D. R. Babayeva


Kerakli jihozlar: To‘rt faslga oid katta rasmlar, to‘rt faslga oid qirqma rasmlar


Download 0.9 Mb.
bet50/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Kerakli jihozlar: To‘rt faslga oid katta rasmlar, to‘rt faslga oid qirqma rasmlar.

Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz «Men yoqtirgan fasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz.

  • Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).

  • Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.

Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasl- lariga tegishli tasvirlarning qirqma bo‘laklarini yig‘ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirq­ma bo‘laklarini yig‘adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.

Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.

Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir esib turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi meva- lar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.

Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.

Tetiklashtiruvchi mashqlar

Quyosh

Erta tongda

Quyosh turib

Bolalarni erkalaydi,

Boshlarini silaydi.

Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.

Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni tugatishi mumkin.

  1. Qish g‘amini yozda ye.

  2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.

  3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.

  4. Yer haydasang kuz hayda,

Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bir yilda nechta fasl bor?

  2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?

  3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.

  4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jara- yonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yu- zaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».

Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq.

Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin,

So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin.

Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,

Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».

Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar- cha hunarlar ichida so‘z hunari - notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma hunardan so‘z hunari yaxshi».

Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.

Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er- talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh- urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Xorun ar-Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ik- kovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», - dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.

Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qil- gin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapir- gan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) dey- mizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.

.. .Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunarni bilmagan deb da’vo qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zahmat chekasan.

Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bo‘lmagaysan (Qobusnomadan).


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling