D. R. Babayeva


Abdulla Avloniy (1878-1934) - jamoat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari


Download 0.9 Mb.
bet13/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Abdulla Avloniy (1878-1934) - jamoat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908-yilda kambag‘allaming farzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim usullarini qo‘llagan holda ona tilidan dars beradi.

Avloniyning xalq ta’limi sohasidagi faoliyati uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar teatrining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruv- chi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir.

1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifati- da faol ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va dars- liklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosi- ladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I-IV kitoblar), «Turkiy gulis- ton», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi.

A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg‘or rus adabiyoti va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan.

U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar quri- lishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish ishlariga jalb qiladi.

Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat univer- sitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun kuch- g‘ayratini sarfladi.

Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho- girdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar.

Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tar­biya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axlo- qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy - o‘gitlaridan namunalar:

«Hayo, nomus omonat dalildur,

Hayosiz doimo xoru zalildir».

«Ko‘paygan so‘zni bo‘lg‘ay to‘g‘risi oz,

Shakarning kopidan ozi bo‘lur soz».

«Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilgan- larining haqiqatini va to‘g‘risini so‘zlaydilar»...

«G‘azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir».

«Tarbiya biz uchunyo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».

«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biri- dan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur».

«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asar- lar muallifi.


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling