyatini «yo‘qota» borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishga, ularning o‘zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Umuminsoniy ma’naviyat turli-tuman millatlarning o‘ziga xos boshqa millatlar uchun ham ma’naviy oziqa bera oladigan qirralarini o‘zida mujassamlashtirganligi bois, tabiiy ravishda keng yoyilib boradi hamda jahonda yashayotgan turli millatlarning ma’naviyati rivojlanishiga yordam beradi. Shuning bilan birga umuminsoniy ma’naviyatning shakllantirish jarayonining o‘zi ham milliy ma’naviyatlar rivojlanishiga yordam beradi. Chunki bu jarayonda turli millat va elatlar teng huquq imkoniyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z ma’naviyatining boshqalar uchun ham zavq — shavq va ilhom bera oladigan jihatlarini rivojlantirishga harakat qiladi hamda uni ommaviylashtirishda o‘zi faol ishtirok etadi. Uning zaminida zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zga millat va elatlar ongi, qalbini egallash maqsadi turmaydi, balki ma’naviy tenglik, samimiylik, o‘zaro do‘stlik, qardoshlik va bir-birini ulug‘lash kabi umuminsoniy qadriyatlar turadi. Shuning uchun ham turli millatlarni o‘zaro boyitib boradi, ularni yaqinlashtiradi va ma’naviyatlarning yuksalishiga yordam beradi. 14. Axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari. Ommaviy madaniyat, axborot tahdidlari, diniy ekstremizm va boshqa salbiy ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda pedagogika fanining vazifalari. Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati, har qanday axborot oqimining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri xususida so‘z yuritganimizda avvalo bu masala zamirida jamiyatimizning, davlatimizning milliy xavfsizligi yotganini nazarda tutishimiz lozim. Zero bu mavzuda so‘z yuritar ekanmiz avvalo ikki masala mavzuning dolzarb nuqtasiga aylanadi: birinchisi axborot oqimi-mafkuraviy tahdid; ikkinchisi - yoshlar ma’naviyati, ya’ni turli xildagi axborotlarga nisbatan yoshlarimizda shakllangan immunitet masalalaridir. Gap shundaki, axborot oqimi o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning qanchalik yoshlarimizga ta’sir qilishi uning oldiga qo‘yilgan maqsad sari puxta yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy ta’siri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bog‘liq. O‘tish davrida axborot mafkuraviy idrok etish bilan bog‘liq vaziyatning murakkabligi, ya’ni davlat, jamiyat va shaxsda mafkuraviy raqobat borasida yetarlicha demokratik tajriba yo‘qligida hamdir. Ommaviy axborot vositalari tinglovchilarining ko‘pchiligi siyosiy mavzudagi har qanday axborotni rasmiy axborot sifatida qabul qiladi. Axborotlar xarakteri va tartibi siyosiy osoyishtalik va barqarorlikning o‘ziga xos barometri bo‘lib xizmat qiladi. Agar fikrlar xilma-xilligi holati namoyon bo‘lsa, beqarorlik ko‘rsatkichi, siyosiy munosabatlar tizimida muammoli vaziyat yetilib kelayotganining o‘ziga xos alomati sifatida talqin qilinadi. Ikkinchi masalada avvalo, yoshlarimizning mafkuraviy immuniteti bugungi kunda qanday shakllangan degan savol paydo bo‘ladi. Masalani inson omili nuqtai nazaridan o‘rganadigan bo‘lsak, mafkuraviy immunitet — har qanday axborot ta’siriga tushib qolmaslik, avvalo, o‘sha inson ongu-tafakkuri, idroki nechog‘lik o‘tkirligiga, chuqur mushohada qilish qobiliyatiga bog‘liq. To‘g‘ri, avvalo hammada ham bunday qobiliyatlar birdek rivojlangan emas. Ammo, bu qobiliyatlarni shakllantirish, idrok ko‘nikmalarini hosil qilish, inson tug‘ilganidan to shaxs sifatida shakllanguniga qadar davom etadi. Xususan, bunda ma’lum bir yoshning ko‘p kitob o‘qishi, o‘z mamlakati tarixini o‘rganishi, urf-odatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiya topishi, bir so‘z bilan aytganda, unda milliy e’tiqod - milliy faxr shakllanishi muhim o‘rin tutadi. O‘z millati qadriyatlarini qadrlagan, o‘z tarixini bilgan, Vatanga e’tiqodi shakllangan yoshlarning axborot oqimlarining ta’siriga tushib qolish ehtimoli kam. Chunki bunday yoshlarda o‘ziga xos psixologiya va masalaga o‘ziga xos yondashuv paydo bo‘lgan bo‘ladi. U har qanday axborot zamirida ma’lum bir maqsadni o‘rgana boshlaydi. Sobiq ittifoq davrida chetdan kirib kelayotgan axborot oqimi qattiq nazorat qilingan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, axborot oqimiga keng yo‘l ochildi. Tabiiyki, hali axborotga «och bo‘lgan» aholi kirib kelayotgan axborotni saralamay turib, «iste’mol» qila boshlaydi. Ular hali yaxshi va yomon, kerakli va keraksiz axborotning farqiga bormasdilar, bir so‘z bilan aytganda, aholida xolis axborot oqimidan noxolisini ajratib olish uchun idrok shakllanib ulgurmagan edi. Shuning asorati hozirgi kunda, ayniqsa, sezilmoqda. Bu ba’zan yoshlarimizda har qanday axborotni mutloq haqiqat sifatida qabul qilinishini keltirib chiqarmoqda. Download 84.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling