D tojiboy еva, F. Xusainova


Halol  –  musulmonlarga  shariat  ruxsat  etadigan  xatti-harakat,  ish,  toza  va  pok  hisoblangan  oziq-ovqatlardir.  Harom


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/191
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#219574
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191
Bog'liq
dinshunoslik

Halol 
–  musulmonlarga  shariat  ruxsat  etadigan  xatti-harakat,  ish,  toza  va  pok 
hisoblangan  oziq-ovqatlardir.  Harom  esa 
–  musulmonlar  uchun  qat'iyan  man  etilgan, 
ta
’qiqlangan xatti-harakat, ish va tanovul qilishga ijozat berilmaydigan yemishlardir. 
K
еyinchalik  shariat  qonunlarining  takomillashuvi  jarayonida  musulmonlarning 
barcha xatti-harakatlari quyidagi turkumlarga bo
’lingan: 
Farz  (arab. 
“majburiyat”)  –  diniy-huquqiy  katеgoriya  bo’lib,  bеvosita  Qur’onda 
qayd  etilgan,  har  bir  musulmon  qanday  bo
’lmasin  bajarishi  shart  bo’lgan  qat'iy  talab, 
tartib-qoidalardir.  Masalan,  Qur
’onda  qayd  etilgan  din  arkonlari  (kalimai  shahodat, 
namoz, ro
’za, zakot va haj) farz hisoblanadi. 
Mandub  (arab. 
“tavsiya  etilgan”,  “lozim  topilgan”)  –  diniy-huquqiy  katеgoriya 
sifatid
a bajarish lozim va savob dеb tavsiya etiladigan, lеkin majbur va gunoh bo’lmagan 
harakatlar  (masalan,  xatna,  qurbonlik,  mavlud,  majburiy  bo
’lmagan  namozlarni  o’qish, 
xayr-ehson  qilish).  Bular  diniy  nuqtai  nazaridan  yaxshi  va  maqtovga  sazovor,  oxiratda 
taqdirlanadi, ammo ijro etmagan taqdirda mas'uliyat talab etilmaydi. 
Muboh  (arab. 
“umumiy  hеch  kimga  taalluqli  bo’lmagan”)  –  shariat  katеgoriyasi 
bo
’lib,  tor  ma'noda  ijozat  beriladigan  barcha  xatti-harakatlar.  Ijrosi  maqtovga  yoki 


 
93 
mukofotga 
sazovor 
bo
’lmasa  ham,  gunoh  hisoblanmaydigan,  u  dunyoda 
taqdirlanmaydigan,  inson  hayoti  va  turmush  tarzi  bilan  bog
’liq  bo’lgan  oddiy  xatti-
harakatlar (ovqatlanish, uxlash, o
’yin-kulgu, dam olish). 
Makruh (arab. 
“rad etilgan”, “qoralangan”, “nomaqbul”) – qat'iyan ta'qiqlanmagan, 
biroq  nomaqbul  hisoblangan  va  rad  etilgan  xatti-harakatlarni  ifodalovchi  shariat 
katеgoriyasi.  Diniy  e'tiqod  nuqtai  nazarida  nomaqbul,  ammo  qat'iyan  rad  etilmagan. 
Imonni saqlash uchun makruh ishlarni qilmaslik lozim hisoblanadi. Ammo buning uchun 
narigi dunyoda jazoga tortilmaydi. Makruh asosan diniy marosimlarni ijro etish jarayoni 
bilan  bog
’liq  (masalan,  toza  bo’lmagan,  nopok  kiyimda  namoz  o’qimoq,  tahorat 
shartlarining  buzilishi,  kasal  odamning  ro
’za tutishi, diniy matnlar yozilgan qog’ozlarni 
oyoq  osti  qilish  va  narsa  o
’rash). Bulardan tashqari makruh musulmonlarning kundalik 
hayoti  va  axloqiga  ham  bog
’liq. Masalan, birovning uyiga ijozatsiz kirish, o’g’irlangan 
narsani  sotib  olish,  pishmagan  ekinni  sotish,  qarzdorni  majburan  xizmatga  olish  va 
hokazolar. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling