D. Y. Yormatova
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya tadqiqot usullari va jihozlari (1)
niyatini oshirish kerak. Ikkinchisi, xizmat vazifasiga sovuqqonlik
bilan qaragani uchun tolov va jarimalarni katta miqdorda belgilab, aybdorlardan undirib olinsa, shundagina ular zararli moddalarni oqizib yubormaslikka organishadi. Ozlari yasha- yotgan muhitni asrash yollarini ularga qanday qilib bolsa ham orgatish kerak. Suv resurslarining taqchilligi va ifloslanishi Ozbekiston Res- publikasining ekologik xavfsizligini taminlash nuqtayi nazaridan keskin muammo hisoblanadi. Suv miqdori iqtisodiyotning barcha jabhalari va suv ekotizimlari/biogidrotsenozlarning ekologik taminlanganligini saqlash uchun nihoyatda muhim omildir. Respublikadagi daryolar, kanallar, suv omborlari har xil antro- pogen tasirlar, shu jumladan, kopincha, ularning ozini ozi tozalash xususiyatiga kuchli tasir korsatadigan ifloslanishga duch kelmoqda. Oqim hosil boladigan hudud hisoblangan togli joylarda suv oqimlarini ifloslantiradigan manbalar unchalik kop emas va suv, biotsenozlar tarkibi va tuzilmasining fizikaviy-kimyoviy korsatkichlaridagi barcha ozgarishlar hamda umumiy landshaft holati bilan bogliq tabiiy xususiyatga egadir. Oqim hosil boladigan hududda joylashgan suv oqimlari togridan togri antropogen ozgarishlarga kam duchor boladi. Biroq, daryo oqimining quyi qismida vaziyat sezilarli ravishda murakkablashadi. Daryo ekotizimlariga antropogen tasirning ortishi suv sifati, tarkibi va tuzilmasida jiddiy ozgarishlar roy berishiga olib keladi. Ozbekistonda daryo oqimi, ayniqsa, uning ustki qismi hosil boladigan hudud daryolarning barqaror gidrologik-gidrokimyoviy rejimi, suv hamda suv atrofidagi ekotizimlarning ekologik holatiga doir hududga kiradi. Min- taqada roy bergan iqlim ozgarishlari tabiiy muhit va ushbu 23 hududlar tarkibiy qismlari nisbatida malum ozgarishlarga sabab boladi. Ozbekistonda ham mintaqadagi togli hududlarning katta qismida bolgani kabi muz bilan qoplangan yerlar hajmi kamayib bormoqda. Bu, kopincha, muzlik yaqinidagi hududda beqaror rejimga ega kichik kollar paydo bolishi bilan bogliq. Ushbu jarayonlar maxsus monitoring tizimini tashkil etishni talab etadi. Negaki, birinchidan, togdagi muzlar daryolarning gidrologik tarkibi va oziqlanish turining asosiy tartibga soluvchi tarkibiy qismi hisoblanadi, ikkinchidan, ayrim yangi kollar, togonlar yorilishi oqibatida halokatli toshqin va sellar paydo bolishiga olib kelishi mumkin. Gidrometeorologik jarayonlarning tik zonalashgani, geologik va tuproq sharoiti, tog yonbagirlarining namlanishi va oziga xos xususiyatlariga muvofiq, daryo suvlarining minerallashishi 2060 mg/dm 3 miqdorida ozgaradi. Biogen va ifloslantiruvchi moddalar quyuqligi muhitga bogliq boladi. Oqim hosil boladigan hududlardagi daryolar va suv havzalari uchun suv tarkibida erigan kislorodning yuqori darajada bolishi xosdir. Bu esa suv biotsenozlarini rivojlantirish uchun qulaydir. Daryo soyliklari kengaytiriladigan va qiyaliklar pasaytiriladigan uchast- kalarda, ozanlar atrofida, odatda, ozan boyidagi osadigan daraxtlar kokarib chiqadi. Yuqori togli hududlarda suvning ifoslanish indeksi (SII) kopchilik suv oqimlaridagi suv sifatini II toifa sifatida tavsiflaydi (toza suv). Bunday suv oqimlariga Chatqol, Ugom, Oqtoshsoy, Qizilcha va boshqa daryolar kiradi. Òoglarning quyi qismi hududidagi suv oqimlari SIIning III toifasiga mos kelishi mumkin (ortacha tozalikdagi suvlar). Bugungi kunda toza hisob- langan suvlarning tozaligini yoki ushbu sifat korsatkichlarini saqlab qolish eng muhim vazifalardan biri bolib hisoblanadi. Chuchuk suvlarni toza saqlash, ularni ifloslantirmaslik va shorlantirmaslik uchun barcha lozim bolgan chora va tadbirlar korilishi lozim. Ushbu ishlarning borishi uchun maxsus xodimlar shugullanishi va javobgar bolishlari kerak. 24 Insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun dunyo- dagi eng katta hududlarni egallab turgan ormon maydonlari kesilib, yonginlar va boshqa ofatlardan talafot kormoqda. Holbuki, ormonlar tirik organizmlar uchun hayot manbayi bolib, kislorod yetkazib beruvchi yagona manbadir. Atmosferada kislorod kamayib, orniga boshqa gazlar kopayib ketsa, barcha tirik organizmlarning hayot kechirishlari ogirlashadi va biologik muvozanatlar buziladi. Fauna va florada yashovchi tirik organizmlarning yarmi, asosan, tropik ormonlarda yashaydi va kopayadi, ammo shu ormon- larning 40 % i kesib yoq qilingan, endilikda bu hududlarni tiklash masalasi mutlaqo unutildi. Har bir yoq qilingan osimlik ozida yashaydigan yoki u bilan tirikligi bogliq bolgan besh tur umurtqasiz hayvon yoq bolishiga olib keladi. Holbuki, hozirgi paytda butun yer yuzida minutiga 20 gektar ormon kesilmoqda, agarda ormonlarga munosabat shu holda qolsa, XXI asr ortalariga borib, tropik ormonlar mutlaqo qolmaydi va natijada sayyoramizda hayvonlarning yarmi qirilib ketadi. Ushbu holatda biologik mutanosiblik yoki muvozanat ekologik tizim buziladi, har bir osimlik yashashi uchun unga oziqa moddalar bilan bir qatorda oziga xos hasharotlar dunyosi ham kerak boladi. Òabiatda osimliklar va hasharotlar dunyosi ozaro bogliq holda yashaydi, shuning uchun ham tabiatda ularning har ikkisi ham birdaniga himoya qilinadi. Birini himoya qilib, ikkinchisini tashlab qoyib bolmaydi, ularning bir-biriga tasiri bevosita va bilvosita yollar bilan boradi. Ormonlarning qayta osib, oz joyida yangi ormon hosil qilishi uchun kamida 60 yil vaqt otadi, yoki shu kesilgan joylar tuproqlarida bir santimetrli chirindi qatlam hosil bolishi uchun 300600 yil kerak. Ormonlar sharoit ozgarishiga sekin moslashadi. Kuzatish va tajribalarning korsatishicha, ortacha global haroratning 1°C ga barqaror kotarilishi ormonlarning faoliyatiga va tarkibiga salbiy tasir korsatadi. Ormonlarda hozirgi turlar tarkibi ozgarib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda yangi turlarning kelib chiqishi oqibatida yangi ekotizimlar paydo bolishi mumkin. Isish tufayli 25 kelib chiqadigan xavflarga zararkunandalar, mikroorganizmlar miqdorining ortishi, ormon va dashtlardagi yoginlar sonining kopayishini ham qoshish mumkin. Ormonlar asosiy CO 2 yutgichdir va kislorod toplovchi asosiy manbadir. Ular iqlimga mahalliy, regional va materiklar miqyosida tirik organizmlar va ularning rivojlanishiga togridan togri tasir korsatadi. Bu tasir yerosti tuproq haroratiga, transpiratsiya jarayoni, bulutlar shakllanishi va yomgirlar yogishida aks etadi. Chollar, qurgoqchil va yarimqurgoqchil ekotizimlarda sharoit yanada ekstremallashadi yoki ogirlashadi. Ayrimlarini hisobga olmaganda, chollar yanada jazirama bolib, ularda namlik qisman ortadi. Yuqori havo harorati ozlarining issiqqa nisbatan barqarorligidan tola foydalana olmagan ayrim organizmlarning yoqolishiga olib keladi. Hayvon turlarining migratsiyasi uchun tabiiy «yolaklar»ni yaratish ormon ekotizimlariga foyda keltirishi mumkin. Ormon- larni tiklash va yoginga, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirish ekotizimning moslashishida ijobiy hissa boladi. Buni yaylov osimliklari seleksiyasi va duragaylar turlari tarkibini nazorat qilish hamda mollar boqishning yangi usullarini qollash yoli bilan amalga oshirish mumkin. Chollanayotgan yerlarda qurgoqchilikka chidamli turlar ekish hamda ularni shu sharoitga moslashtirish va tuproq eroziyasiga qarshi kurash taminlanayotgan taqdirda iqlim ozgarishiga yaxshi mosla- shadilar. Respublikaning foydalanilmaydigan tog hududlarida tashkil qilinishi mumkin bolgan ormonlar maydoni cheksiz miqdorda mavjud, faqat bu borada insonlar sabr-toqat bilan qurgoqchilikka chidamli daraxt turlarini tanlab olib ekishlari lozim. Ushbu daraxt- larni parvarishlashda yangi texnologiyalardan foydalanish kerak. Butun dunyo boylab odamlar kopayib ketayotgan sharoitda, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlarda ekin ekiladigan joy yoqligi- dan, hatto aholi yashaydigan tomlarning ustiga tuproq solinib yoki bioponika usullari bilan ekinlar ostirilib, yetarli miqdorda hosil olinmoqda. 26 1. «Ekologik tadqiqot usullari va jihozlari» fanining XXI asrda shakllanishi va boshqa fanlardan ajralib chiqishi. 2. Ushbu fan oz talim jarayonida nimalarni orgatadi? 3. Bugungi tabiat insonga boysunadimi yoki inson tabiatni oz izmiga boysundiradimi? 4. Òabiatda ekologik munosabatlarning buzilishiga sababchi bolgan asosiy omillar. 5. Òabiatning yaxlit tizimi deganda nimalar tushuniladi? 6. Respublikada tabiatni eng kop ifloslantiruvchi omillar nimalar va ular qayerlarda kop uchraydi? NAZORAT SAVOLLARI 27 2.1. Òabiatni muhofaza qilishning vazifalari Bugun tabiat muhofazasining kop muammolari global tus olib ketmoqda. Ozon qatlamining yemirilib borishi, global isish, biosferaning ifloslanishi va iqlimning ozgarayotgani muhim ekologik muammo hisoblanadi. Shu munosabat bilan butun dunyodagi davlat tizimi va jamoatchilikning etibori ekologik muammolar va ularni yechishga qaratilgan. Òabiatni muhofaza qilish endilikda bir mamlakat yoki bir xalqning emas, balki umumjahon vazifasiga aylanganini hisobga olib, BMÒning 1972-yil 56-iyun kunlari Stokgolmda bolib otgan konferensiyasida Yaponiya va Senegal delegatsiyalarining taklifiga asosan, 5-iyun «Jahon atrof va muhitni himoya qilish kuni» deb belgilandi. Jahon hamjamiyatining bu say-harakatlari otgan asrning ikkinchi yarmida tabiatga boshlangan hujumning bir qadar oldi olinishiga imkon yaratdi. Òabiatni muhofaza qilishning vazifalari quyidagichadir: 1. Atmosferani himoya qilish. 2. Òuproqni himoya qilish. 3. Chuchuk suvlarni himoya qilish. 4. Osimliklarni va hayvonlarni himoya qilish. 5. Biologik muvozanatni saqlab qolish. 6. Òabiatni avlodlarga toza holda qoldirish. Keyingi yillarda insonlarning tabiatga salbiy tasiri shunchalik kopayib ketdiki, endilikda odamlar va ularning avlodlari qanday tabiatda yashaydi, degan savol hamma uchun asosiy masalaga aylanib qoldi. Hammaning koz oldida insonlarning aql va tasir kuchi yetmaydigan darajada ishlar sodir bolmoqda. Yil fasllariga qaramasdan bolayotgan suv toshqinlari, zilzi- lalar yoki keragidan ortiq yogayotgan qorlar, havo haroratining II BOB INSONNING TABIATGA IJOBIY VA SALBIY TASIRI OQIBATLARINI ORGANISH 28 isib ketishi, chollanish, tuproq degradatsiyasi, Orol dengizining koz ongimizda qurib borishi va boshqalar insonlarning tabiatga bolgan munosabatini jiddiy ozgartirishi zarurligini bildirdi. Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar koplab kuzatilgan. Ularning natijasida millionlab gektar yerlar cholga aylangan, minglab osimlik va hayvon turlari qirilib ketgan, ormon may- donlari qisqargan, gullab-yashnagan hududlar inqirozga yuz tutgan. Ammo keyingi yillardagi kabi global miqyosdagi ekologik inqiroz hech kuzatilmagan edi. Bu inqirozlarning bosh sababchisi aslida INSON hisoblanadi. Òabiatni muhofaza qilish ishlari dastlab 1875-yilda Avstriya-Vengriya va Italiyada qushlarni himoya qilish boyicha birinchi Deklaratsiya qabul qilinishi bilan boshlandi. 1897-yilda Rossiya, Yaponiya va AQSH mamlakatlari ortasida Òinch okeandagi dengiz mushuklarini himoya qilish boyicha bitim imzolandi. 1969-yilda Antarktidadagi tabiiy resurslarni saqlash va asrash boyicha Xalqaro bitim imzolandi. Birlashgan Millatlar Òashkiloti tomonidan tabiatni muhofaza qilish boyicha global masalalarga etibor berila boshlandi. Sessiya va maxsus qomitalarda tabiatga bolgan himoyani amalda kor- satib, qator masalalarda tabiatni saqlash va asrash boyicha qonunlar va qarorlar imzolandi. UNESKO, UNEP, FAO va boshqa qator tashkilotlar tabiatni asrash borasida butun dunyo boylab ish olib borishyapti. Jahon Sogliqni Saqlash Òashkiloti, Butundunyo Meteoro- logiya tashkiloti, Xalqaro atom energetikasi agentligi va bir qator tashkilotlar birgalikda tabiatni asrash hamda saqlash borasida ishlarni hamkorlikda olib borishayotir. Ular atom energiyasi yoki kimyoviy qurollarning tabiatga tasirini har tomonlama cheklash masalalarini korib chiqib, ushbularga qattiq amal qilishni butun dunyo xalqlaridan talab qilishmoqda. Atrof-muhitdagi katta kolamdagi salbiy ekologik ozgarishlar XVII asrdan boshlangan va XX asrning boshlariga kelib, yer yuzidagi ekologik sistemalarning 20 % i buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, qisman va tola buzilgan ekosistemalar miqdori 63 % dan oshib ketdi. 29 XIX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan garb mamla- katlarida atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga keldi va birinchi marta insonlar oz ayb va xatolarini tushunib yetib, ekologiyaga oid qonunlar qabul qilishdi, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shugul- lanadigan tashkilotlar shakllandi. Yevropada 1968-yili 10 ta davlat vakillari orasidan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari «Rim klubi» deb nomlangan ekologiyani himoya qilish maqsadida nodavlat tashkilotni tuzishdi. Klub azolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yollarini organishni oz oldilariga asosiy maqsad deb qoydilar. Bugungacha klub oz faoliyatini toxtatgani yoq. 1972-yil 13-martda «Rim klubi» uchun tayyorlangan «Osish chegaralari» maruzasi elon qilindi. Maruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boyicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada osishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omil: aholi soni, qishloq xojaligi ishlab chiqarishi, tabiiy resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof- muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. Maruzada aholi sonining ortishi suratlari va istemol modeli ozgarmasa, XXI asrning 30-yillariga kelib, chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan. Ekologik rivojlanish davlatlar ortasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi chuqur ozgarishlar, resurslarni taqsimlash va foydalanish strategiyasida, dunyoning rivojlanishida tub burilishni kozda tutadi. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari Konfe- rensiyada qabul qilingan 26 prinsiðdan iborat «Stokgolm deklara- tsiyasi»da keltirilgan. Bu prinsiðlardan birida «Har bir inson qulay atrof-muhitda yashash huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot kechirib, taraqqiyotga erishadigan darajada bolishi kerak» deb takidlanadi. Qabul qilingan «Òad- birlar rejasi» 109 banddan iborat bolib, unda alohida davlatlar va xalqaro hamjamiyat ortasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy masalalari yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar faoliyatini oshirishga alohida etibor korsatilgan. Konferensiyadan song, belgilangan vazifalarni amalga oshirish 30 uchun BMÒning Bosh assambleyasi atrof-muhit boyicha maxsus dasturi UNEPni tuzdi. UNEP, birinchi navbatda, eng dolzarb muammolar chollanish, tuproqlar degradatsiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, okeanlarning ifloslanishi, ormonlarning kesilishi, qimmatli hayvon va osimlik turlarining yoqolishi muammolari boyicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjahon atrof-muhit jamgarmasi tashkil etildi. Jamgarma BMÒga azo davlatlarning badali hisobiga rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ekologik muammolarni hal qilish boyicha loyihalarni moliyalashtirishi belgilandi. Stokgolm Konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yonaltirilgan taraqqiyotga erishish boyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurgoqchilik, Chernobil AES halokati, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, «ozon tuynuklari» muammolari chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon boldi. Butun dunyodagi insonlarni bezovta qilayotgan «ozon tuynugi» tabiatni asrashda eng global muammolardan biridir. Ozon qatlami qalinligi 35 mm boladi, bu qatlam yerdan 17 km uzoqlikda bolib, odamlarni quyoshdan keladigan ultra- binafsha nurlardan himoya qiladi. Quyoshdan keladigan nurlar togridan togri otib kelsa, barcha tirik organizmlarni halok qiladi. Ozon qatlami inson uchun nozik qalqon bolib kelgan, ammo keyingi paytda texnogen omillarning rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo bolgan. Antropogen omillar tasirida atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli gazlar, freonlar va azot oksidlari tashlanadi. Hozirgi kunda ozon teshigi Antarktidada kichikroq maydonda va Arktikada hosil boldi. Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin yupqalashib bormoqda. Ikkinchi katta muammolardan biri, bu kislotali yomgir- larning yogishi hisoblanadi. Ozon, uglevod, oltingugurt dioksid- 31 lari va boshqa gazlar yuqori atmosferadan yoginlar natijasida yerga qaytib tushadi. Kislotali yomgirlar qayerda yogmasin, osha joydagi tuproqni zaharli moddalar bilan «boyitib», tuproq tarkibida mikroorganizmlarning faoliyatini buzadi. Oz navbatida, tuproqdan unib chiqqan osimlik, bu zaharli mahsulotlarning bir qismini ozi bilan olib chiqadi, shu tariqa inson organizmiga otib, ogir kasalliklar keltirib chiqaradi. Shuningdek, hayvonlar ham shu osimliklardan oziqlangach, ularning mahsulotlari istemolga yaroqsiz boladi yoki ekologik notoza mahsulotlardan inson organizmiga otadi. Uchinchi muammo kislotali yomgirlar bolib, sanoati rivojlangan shaharlarda kop uchraydi. Kislotali yomgirlar insonda nafas olish yollari, teri kasalliklarini keltirib chiqar- moqda. Qayerda atmosferaga ozon, uglerod va oltingugurt dioksidi tushgan bolsa, bunday yomgirli havoda insonning sogligi yomonlashadi. Donli ekinlar, sabzavotlar hosili istemol uchun yaroqsiz bolib qoladi, qishloq xojaligi bu xildagi yomgirlardan katta zarar koradi. Shuningdek, barcha turdagi metallar zanglaydi yoki korroziyaga uchraydi. Òortinchi muammo «parnik effekti» bolib, bunda karbonat angidrid saqlovchi qalin gazlar tutuni yuqoriga kotariladi, yerni orab olib, quyosh nurlarining ochiq koinotga otishiga tosqinlik qiladi. Natijada yerda havo isib, iqlim ozgaradi. Keyingi malu- motlarga kora, yaqin kelajakda (5060 yil) Arktika va Antarktida muzlari erib, Òinch okean va Atlantika okeani suvlari hajmi 50 metr balandlikka kotarilishi taxmin qilinmoqda. Okean suvla- rining kotarilishi natijasida Yevropa, Afrika va Avstraliyaning bir qator qirgoqlarini suv bosadi. Òabiatni eng kop miqdorda ifloslaydigan vositalardan biri neftni qayta ishlash va radioaktiv moddalarning chiqindilari hisoblanadi. Bularning tasirida osimliklar florasi va fauna togridan togri nobud boladi. Yer kurrasining turli burchak- larida osimlik osadigan tuproqlarning yaroqsiz holga kelishi, sahrolanish, shorlanish, suvsiz-qurgoqchil hududlarning kopa- yib borishi ham tonnalab kislorod yetishtirib beradigan ormon- 32 larning kamayib borishi, tabiiy botqoqliklarni quritish ham tabiiy holatning buzilishiga olib keladi. Ozbekistonda eng katta ekologik fojia Orol dengizining qurib borishi hisoblanadi. Orol dengizi sathi 67,5 km 2 .dan 17,6 km 2 .ga kichraydi. Bir paytlar dengizda suzib yurgan yuzlab katta kemalar va baliqchilik korxonalari ishlagan bolsa, bugungi holat goyat ayanchlidir. Orol dengizi sathidan uchgan tuzlar Xorazm viloyati, Qoraqalpogiston Respublikasi hududlaridagi tuproqlarda shorlanish darajasini 75 % ga oshirib yubordi. Òabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy ahamiyatini birgina tuproq misolida korsak, shorlangan va degradatsiyaga uchragan tuproqlarda ekinlarning hosildorligi pasayib ketadi. Sababi, shorlangan yoki yerosti suvlari yuzaga chiqib qolganda, ekinlar hosildorligi 5075 % ga kamayishi mumkin. Ekinlar kam hosil berganda olinadigan daromad kamayib boradi, chunki qilingan xarajatlar ozini oqlamaydi, natijada uzluksiz osib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan talabi qondirilmaydi. Ekologik inqiroz, oz navbatida, iqtisodiy tanazzulni keltirib chiqaradi. Òabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy zarari, uning oldini olish yollari doimo izlanadi. Ekologik va iqtisodiy zararlar birgalikda kelib chiqsa, bunda ham tabiat, ham jamiyat birdek zarar koradi. Òabiatni muhofaza qilishning soglomlashtirish va gigiyena sohasidagi vazifasi insonlarning sogligi bilan bogliqdir. Inson soglom bolishi va uzoq yashashi uchun, avvalo, toza havodan nafas olishi lozim. Istemol qiladigan ichimlik suvi tarkibida zaharli va zararli moddalar bolmasliklari, demak, ichimlik suvlari atrof- larida qayta ishlash korxonalari, kimyoviy va qogoz-selluloza kombinatlari yoki ifloslangan suvlarni tashlaydigan sanoat obyektlari qattiq nazorat qilinishi kerak. Oziq-ovqat uchun yetishtiriladigan ekinlar ekiladigan tup- roqlar tarkibi gerbitsid, pestitsid, radioaktiv moddalar ifloslangan bolmasligi zarur. Kimyoviy moddalar bilan ifloslangan tup- roqlarda yetishtirilgan kartoshka, sholgom, sabzi, karam, bug- doy va boshqalar tarkibida zararli moddalar oziqlanish zanjiriga 33 asosan, ular insonga yoki hayvonga, keyin tuproqqa otadi. Sabzavot va poliz ekinlari ekilgan maydonlarga hatto mineral ogitlarni kop miqdorda berish tavsiya qilinmaydi, mineral ogitlar miqdori ruxsat etilgan meyordan oshsa, inson orga- nizmida zaharlanish yuz beradi. Ekologik toza tuproqlarda dehqonchilik qilish vazifasi keyingi yillarda ekologiyaning asosiy vazifasi bolib qoldi. Òarkibida kanserogen moddalar mavjud oziqalar saraton xastaligiga olib keladi, hatto kimyoviy mod- dalar omborida ishlash ham inson sogligiga tasir korsatadi. Ekologik salbiy oqibatlarning oldini olish uchun ishni talim va tarbiyadan boshlash kerak. Òabiatni asrash va muhofaza qilish zarurligini maktabdan, kasb-hunar kollejidan, oliy talim muassasalaridan, mahallalardan hamda xonadonlardan boshlash kerak. Ozi yashab turgan tabiatni hamma birdek sevsa va uni avaylash kerakligini anglab yetgan holda muhofaza qilishga kirishsa, ekologik tarbiya samara beradi. Ekologik talim va tarbiya bugun yashab turgan barcha mamlakatlar aholisi uchun birdek zarur bolsa, shundagina tabiatni saqlab qolishga erishiladi. Boshqa mamlakatlar qatori Ozbekistonda ham ekologik masala- larning ogirligini birgina Orol dengizi muammolaridan korish mumkin. Markaziy Osiyo mamlakatlarida barcha mamlakatlarning aholisi u yoki bu tarzda Orol dengizi bilan bogliq holda yashab kelishgan, endilikda dengizning qurib borishi ushbu hududlarda son-sanoqsiz muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ularning yechimi ekologik talim va tarbiyasi yetarli bolgan ekologik xavf-xatarni anglab yetgan insonlar foydasiga hal etilishi mumkin. 2.2. Ekologik monitoring kuzatuvlarini olib borish Monitoring termini «Ekologiya» faniga otgan asrning 20-yilla- rida kirib keldi. Kopincha, «monitoring» sozi kishilarga atrof- muhit holatini kuzatishni anglatadi. Ilmiy adabiyotlarga monitoring atamasi 1972-yil iyunda bolgan BMÒning atrof-muhitni himoya qilish boyicha konferensiyasida kiritildi. Bugungi kunda moni- toringning manosi atrof-muhitni nazorat qilish deb tushuniladi va oz ichiga uch asosiy vazifani oladi: 34 1) kuzatish va nazorat bizni orab turgan atrof va muhitni uzluksiz kuzatib borish; 2) taxmin qilish (prognoz) tabiatda tabiiy va antropogen omillar tasirida boladigan ozgarishlarni oldindan aniqlash; 3) boshqarish atrof-muhitda boladigan tadbirlarni boshqa- rish yoki tartibga solish. 2.3. Ekologik konsepsiya monitoringi (EKM) Quyidagicha: 1. Kasb-hunar kolleji monitoringi ekologik talim tizimi- ning bir qismi bolib, asosan, ekologik bilimlar, tushunchalar, dunyoqarashning amaliy ishlar asosida shakllanishiga, ozi yashab turgan joydagi ozgarishlarni kuzatib borishga aytiladi. 2. EKMning maqsadi quyidagicha: ♦ osib borayotgan yosh avlodda amaliy ishlar orqali ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish; ♦ malum hududdagi ekologik ahvolni umumiy kuzatishga erishish, kopincha, maxsus tashkilotlar hamma joylarda tekshirish yoki kuzatuvlar olib borishga imkoni bolmaydi, shuning uchun ushbu kuzatuvlarning ahamiyati katta. 3. EKMning huquqiy mavqeyi yoki darajasi, aholining ekologik kompleks maqsadli talim haqidagi dasturiga, EKMning nizomiga, Òabiatni muhofaza qilish qomitasi va ushbu hududda qabul qilingan boshqa hujjatlar asosida belgilanadi. Hududni organish boyicha olib borilayotgan kuzatishlar monitoringiga maktab ekologik monitoringi qoshimcha tizim bolib kiradi. 4. Monitoring butun hudud boyicha yagona bir dastur asosida, bir xil organiladigan obyekt nazorati, bir uslubdagi kuzatishlar nazorat qilinadigan hududda olchash va hisobot topshirish birdek boladi. Ammo qishloq va shahar maktablarida joyning katta-kichikligidan kelib chiqib, ayrim korsatkichlar biroz boshqacha bolishi mumkin. 5. Kasb-hunar kolleji yoki maktab ekologik monitoringi ikki yonalishda boladi: 35 ♦ kollej joylashgan kichik hududdagi barcha landshaft va geografik joylashuvi monitoring qilib chiqiladi, bunda aholi yashaydigan ijtimoiy va gigiyenik inshootlar hisobga olinadi; ♦ ushbu hududning asosiy deb hisoblangan ayrim joylarida tabiiy va antropogen omillarni hisobga olgan holda bioindikatsion, fenologik hamda fizik-kimyoviy nazorat otkaziladi. 6. Ekologik monitoring aslida tabiiy muhit, ekotizim va boshqa hodisalarni bir muddatda organilgan izlanishlarga asoslanmaydi, balki alohida ajratib olingan joylarda bir necha yil davomida olib borilgan kop yillik ishlarni taqqoslash natijasiga amal qilgan holda olib boriladi. Ekologik monitoring izlanishlari Qadimgi Rimda malum bolgan va «Nima? Qayerda? Qachon?» shakli asosida olib boriladi. 7. Olib boriladigan ekologik monitoringlar, eng avvalo, hamma uchun qulay bolishi yoki uni hamma bajara olishi kerak, unda fenologik, geoindikatsion, bioindikatsion uslublar orqali atrof- muhitda yuz bergan, suvning, tuproqning, havoning ifloslanishi natijasida ozgarishlarni olchay olishi, aniqlay olishi kerak. Bu ishlar shunchalik oddiy bolishi kerakki, bu yerda qoshimcha yangi asbob-uskunalar, reaktivlar yoki maxsus yangi asboblar olish zarurati tugilmasligi lozim. 8. Ekologik monitoringni geografik asosda ham olib borish mumkin. Bunda ekologik omillarning tabiatdagi ozgarishlarga tasiri va ozgartirilgan landshaftlarni kartografiya usuli bilan tariflash hamda ekologik tasirlardan zararlangan yerlarni baho- lash ishlari tort darajali shkala asosida olib boriladi: a) ekologik baholash; b) tavakkal, jurat; d) krizis yoki inqiroz; e) qiyinchiliklar. Baholash ishlari quyidagicha boladi: ♦ tajriba olib boriladigan hududni ekologik birlik yoki talablar asosida tanlab olish. Ushbu maydon oquv ishlari olib boriladigan manzil yaqinida bolishi kerak; 36 ♦ monitoring olib boriladigan barcha obyektlarda inventa- rizatsiya otkazish. Hududdagi landshaftlar va texnogen zona- larning joylashishi xaritaga kiritilib, hudud umumiy maydoni- ning qancha qismini tashkil etishini hisoblab chiqiladi; ♦ osha hududdagi zararlangan maydonda ekologik baholash ishlari tort darajali shkala asosida olib boriladi. 2.4. Ekomonitoring strukturasini tashkil qilish Ekologik monitoring boyicha olib boriladigan ishlar orta maktablarda, litseylarda, kasb-hunar kollejlarida, madaniyat saroylarida, mehribonlik uylarida, ekologo-biologik markazlarda, oliy talim muassasalarida, laboratoriyalarda alohida-alohida olib boriladi. Kuzatuvlar hamma uchastkalarda bitta dastur asosida, bir vaqtning ozida boshlanishi lozim, oqituvchilar tabiatni kuzatish boyicha barcha ishlarga rahbarlik qilishadi, toplangan malumotlarni yigib, birinchi marta ishlab, hudud ekomonitoringida foydalanish uchun saqlashga kompyuterga kiritib qoyadilar. Olib borilayotgan ilmiy ishlar dasturlari har bir kuzatuv olib borilayotgan qatnashchining yoshidan kelib chiqib tuziladi. Olib boriladigan ish hajmiga va uslubiga qarab, kuzatuvchilar jalb qilinadi, fenologik kuzatuvlarga yoshi kichik bolalar jalb qilinsa, bioindikatsion va fizik-kimyoviy izlanishlarga yoshi kat- taroq qatnashuvchilar tortiladi. Monitoring ishlariga maktab bolalari bir dastur asosida jalb qilinishining yaxshi tomoni shundaki, birinchidan, bolalar sinf- dan sinfga otganda ham olib borayotgan kuzatuvlari bu dastur asosida bolib, bolada tushuncha shakllanib boradi, bundan tashqari, talabalar bir necha yil davomida kuzatish otkazib, tabiat sohasida malum bir fikr va tushunchaga ega bolishadi; ikkinchidan, oz olkasi, undagi hayvonlar, osimliklar, hasha- rotlar va ularning foyda-zarari haqida bilib olishadi, uchinchidan, olingan malumotlar osha hudud haqida bolganligi uchun tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari va qolaversa, kela- 37 jakda yetishib chiqadigan yosh ekologlarning shakllanishi uchun talim ochogi vazifasini otaydi. Ekomonitoring boyicha olib boriladigan ishlarni biologiya va kimyo yonalishlari boyicha ekologiya, biologiya yoki kimyo oqituvchisi, geografiya boyicha esa geografiya oqituvchisi olib boradi. Oquv jarayonida olib boriladigan maktab ekomonitoring usullari quyidagicha: amaliy yoki laboratoriya darslari, fakultativ va amaliyotlar tarzida bolishi mumkin. Darsdan tashqari fao- liyatga togaraklar, ilmiy kuzatuv guruhlari, amaliyotlar, yozgi ekologik lagerlar, ekskursiyalar, ekspeditsiyalar, turli tan- lovlar va olimpiadalar kiradi. Monitoring qatnashchilari tomonidan organiladigan obyektlarda doimo kuzatish ishlari olib borilishi kerak. Bular malum hududda havo haroratining borishi, biron-bir osim- likning osishi, oqib kelayotgan suv hajmining ozgarishi yoki boshqalar haqidagi malumotlar bolib, ular toplanadi, birin- chi marta ishlab chiqiladi va saqlashga qoyiladi. Olingan malumotlar avval osha joydagi ekologik kengash azolari tomo- nidan, keyinchalik tuman, songra viloyat ilmiy-amaliy konferen- siyalarida muhokama qilinadi. Ekologik kuzatish olib boriladigan barcha tashkilotlarda ekologik kengash bolishi kerak, kengash rahbari ekologiya, biologiya, kimyo yoki geografiya oqituvchisi bolsa, ushbu ishlarda foyda koproq boladi. Olingan malumotlar asosida osha joyning pasporti tuzib chiqiladi. Ekopasport bir yilda ikki dona chop qilinadi. Yozilgan birinchi hisobot maktab yoki oliy talim muassasasi joylashgan hududning barcha ekologik holatini aks ettirishi kerak. Keyingi yozilgan ekologik hisobotlarda taqqoslash mumkin bolgan nazorat korsatkichlari hisoblanadi. Agarda farqlar bolsa, ular doimo qayd qilib borilishi va korsatilishi kerak. Mabodo, keyingi kuzatuvlarda ozgarishlar bolmasa ham, yozuvlar qayd qilib boriladi. Olingan hisobotning bir nusxasi osha joyda qoldirilib, ikkinchisi yuqori tashkilotlarga yuboriladi. Kasb-hunar kolleji yoki maktabdagi ekologik monitoring boshligi ekopasport boyi- cha yigilgan malumolarni toplab, ekologo-biologik markazlarga 38 yuboradi, u yerda barcha malumotlar tahlil qilingach, xulosa chiqariladi. Òoplangan malumotlar oliy talimdagi ekologiya kafedrasi boshligi rahbarligida kompyuterga kiritilib, tahlil qilinadi. Har bir hududning iqlimi va u yerda yashovchi tirik organizmlardan kelib chiqib, guruhlarga ajratiladi. Keyinchalik ushbu malumotlar asosida hisobotlar yoziladi, xaritalar, chiz- malar, diagrammalar chiziladi. Ekomonitoringda toplangan malumotlarni butun viloyat boyicha ilmiy jihatdan tahlil qilib chiqilgandan song umum- lashtirib tabiatni muhofaza qiluvchi yuqori davlat organlariga yetkaziladi. Shunday malumotlar butun respublika boyicha top- lanib organilgandan song, yagona ekologik monitoring tizimi ishlab chiqiladi. Olib borilayotgan monitoringni uslubiy jihatdan qollab- quvvatlash vazifasi talim muassasalari orqali oqituvchilar malakasini oshiruvchi, oliy talimda ekologiya kafedralari, aholi ortasida tabiatni muhofaza qiluvchi markaz va Tabiatni muhofaza qilish qomitasi axborot bolimidagi tahlil markazlari bilan birgalikda ish olib borishadi. Ushbu tashkilotlar quyidagi yonalishlarda kuzatuv ishlarini olib borishadi: ♦ oqituvchilarni oqitish va qayta tayyorlash; ♦ ozlari yashab turgan hududning malum joylari boyicha tabiatni muhofaza qilish dasturi ishlab chiqiladi; ♦ osha hududlarda, aniqrogi, maktab va oliy talim muas- sasalarida kuzatishlar olib borish uchun hududning ekologik pasportini tuzish borasida jurnal va kundaliklarni tayyorlab, tar- qatish ishlari ham bajariladi. 2.5. Monitoring olib boriladigan joyning fizik-geografik tarifi Kasb-hunar kolleji, maktab yoki boshqa talim muassa- sasining geografik joylashuvi izlanishning asosi hisoblanib, joy koordinati (gradus va minut, uzunligi va kengligi) organiladi. Geografik holatning ikkinchi belgisi joyning malum tabiiy-hudu- diy kompleksga kirishi: tabiiy zona, kichik zona, mamlakatning 39 fizik-geografik, viloyatning fizik-geografik va ayni osha joyning fizik-geografik holati aniq ifoda etilishi kerak. Ushbu malu- motlarni olkashunoslikka oid adabiyotlardan darhol topib olish mumkin. Joyning geografik joylashuvi aniqlab olingandan song, shamolning esish oqimi ushbu hududning qaysi tomonidan yonalgan va hududga keladigan zararli gazlar havoni qay yosinda, qaysi gazlar va boshqa chiqindilar bilan iflos qilishi organiladi. Buning uchun eng yaqin meteostansiya malumotlari yoki mahalliy nashrlarda chop qilingan adabiyotlardagi malu- motlardan foydalaniladi. Shamolning oqim yonalishini aniqlash usuli oddiy. Qolda sakkiz qirrali (shimol, shimoli-sharq, sharq, janubi-sharq, janub, janubi-garb, garb, shimoli-garb) bir chiziqda tayyorlanadi. Har bir chiziq boylab qabul qilingan masshtab boyicha yil davomida esgan shamol takrorlanishi hisobga olinadi va yil oxirida toplangan malumotlar birga qoshilib birlashtiriladi. Kuzatish jarayonida makrorelyef, mikrorelyef va mezorelyeflar organilib boriladi. Organiladigan hududning makrorelyefi oqar suvning va tuproq yuzasining ifloslanishida katta ahamiyat kasb etadi. Makrorelyefga suvning oqishini belgilaydigan joylar suv- bolgich inshootlar, suv oqadigan oqariqlar, qir-adirlar, daryo vohalari, togoldi zonalari, toglar kiradi. Mezorelyef va mikrorelyeflar aslida makrorelyefning ichida shakllanadi. Mezorelyefning keng tarqalgan korsatkichlariga jarlar, chuqurliklar, daryolarning quyilish joylari, choqqilar, suv boladigan inshootlar kiradi. Bular organilayotgan davrda morfologik korsatkichlari: nisbiy balandligi yoki chuqurligi, eni, boyi, uzunligi, joylarning shakli (tekis, qiyshiq, bukri va h.k.), ayniqsa, korinishi yaxshi aks ettirilishi kerak. Organilayotgan hudud mezorelyefining yuzasi issiqlik va suvning tarqalishida katta rol oynaydi. Masalan, qir-adirlarning shimoliy va janubiy tomonlarida havo harorati, namning saq- lanishi, osadigan osimliklar turi bir-biridan farq qiladi, bazan tuproq tiði, osayotgan osimliklarning osuv davri bilan ajralib turadi. Yerosti suvi yaqin joylarda, suvlar tarqaladigan, bolina- 40 digan joylarda tuproqning suv rejimida sezilarli darajada farqni korish mumkin. Yoki tuproqda eroziya jarayonining borishida ham mezorelyefning ornini korish mumkin. Mikrorelyefni mezorelyefning ayrim joylarida korish mumkin, ushbu joylar alohida kichik bir joy bolib, chuqurlikmi, dong- likmi yoki kundalar uyumimi, noqulay yuzalik bolib, hajmi (10 m 2 .dan 100 m 2 .gacha) kichik boladi. Mikroiqlim deb, kichik bir mahalliy joyda shakllangan relyef, joy, tuproq tiðlari, alohida osimliklar qoplami va iqlim sharoitiga aytiladi. Malum joyning mikroiqlim sharoitini organish uchun havo harorati va namligini olchab borish lozim. Bu ish ikki xil balandlikda olib boriladi: ♦ yer ustining yoki tuproqning 20 sm balandligidagi havo harorati; ♦ tuproqning yuza qismidan 150200 sm balandlikdagi havo harorati yoki odam boyi balandligidagi harorat. Barcha olchashlarda kuzatuvlar har doim soya joyda olib boriladi. Agarda yerning ustki qismida namlik yuqori bolsa, hatto kun issiq bolganda ham harorat 23°C ga yuqori boladi. Mik- roiqlim kuzatishlarini vaziyatdan kelib chiqib turli sharoitlarda olib borish mumkin: ormon, otloq, yaylov, ekilgan dala, shudgorlangan maydon va h.k. Bu joylarda osimlik qoplamining rivojlanishini kuzatib borilganda, ozgarishlarni yaqqol sezish mumkin. Mikroiqlim shakllanishida shamolning orni juda muhim. Bundan tashqari, mikroiqlimga mezorelyef va tabiiy sharoitdagi qir-adirlarning joylashuvi, yani qiya yoki tekisligi ham katta tasir korsatadi. Kunning issiq kunlarida mezorelyefning pasttekislik joylarida havo harorati balandliklarga, choqqilarga qaraganda 24°C ga yuqori bolishi kuzatiladi, tepaliklarda tuman, shudring bot- bot bolishi tufayli harorat pasayib boradi. Qish kunlarida past- tekisliklarda havo harorati baland, tepa joylarga qaraganda bir necha daraja past boladi. Shuningdek, janub tomonda harorat shimolga qaraganda yuqori bolishi ham hech kimga sir emas. Mikroiqlimning ozgarishi osimliklar qoplamining shakllanib borishida ham oz tasirini otkazadi. 41 2.6. Joyning monitoringini olib borish rejasi (xaritasi) Monitoring olib boriladigan joy hududining kartografiyasini olish uchun, avvalo, koz bilan chamalab rasmga olish shart, shundagina dalaning rejasi olinib, joyning topografik rejasini tuzish mumkin boladi. Masshtab 1:50001:25000 misolida taxminan belgilanishi mumkin. Agarda kuzatuv olib borilayot- gan joyning topografik xaritasi mavjud bolsa, yanada yaxshi boladi. Maktab qishloq joyda bolsa, barcha aholi yashaydigan punktlarni, suv oqib keladigan joylarni, kol, suv omborlari, daryo va ariqlar, katta yollar, kichik soqmoqlar, mollar otlay- digan yaylovlar, toglar, ekin maydonlari, hatto kesishadigan yollarni ham xaritaga tushirish kerak. Ekologik monitoring olib borishning asosiy vazifasi hududda har yili kuzatish olib borishdir. Bu ishni mutlaqo toxtatib bolmaydi. Olingan bir necha yillik malumotlardan keyingina ushbu hududdagi ekologik jarayonning buzilganligi yoki holatning yaxshi ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Ekotizim buzilganligini ikki guruh bilan belgilash lozim: ♦ ahvolning yomonlashgan belgilari (statistik belgilar); ♦ hududda ozgarishlar yomon tomonga ozgarganligi (dinamik belgilar). Antropogen omillar natijasida kuzatish olib borilayotgan hududga katta tasir korsatadi. Aholi yashaydigan joyda landshaft ozgaradi, bunga sabab, sanoat korxonalarining kopligi, foydali qazilmalarni kovlab oladigan konlar, avtomobil va temiryol- larning mavjudligi, neft hamda gaz quvuri tortilishi ahvolning yomonlashganini bildiradi. Hududda ahvol yomonlashuvini bir qator belgilar yigindisidan korish mumkin: botanik, tuproq, iqlimdagi ozgarishlar. Yuqoridagi ozgarishlar doimo bir-biri bilan bogliq bolib, bir-biriga qarab ozgaradi, ularning ozgarish xulosasi bitta boladi. Olingan natijalar ahvolning yomonligini tasdiqlasa, bunda maktab yoki oliy talim muassasasi joylashgan hudud ekologik yomonlashgan deb hisoblanadi. 42 1. Òabiatda chuchuk suvlarni himoya qilish va tabiatni avlodlarga toza holda qoldirish deganda nimalarga amal qilinadi? 2. Osimliklarni va hayvonlarni himoya qilishda ekomonitoringning ahamiyati. 3. Biologik muvozanatni saqlab qolish va ekomonitoring otkazish usullari. 4. Ekologik monitoringni olib borishning ormon va chollarda ahamiyati. 5. Ekomonitoring boyicha olib boriladigan ishlarni bajarishda oquvchilarning vazifasi. 6. Mikroiqlim deganda qaysi jarayonlar nazarda tutiladi? 7. Ekologik yomonlashgan hududlar qaysi belgilari bilan kozga tashlanadi? NAZORAT SAVOLLARI 43 3.1. Atmosfera haqida malumotlar, uning tuzilishi va chegaralari Atmosfera deb, biosferaning gaz qatlamiga aytiladi. Yer yuzasidagi butun tirik organizmlar shu atmosferada yashaydi. Yerning ozgarishi, unda boradigan har xil jarayonlar natijasida, shu jumladan, osimliklarning fotosintetik jarayonining shakl- lanishi atmosferada million yillar oldin ham xuddi shunday borgan va hozirgiday tarkibga ega bolgan. Atmosfera havo haroratining balandlik boyicha ozgarishiga qarab, besh qatlamga bolinadi: troposfera, stratosfera, mezo- sfera, termosfera va ekzosfera. Quyida ularning har biriga alohida toxtalib otamiz. Òroposfera atmosferaning pastki qatlami, qutbda yer yuzasidan 810 km, ekvatorda esa 1518 km balandlikkacha bolgan qismi. Havo harorati balandlikka kotarilgan sari har 100 metrda 0,50,6°C ga kamayadi. Shuning uchun ham ekvatorda troposferaning yuqori qismida harorat 70°C ni tashkil etadi. Òroposferada butun havo massasining 80 % i mavjud. Òropo- sferada deyarli butun havoning namligi toplangan boladi. Bu yerda butun atmosferaning asosiy jarayonlari kuzatiladi. Inson hayotiga va osimliklar faoliyatiga tasir qilayotgan hamma hodisalar shu qatlamda kuzatiladi. Issiqlik va namlikning atmosfera va yer bilan almashinishi, bulutlar hosil bolishi, yogingarchilik bolishi, momaqaldiroq, chang-tozon, garmsel va boshqa hodisalar kuzatiladi. Òroposferaning eng pastki qatlami yer yuzasi qatlamining balandligi bir necha 10 metrni tashkil etadi. Bu qatlam qishloq xojaligi uchun katta ahamiyatga ega. Bu qatlamda ekish, kochat otqazish ishlari bajariladi, yaylovlar borligi bois hayvonlar yashaydi. Shuning uchun ham qishloq xojaligi ishlab chiqarishi III BOB ATMOSFERA VA UNING TARKIBIY QISMLARI 44 bilan bogliq meteorologiyada ishlarni amalda bajarish uchun troposferaning yer yuza qatlami haqida malumotga ega bolish kerak. Stratosfera troposferaning yuqori qismida joylashgan bolib, 5055 km balandlikkacha yetib boradi. Bu qatlamning pastki qismida harorat ozgarmaydi, ammo 35 km.dan yuqori qismida harorat ortadi. Qatlamning yuqori qismida ortacha yillik harorat 0°C ga yetadi. Stratosferaning yuqori qismida haroratning ortishi quyosh radiatsiyasini ozon bilan keskin yutilishidandir. Havoning yuqoriga kotarilishi troposferada kuzatiladi. Stratosferada deyarli sezilmaydi. Shuning uchun ham bu qatlamda deyarli bulut hosil bolmaydi. Mezosfera stratosferadan yuqorida joylashgan qatlam. Uning yuqori qismi 8090 km balandlikda joylashgan. Mezosferada harorat balandga chiqqan sayin pasayib, 7080°C ni tashkil etadi. Òermosfera mezosferadan keyin boshlanib, uning baland- ligi 800 km.gacha yetadi. Òermosferada havo kuchli ionlashgan boladi, shuning uchun ham elektr otkazuvchanlik bu yerda troposferadagiga qaraganda, million marta ortiq. Balandga kota- rilgan sayin harorat ortib boradi va qatlamning yuqori qismida taxminan 2000°C ga yetadi. Shuni aytish kerakki, bu harorat ionlar molekulasining kinetik energiyasini xarakterlaydi. Kosmik kemalar va yerning suniy yoldoshlari termosfera qatlamida harakat qilayotganda, bunday issiq haroratni sezmaydi, chunki u yerda havo juda siyrak. Ekzosfera yoki tarqalish sferasi atmosferaning oxirgi qatlami hisoblanadi. Bu qatlamdan atmosferaning etil gazlari molekula- lari vodorod, geliylar planetalararo fazoga uchib ketadi. Bu qatlam 20003000 km balandlikkacha kotariladi va asta-sekin koinotga otib ketadi. Bu korsatilgan qatlamlar oraligida otuvchi qatlamlar bolib, ular «pauzalar» deyiladi va ular quyidagicha nomlanadi: tropopauza, stratopauza, mezopauza va boshqalar. Masalan, tropopauza troposfera va stratosferani ajratib turadi. Atmosferaning yer yuzasidan 70 km balandlikda bolgan qismida ozon (O 3 ), yani uch atomli kislorod keng tarqalgan. Ozon kislorod molekulalarining ultrabinafsha nurlar tasirida atomlarga parchalanib, songra bu atomlarning molekulalar bilan 45 qoshilishi natijasida hosil boladi. Ozon gazi atmosferaning 2225 km balandligida oziga xos ozon qatlamini hosil qiladi. Ushbu ozon qatlami yerdagi barcha organizmlar uchun tiriklik qalqoni yoki ular hayotini saqlab qoluvchi rolini bajaradi. Chunki ushbu qatlam quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi va yerga otkazmaydi. Shuning uchun ham inson qishloq xojaligi ishlab chiqarish obyektlari shu havoning tarkibiga moslashgan va shu havodan nafas olib yashaydi. Atmosferani tashkil qilgan gazlar yigindisi havo deb ataladi. Bularning asosiysi azot (N 2 ), kislorod (O 2 ), argon (Ar), kar- bonat angidrid (CO 2 ), suv bugi (H 2 O). Boshqa gazlarning miqdori atmosferada juda kam, shuning uchun ham havoning fizik xususiyatlari agrometeorologiyaga tatbiq qilib organilayotganda etiborga olinmasligi ham mumkin. Òabiiy hosil bolgan yoki insonning tasirida yuzaga kelgan suyuq va qattiq zarrachalar atmosferada doim mavjud boladi. Bu zarrachalar aerozollar deyiladi. Atmosferaning pastki qatlamida butun yer kurrasi uchun quruq havoning tarkibi doimiydir. 2-jadval Atmosferaning pastki qatlamidagi quruq havo tarkibi z a G r a l u k e l o M k il r i g o n a t a b s i n a g m j a h ,i r o d q i M a d i b o s i h % a g o v a h q u r u Q i g il h c i z n a t a b s i n t o z A d o r o l s i K n o g r A ) I I ( d o r e l g U i d i s k o n o e N y il e G n o t ð i r K d o r o d o V n o n e s K n o z O o v a h q u r u Q 6 0 1 , 7 2 0 0 0 , 2 3 4 4 9 , 9 3 0 1 0 , 4 4 3 8 1 , 0 2 3 0 0 , 4 7 , 3 8 6 1 0 , 2 3 , 1 3 1 0 0 0 , 8 4 4 8 0 , 8 1 9 4 9 , 0 2 4 3 9 , 0 3 3 0 , 0 0 1 · 8 1 , 8 1 4 0 1 · 4 2 , 5 4 0 1 · 4 1 , 1 4 0 1 · 0 5 , 0 4 0 1 · 7 8 0 , 0 4 n a h c v u r a g z o a d u j 0 1 · ) 7 0 , 0 + 0 ( 4 , a d y o j n i q a y a g i s a z u y r e y 0 1 · ) 3 + 1 ( 4 a d k il d n a l a b m k 0 3 0 2 0 0 1 7 6 9 , 0 5 0 1 , 1 9 7 3 , 1 9 2 5 , 1 5 9 6 , 0 8 3 1 , 0 8 6 8 , 2 0 7 0 , 0 4 2 5 , 4 0 0 0 , 1 46 Atmosferaning pastki qatlamidagi vertikal va gorizontal havo oqimlari havoning tarkibini doimiy saqlab turadi. Faqat karbonat angidridi, ozon va boshqa havoda kam bolgan gazlar havoda ozgaradi. Kuzatishlar karbonat angidridi miqdori atmosferada keyingi 10 yilda 1012 % ga ortganini korsatadi. Bunday oshish sanoat va transportda yonilgining kop sarf bolishidandir. Yuqorida keltirilgan gazning tarkibi quruq havoga nisbatan berilgan, yani havoning tarkibidagi suv bugi, chang va boshqa aralashmalar chiqarilib tashlangan. Òabiatda havo doimo iflos- langan, shuningdek, malum miqdorda suv bugi, suv zarralari va muz zarrachalari mavjud boladi. Suv bugining yer yuzasiga yaqin havodagi miqdori 0,001+4 % boladi. Ortacha shimolda 0,02 %, tropikda 2,5 % bolib, yani 100 marotaba ozgaradi. Suv bugining zichligi balandga kota- rilgan sari, asosiy gazlarning zichligiga nisbatan tezroq kamayadi, 1015 km balandlikda suv bugining miqdori juda kam boladi. Òuproq havosi atmosfera havosidan keskin farq qiladi. Òuproqda moddalarning doimo chirishi natijasida karbonat angidridi doimo ajralib chiqadi va kislorod yutiladi. Kislorod va azot bakteriyalarning hayot jarayonida doimo yutiladi. Karbonat angidrid miqdori tuproq havosida 11,2 % (kol tuproqlari havosida 6 % gacha yetadi) kislorodning miqdori 20 % dan kam boladi. Atmosfera va tuproq ortasida doimo havo almashishi natijasida tuproq eroziyasi, gazlarning diffuziyasi hamda shamol va atmosfera bosimining ozgarishi yuzaga keladi. Gaz almashish tezligi tuproq tarkibiga ham bogliq. Govaksimon tuproqlarda gaz almashishi chang tuproqlarga nisbatan yaxshiroq boladi. Agrotexnikaning hamma usullari tuproqni yumshatishga qaratilgan. Bu tuproq eroziyasini yaxshilaydi, osimliklarning ildiz sistemasi hayoti sharoitini yaxshilaydi, tuproq bakteriyalarining yashash sharoi- tini oshiradi. Òuproq havosining yer yuzasi havosi bilan almashishi natijasida karbonat angidrid gazi bilan boyishiga olib keladi. Okean, dengiz, kol va boshqa suv havzalarida hamda osimliklar bu gaz (CO 2 )ni atmosferadan yutadilar. Atmosferaning tarkibi haqida yuqorida keltirilgan malumotlar uning pastki qismiga taalluqlidir. 10 km.dan 60 km.gacha atmos- 47 feraning balandligida quyoshning ultrabinafsha nurlari tasirida uch atomli kislorod ozon (O 3 ) hosil boladi. Odatdagi mole- kular kislorodga (O 2 ) qaraganda, ozonning atmosferadagi miqdori juda kam, ammo uning yer yuzasidagi hayot uchun ahamiyati juda katta. Ozon quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutib qoladi. Ozon- ning katta qismi 25 km.dan 50 km.gacha oraliqda boladi. Yuqori balandlikda atmosfera tarkibi yer yuzasidagiga qaraganda, ancha ozgaradi. 1000 km.dan balandroqda yengil gazlar: oldin geliy, keyin vodorod miqdor jihatdan kop boladi. 3.2. Atmosferadagi gazlar va ularning ahamiyati Biosfera uchun atmosferadagi gazlardan eng ahamiyatlisi azot, kislorod, uglerod oksidi va suv bugidir. Azot osimliklarning tuproqdan oladigan oziqasining asosiy elementlaridandir. U osimlik va hayvonlarning oqsillariga kiradi. Shunga qaramasdan oliy osimliklar erkin azotni ozlashtira ol- maydi. Har bir gektar yer ustidagi havoda 80 ming tonnagacha azot boladi. Erkin atmosferadagi azotlar tuproq bakteriyalari bilan boglangan boladi. Bu narsa tuproqni azot birikmasi bilan boyitib, osimliklar uni yaxshi ozlashtiradi. Azotning mineral va organik birikmalari tuproqqa ogit sifatida beriladi. Bu esa osimliklar tuproqdan oladigan oziqani boyitadi. Bakteriyalar bilan birikkan azot malum miqdorda (34 kg/ga yiliga) atmosfera yogingarchiligi bilan tuproqqa tushadi. Kislorod (O 2 ) nafas olish, chirish, yonish uchun kerak. Organik moddalarning kislorod bilan birikishi (oksidlanish) tirik organizmda energiya ajratadi, natijada hayvon va osimliklarning yashashini taminlaydi. Òuproqning kislorod bilan boyishi tuproq eroziyasini yaxshi- laydi, tuproq bakteriyasi faoliyatini oshiradi, tuproqdan osim- liklarning oladigan oziqasini kopaytiradi, osimliklarning tomir sistemasini kuchaytiradi. Kislorod yer yuzida eng kop tarqalgan elementlardan biri bolib, uning asosiy qismi osimliklarda kechadigan fotosintez 48 jarayonining mahsulotidir. Suv va karbonat angidridning parchalanishidan paydo boladi va u tiriklikning asosi hisoblanadi. Kislorod tirik organizmlarning, yani inson va hayvonlarning tanasidagi tarkibiy qismni tashkil qiladi. Odam tanasining 56 % ini kislorod tashkil qiladi. Insonlar va hayvonlar havodan kislorodni olib, karbonat angidrid (CO 2 )ni chiqaradi, yashil tusdagi osimliklar esa buning aksi, karbonat angidrid (CO 2 )ni ozlashtirib, kislorod (O 2 ) chiqaradi. Òabiatdagi barcha tirik organizmlar shu tariqa bir- biriga xizmat qiladi yoki bir-birini saqlab turadi. Inson va boshqa organizmlarning hayotini kislorodsiz tasavvur etib bolmaydi, masalan, inson bir kunda ortacha 1,24 kg ovqat istemol qilsa, 22,5 litr suv ichadi, ammo bilinmagan holda u kuniga 9 kg havo bilan nafas oladi. Kislorod faqatgina nafas olish jarayonida emas, balki yoqil- gilardan foydalanish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Karbonat angidrid (CO 2 ) osimliklarning havodan oziq- lanish manbayi, qishloq xojaligida hosildorlikning asosiy omili. Yashil osimliklar yoruglik energiyasi yordamida fotosintez jarayonida suv va karbonat angidriddan organik modda hosil qiladi. Hayvonlarning nafas chiqarishida, organik moddalarning yonishi va qolishida atmosferaga karbonat angidrid chiqadi. Karbonat angidrid atmosferada malum bir miqdorgacha oshishi natijasida osimliklarning hosildorligi ortadi. Birlashmadagi kislorod va karbonat angidridning ozaro nisbati osimliklar hayotiga tasir qiladi. Masalan, U. Xeydek- kerning tajribasida, karbonat angidrid kop bolganda kislorodning kam bolishi, urugning unib chiqishini kechiktiradi. Karbonat angidrid va kislorod kop bolganda, urug tez kokarib chiqadi, ammo kurtaklar tez oladi. Sanoat markazlarida, yani yonilgi kop ishlatiladigan joy- larda, issiqxonalarda, gong kop chiriydigan joylarda, havo almashmaydigan uylarda CO 2 miqdori keskin ortadi. Òuproq yuzasida CO 2 osimliklar baland qismining yuzasidagiga nisba- tan 23 marotaba kop boladi. Shuningdek, CO 2 aralashmasida fotosintez juda aktiv boladi. Karbonat angidrid yerning issiqlik 49 balansini doimiy saqlab turishga olib keladi, yani uning sovishini kamaytiradi. Suv bugi tabiatda suvning almashishi katta rol oynaydi. Suv bugi bulutlar hosil bolishi, yomgir yogishi, osimlik yuzasidan buglanishga va boshqalarga tasir qiladi. Suv bugining atmosferada bolishi «havoning namligi» deyiladi. U hayvonlar, osimliklar hayotida katta ahamiyatga ega bolib, xususan, qishloq xojaligida hosildorlikka malum darajada tasir qiladi. Aerozol tuproq, vulqon va kosmik changlar, ogit, tutun, dengiz tuzi hamda mikroorganizmlar, suv tomchilari va muz kristallaridir. Atmosferaning tarkibida asosiy gazlardan tashqari aerozol doimo mavjud boladi. Chang, tutun, yonilgining qora zarrachalari soni katta shaharlarning havosida 100 minglab boladi. Ormon va okeanlarda 100 marotaba kam. Atmosferada har xil gaz aralashmalari ham mavjud. Ular atmosferada vulqon chiqindilari, ormon yon- ginlari, sanoat faoliyati, aviatsiya, avtomobil transporti natijasida hosil boladi. Gazlarning bir nechta aralashmasi odam, hayvon va osimliklarga salbiy tasir qilib, mahsulot sifatini pasaytiradi. Zararli aralashmalar atmosferada kam, ammo katta sanoat markazlarida vaqt-vaqti bilan sanitar normasidan oshib turadi. 3.3. Atmosferaning ifloslanishi va unga qarshi kurash Aslida atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni ikkiga bolib organish mumkin, yani fizik va kimyoviy. 1. Fizik ifloslantiruvchi moddalar: a) radioaktiv moddalar, izotoplar; b) shovqin va past chastotadagi infratovushlar; d) ifloslovchi issiqlik (haroratning kotarilishi). 2. Kimyoviy ifloslanish: a) gazsimon va suyuq uglevodlar; b) yuvish uchun ishlatiladigan moddalar; d) plastmassalar; e) gerbitsid va boshqa moddalar; f) ftorli birikmalar; g) organik moddalar va qattiq aralashmalar. 50 Dunyo boyicha atmosferaga tashlanadigan xojalik va sanoat chiqindilari yiliga ortacha 600 Gt.ni tashkil qiladi, ammo bu miqdor yildan yilga oshib bormoqda. Havoning ifloslanishi hajmiga nisbatan kam bolsa ham, keyingi vaqtda u sezilarlidir. Chunki atmosferani ifloslantiradigan zarralar havoda kopayib bormoqda. Bazi bir zararli aralashmalar atmosferada kam bolishiga qaramay (uglerod oksidi, simob va boshq.), osimliklar va inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalar atmosferada tekis taqsimlanmaydi, ularni atmosferaga tarqatadigan manbalar yaqinida mumkin bolmagan darajada ortiq boladi. Ammo atmosferani ifloslan- tiruvchi manbadan ancha uzoq joylarda ham ularning atmosferadagi aralashmasi kamaymasdan saqlanib turadi. Hozirgi vaqtda Garbiy Yevropa hududida havoning ifloslanmagan joyini topish mumkin emas. Havoni, kopincha, uglerod oksidi, oltingugurt birikmalari, uglevodorod va sanoat changlari ifloslantiradi. Nyu-York, Òokio va boshqa katta shaharlarda avtotransportdan bir sutka davomida havoga 5 ming tonnaga yaqin zararli gazlar qoshiladi. Ayrim shaharlarda atmosferaning ifloslanishi natijasida smog hosil boladi. Smog bu tuman, aerozol va zararli gaz- larning aralashmasi bolib, odamlar ortasida kasallik va olimning kopayishiga olib keladi. Jadvaldan korinadiki, orta hisobda Angliyada yiliga atmosfe- raga 24 mln tonna uglerod oksidi, 6 mln tonna oltingugurt oksidi, 2 mln tonna chang va 2 mln tonna uglevodorod, AQSHda yiliga 60100 mln tonna uglerod oksidi, 2227 mln tonna r a lt a k a l m a M d o r e l g U i d i s k o ) I I ( t r u g u g n it l O i d i s k o ) V I ( ) I I ( t o z A i d i s k o g n a h C - o v e l g U r a l d o r o d a y il g n A H S Q A R F G a y il a t I a h s l o P 4 2 0 0 1 0 6 8 5 4 6 7 2 2 2 4 3 3 9 2 6 , 0 2 0 1 8 8 4 2 2 3 2 3-jadval Jahon mamlakatlaridagi atmosfera havosining tarkibi 51 oltingugurt oksidi, 9 mln tonna azot va uglevodorod chiqaradi. Jahon boyicha 1990-yilda atmosfera havosiga chiqarilgan is gazi, qorakuya va karbonat angidridning miqdori 500 mln tonnani tashkil etdi. Ozbekistonda 1 korxona paxtani chigitdan ajrata- yotganda kuniga 2030 tonna changni atmosferaga chiqaradi. Bir yilda Ozbekiston Respublikasi hududidan atmosferaga 4,2 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda, shundan 60 % i avtotransport ulushiga togri keladi. Natijada Andijon, Guliston, Qoqon, Qarshi, Navoiy, Òoshkent, Fargona kabi shaharlar havosi keskin ozgarmoqda. 1992-yilda respublikamiz boyicha atmosferaga chiqarilgan zaharli chiqindilar aholi jon boshiga hisoblanganda ortacha 203 kg.dan togri kelgan. MDH va boshqa bazi davlatlarda havo muhitini ifloslanishdan muhofaza qilish qonunlari qabul qilingan. Ifloslanishga yol qoymaslik va uning oldini olish uchun katta ishlar qilinmoqda. Kopgina sanoat markazlari va ittifoq poytaxtlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasi mumkin konsentratsiya chega- rasidan ancha kam. Bu sobiq SSSR Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan. Chang, gaz tozalovchi uskunalarning qurilishi va ularning ishlashini yaxshilash, ÒESlarni gaz bilan ishlashga otkazish, kichik qozon bilan ishlaydigan ÒESlarni yiriklashtirish va birlashtirish, atmosferani ifloslantiradigan ishxo- nalarni shahardan tashqariga chiqarish, shaharni kokalamzor- lashtirish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. 3.4. Radioaktiv ifloslanish va radioaktiv moddalarning organizmga tasiri Òabiatda uchraydigan ayrim kimyoviy elementlar radioaktivlik xislatiga ega bolib, ularning parchalanishi va elementlarga otish jarayonida nurlanish yuzaga keladi. Radioaktiv moddalarning yarim bolinishi bir necha soatdan (masalan, 41 Ar ning bolinishi 2 soat) ( 238 I) 4,5 mlrd/yilga togri keladi. Yer ustiga tushgan radioaktiv moddalarga qarshi kura- shishning yoli yoq, faqat insonlarni ogohlantirish mumkin, xolos. Hattoki, radioaktiv moddalar atrof-muhitni zararlan- 52 tirishini betaraf holga keltiradigan biologik chirish va boshqa yollar, mexanizmlar ham hali malum emas. Radioaktiv moddalar yarimparchalanishiga (bir necha hafta- dan bir necha yilgacha) qadar, osimlik va hayvonlar tasiriga otib boladi. Oziqa halqasi boyicha osimlikdan hayvonga, undan insonga otib, uning organizmida toplanadi. Muhitning iflosla- nishida, tirik modda hosil bolishida qatnashuvchi oddiy ele- mentlarning izotoplari ( 14 C, 45 Ca, 35 H va boshq.) kam uch- raydigan radioaktiv moddalarga qaraganda ancha xavfli boladi. Radioaktiv moddalar. Radioaktiv moddalar ichida eng xavflisi stronsiy-90 hisoblanadi. U atmosferada yadro portlatilishida yuzaga keladi va atom sanoatining qoldiqlari sifatida muhitga tushadi. Ikki radioaktiv moddalarning birinchisi stronsiy-90 umurt- qali organizmlarning suyak toqimalariga tez otadi, ikkinchisi seziy-137 esa tana mushaklarida toplanadi va quyidagi salbiy holatlarni chiqaradi: ♦ radioaktiv nur olgan organizmning osishi sekinlashadi, turli infeksiyalarga chidamsiz boladi va organizm oz immu- nitetini yoqotadi; ♦ umr qisqaradi, tabiiy osish, kopayish kamayadi, bunga sabab organizm vaqtincha yoki tola naslsiz bolib qoladi; ♦ turli yollar bilan tanadagi nasliy genlar ozgaradi, buning natijalari ikkinchi va uchinchi avlodlarda yuzaga keladi; ♦ radioaktiv moddalar tanada toplanib (akkumulatsiya), juda ogir tiklab bolmaydigan salbiy holatlarni keltirib chiqa- radi. Òadqiqotlarning korsatishicha, radioaktiv moddalarning muhitdagi dozasi 1000 rad bolganda, inson oladi, doza 700 rad bolganda, 90 % va 200 rad bolganda esa 10 % olim holati boladi. Radiatsiya 100 rad korsatkichda bolganda saraton kasalligi kopayadi va inson tola naslsiz bolib, sterilizatsiyalanib qoladi. Yadro portlatishlarning natijalari, tabiiy muhitda radioaktiv moddalarning hosil bolishiga, atom va vodorod bombalarining yer usti va yer ostida portlatilishi sabab bolgan. Sobiq Ittifoqda birinchi atom bombasi 1949-yili portlatilgan, unga qadar ameri- 53 kaliklar 1945-yili Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarida atom bombasining sinovini otkazishgan. Malumki, 19491962-yillar ichida sobiq Ittifoqda 179 ta yadro portlatish sinovlari otgan. Ularning umumiy quvvati 452 megatonnaga teng bolgan. AQSH 1963-yilgacha 217 ta atmosferada va 89 ta yer ostida yadro sinovi otkazgan, umumiy quvvati 141 megatonna bolgan. Òabiiy radioaktivlik, yer yuzi ayrim mintaqalarining tabiiy radioaktivligi kop bolib, shu yerda yashaydigan odamlar (ma- salan, Braziliyaning ayrim joylari) har yili 1800 mlrd mr/soat qabul qiladilar. Bu oddiy dozadan 1020 marta kop. Planetadagi har bir odam tog jinslaridan yiliga 50150 mlrd, televizordan 10 mlrd, atmosferadan tushadigan radioaktiv yogindan 3 mlrd soat/nur oladi. Undan tashqari, katta shaharlardagi turli korxona- larda ham radioaktiv moddalar saqlanib, ular ham radioaktivlik tarqatuvchi manba hisoblanadi. Masalan, Moskvaning «Ãåîýêîöåíòð» patrullari shaharning turli joylarida har yili 5080 marta radiatsion nurlanuvchi xavfli joylarni aniqlashgan. Keyingi 10 yil ichida bunday joylarning soni 600 dan ortiq bolgan. Keyinchalik radioaktiv manbalarning yoqotilganligi, ular topilgan joylar kamaytirilganligi qayd qilingan. Bunday radioaktivlikning asosiy sabablari, javobgar shaxslarning oz vazifalariga befarq qarashi natijasida ayrim radioaktiv predmetlarning tashlab yuborilishidir. Moskvaning ozida 1500 ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalarda radioaktiv moddalar foydalaniladi. Shunday joylarda izotopli ampulalar befarqlik bilan tashlab yuboriladi. Yoki izotopli xavfli qoldiq maxsus joyga emas, balki umumiy axlatlarga qoshib tashlanadi. Bunday holatlar onlab bolishi mumkin. Radioizotoplar bilan ishlaydigan tashkilotlar doimiy kuzatuv ostida bolishi shart. Har bir xizmatchi qolidagi radioaktiv predmetlarga javobgar hisoblanadi. Qandaydir kich- kina izotopli predmet shu yerning radioaktivligini normadan 56 marta ortiq qilib yuboradi, atrof-muhitni, tuproqni, suvni, havoni va insonni zaharlaydi. 54 Bu yerda ayrim suv havzalarining radionuklidlar bilan iflos- lanishini korsatib otish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki, radioaktiv moddalar hamma narsaga (tosh, gisht, osimlik, hayvon, odam, tuproq, suv va h.k.) otadi va ularni zaharlaydi. Masalan, Krasnoyarsk shahrida joylashgan tog-kimyo kombinati (ÒKK) Yenisey daryosiga suniy radionuklid chiqindilar tashlaydi. Buning natijasida suvda, suv tagidagi loyqada radioaktiv iflos- lanish yuzaga kelgan. Radioaktiv iflos oqova tashlangan suv yuza- sida 0,5 m gamma nurli nuklidlarning quvvati 3000 mkR/soatga togri kelgan (daryoning ong qirgogi). Shu yerdan 20 km otgandan keyin radionuklidlikning quvvati 150 marta kamaygan. Ifloslangan joyga yaqin yerdagi tuproqlarda 10 ga yaqin nurla- nuvchi nuklidlar topilgan, ular seziy-134, 137, kobalt-60, mar- ganes-54, sink-65, yevropiy-152, 154, 155, ifloslanish manbayi- dan 500 km narida eng uzoq saqlanuvchi seziy-137 va kobalt- 60 kabi izotoplar sezilarli darajada topilgan. Òuproqqa eng kop miqdorda oqova tushgan joydan 6 km narida radiatsiya, 41 ki/km 2 .ni tashkil qilgan, 25500 km narida esa 3 dan 10 ki/km 2 .ga teng bolgan. Daryoning radionuklidlar bilan ifloslanishi 800 km, hat- toki, vodiy boyicha 1500 km.gacha kuzatilgan. Oqova tusha- yotgan joydan 1 km narida radioaktivlik ifloslanish boyicha 1500 km.gacha kuzatilgan. Oqova tushayotgan joydan 1 km narida radioaktiv ifloslanish boyicha xrom-91 ning darajasi 35 ki/km 2 , kobalt-608 ki/km 2 , sink-65 niki 4 ki/km 2 , seziy- 137 niki 2,9 ki/km 2 .ni tashkil qilgan. 3.5. Atmosferani organish usullari Yer yuzasining barcha hududlarida joylashgan yer yuzasi va suvda suzib yuruvchi meteorologik stansiyalarda doimiy 4 yoki 8 marotaba otkazilayotgan kuzatishlar yordamida yer yuzasi atmosferasi organiladi. Òog, chol va qutbning qiyin joylariga avtomat radiometeorologik stansiyalar (ARMS) ornatiladi. Odamsiz ARMSlar havo bosimi, uning harorati, namligi, shamolning tezligi va yonalishini olchab, radio tolqinlari orqali informatsiya yigish markaziga, yani gidrometsentrga uzatadi. Dunyoda birinchi marotaba ARMS 1993-yili sobiq SSSRda 55 yaratilgan. Keyingi yillarda atmosferaning pastki qatlamlari yuqori imorat va televizion minoralarda ornatilgan asboblar yordamida organilmoqda. Òroposferani maxsus asbob bilan jihozlangan samolyot va vertolyotlar yordamida ham organiladi. Atmosferani organishda shar-pilot va radiozondlar ham keng qollaniladi. Bu nisbatan kichkina rezina yoki polietilen sharlar bolib, vodorod gazi bilan toldirilib, osmonga uchiriladi. Shar- pilotlar faqat shamolning tezligini aniqlash uchun uchiriladi. Shar-pilotdan olaroq, radiozondlar kompleks asboblarni atmosferaga olib chiqadi. Bu asboblar bosim, harorat va namlikni yozib olib, radiouzatgichlar orqali yerga uzatadi. Radiozond yer yuzasida birinchi marotaba 1993-yilda Ò. Molchanov tomonidan ixtiro qilingan. Radiozondlar ortacha 30 km.ga kotariladi. Keyingi on yillar ichida atmosfera hodisalari radiolokatsiya yordamida ham organiladi. Santimetr diapazonidagi radiotolqinlar atmosfe- radagi suv tomchilaridan qaytishi natijasida bulut, yomgir, momaqaldiroq sohalari aniqlanadi. Ularning tezligi va harakat yonalishi bir necha 100 km radiusda qilinadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari meteorologik (100 km.gacha), geofizik (400 km.gacha) raketalar yordamida organiladi. Har bir raketa kerakli balandlikka olib chiqadi, keyin asboblar parashutlarda tusha boshlaydi hamda tushish davomida meteorologik kuzatuvlar olib boriladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarini organishda kosmik kema- lar, orbital kosmik stansiyalar, yerning suniy yoldoshlaridan foydalanilmoqda. 1978-yil may oyigacha sobiq SSSRda 1000 dan ortiq yoldoshlar shu maqsadda uchirilgan. Hozirgi vaqtda meteor tizimi ishlab turadi. Bunda 2 ta yoldosh bolib, qutb orbitasi boyicha 800 km.dan yuqoriroqda uchadi va u 1,5 soatda Yerni bir marta aylanib chiqadi. Meteor tizimi tinimsiz bulutlarni rasmga tushiradi, atmosfe- raning issiqlik holati va boshqa hodisalar haqida malumot beradi. Olingan malumotlar yerga beriladi. Ular ilmiy va amaliy turmushda (ob-havoni oldindan aytib berishda) qollaniladi. Dengizchilar okeandagi xavfli atmosfera hodisalari haqida ogohlan- 56 tiriladi, muzliklarning tarqalishi, qorlarning qancha tushishi va miqdori aniqlanadi. Atmosferani hozirgi zamon texnikasi bilan har tomonlama organish, tovushdan tez samolyotning taraqqiyoti, koinotni ozlashtirish, ob-havo malumoti aniqligini oshirishga va boshqa masalalarni yechishda xalq xojaligiga hamda fanning rivojlanishiga ijobiy tasir qilmoqda. Qishloq xojaligi uchun yoldoshdan olingan qorlarning suv zaxirasini, tuproqning harorati va nam- ligi, osimliklarning taqsimlanishi va ularning hosildorligi, dala, chollarda ekinlarning zararlanganligi (qanchaligi) haqida malu- mot olinadi. Bu ekinlarning holatini baholash bilan birga hosil qanday ekanligini yaxshi korsatadi. Ozbekiston Respublikasida hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini kozlab, yer hamda yerosti boyliklarini, suv re- surslarini, osimliklar va hayvonot dunyosini qoriqlash hamda ulardan ilmiy asosda oqilona, rejali foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz kopaytirib borishni ta- minlab, atrof-muhitni yaxshilash uchun zarur choralar koriladi. 1. Fizik ifloslantiruvchi moddalar deganda nimani tushunasiz? 2. Radioaktiv moddalar, izotoplar tabiatning qaysi qismlarida uchraydi? 3. Kimyoviy ifloslanish deganda nimani tushunasiz? 4. Gazsimon va suyuq uglevodlar tabiatga qanday zarar keltirishi mumkin? 5. Radioaktiv ifloslanish va radioaktiv moddalarning tirik organizm- larga bergan zararini kuzatganmisiz? 6. Atmosferani organish usullari. NAZORAT SAVOLLARI 57 4.1. Atmosferadagi namliklar manbayi Havodagi suv buglarining atmosfera jarayonlarida, shuning- dek, tirik organizmlarning normal rivojlanishida, insonlarning yashash va ishlash sharoitida ahamiyati katta. Havodagi suv buglarining miqdori havo namligi deyiladi. Namlik ikki qismdan, yani mutlaq va nisbiy namlikdan iborat. Havoning mutlaq namligi a deb, 1 m 3 havodagi suv bugining grammlarda ifodalangan miqdoriga aytiladi va g/m 3 .larda olchanadi. Havoning nisbiy namligi r deb, suv bugi elastikligining mak- simal elastiklikka nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi. Suv bugining elastikligi e deb, havodagi suv buglarining parsial bosimiga aytiladi va XB sistemasida n/m 2 .da olchanadi. Havodagi suv buglari okean, dengiz, daryo, tuproq va osimliklar yuzidan buglanishi natijasida hosil boladi. Havo namligining asosiy manbayi Dunyo okeanidir. Orta hisob bilan 23 % quyosh issiqligi buglanishga sarf boladi. Dunyo davlatlari maydonidagi havo namligini korsatadigan jadval (mm)larda hisoblanadi. Havodagi yil davomidagi eng kop namlik MDHning garbiy qismida bolib, eng oz namlik Garbiy Sibir, Orta Osiyo va Qozogistonning ustidagi havoda bolar ekan. Moddaning suyuq holatdan gaz holatiga otishi buglanish deyiladi. Bir yil davomida Dunyo okeanidan 450·10 3 km 3 , quruqlikdan esa 70·10 3 km 3 suv buglanadi. Quyosh issiqligi tasirida Dunyo okeani yuzasidan bir yil davomida 1,4 m qalin- likdagi suv buglanadi. Suv bugining gaz holatdan suyuq holatga otishi kondensatsiya deb ataladi. Bazi sharoitlarda bug togridan togri qattiq holatga otishi mumkin. Suv bugining bunday qattiq holatga otishi sublimatsiya deb ataladi. IV BOB ATMOSFERADAGI NAMLIKLAR 58 Bulutlar. Qandaydir balandlikda suv buglari toplami bulutlarni hosil qiladi. Bulutlar kondensatsiya va sublimatsiya mahsulotlaridir. Òarkibiga qarab, bulutlar uch guruhga boli- nadi: a) suyuq bulutlar, suv tomchisidan iborat; b) qattiq bulutlar muz kristallaridan iborat; d) aralash bulutlar (suv tomchilari va muz kristallaridan iborat). Suv bugining toyingan bugga aylangan balandligi konden- satsiya sathi deb yuritiladi. Atmosferada sodir boladigan bulutlar holatini kuzatishda bulutlarning miqdori, shakli va turi (har xil korinishi) yerdan bulutning quyi qatlami chegarasi bolgan balandligi aniqlanadi. Xalqaro klassifikatsiyaga muvofiq, bulutlar tort oilaga va on turga bolinadi. 1. Yuqori yarus (ularning quyi chegarasi yerdan 6 km.dan baland boladi), bularga: ♦ patsimon Cirrus-Ci (Sirrus); ♦ patsimon top-top Cirrocumulus-Cc (Sirrokumulus); ♦ patsimon serqatlam (qat-qat) Cirrostratus-Cs (Sirrostratus). Yuqori yarus bulutlari mayda muz kristallaridan iborat. Ular juda yupqa, oq bolib, ularning orasidan Quyosh, Oy va bazan havorang osmon ham korinib turadi. 2. Orta yarus bulutlari (quyi chegarasining yerdan balandligi 26 km), ularga quyidagi bulutlar kiradi: ♦ baland top-top Altocumulus-Ac (Altokumulus); ♦ baland serqatlam Altostratus-As (Altostratus). Orta yarus bulutlari yuqori yarusnikiga qaraganda ancha zichroq. Ular, asosan, muz kristallaridan va suv tomchilaridan tashkil topgan boladi. Orta yarus bulutlaridan kuchsiz yoginlar yogishi mumkin. 3. Pastki yarus bulutlari. Quyi chegarasining balandligi 2 km.dan kam. Bularga quyidagilar kiradi: ♦ serqatlam top-top Stratocumulus-Sc (Stratokumulus); ♦ serqatlam Stratus-St (stratus); ♦ yomgirli serqatlam Nimbostratus-Ns (Nimbostratus). 59 Pastki yarus bulutlari, odatda, quyuq (zich), qora, kulrang tusda boladi va osmonni qoplaydi. Ular orqali Quyosh, Oy korinmaydi. Yomgirli serqatlam bulutlardan qor va yomgir yogadi. 4. Vertikal rivojlanish bulutlari. Bunday bulutlar oilasining pastki chegarasi 4001500 m.gacha balandlikdan boshlanib, yuqori chegarasi esa yuqori yarus bulutlari balandligigacha kotarilib boradi. Bularga quyidagilar kiradi: ♦ top-top Cumulus-Cu (kumulus); ♦ yomgirli top-top Cumulonimbus-Cb (kumulonimbus). Òop-top bulutlar quyuq qalin bulutlarga aylanadi. Bulut- lardagi bunday ozgarishlar top-top bulutlarning yomgirli bulutlarga aylanishidan darak beradi, tezda yomgir, bazan esa jala quyishi, qor yogishi va hatto, dol yogishi ham mumkin. 4.2. Namlikning organizmlar uchun ahamiyati Yogin qishloq xojaligi ekinlari uchun namlikning asosiy manbayidir. Chunki osimliklar, asosan, ildiz orqali suv bilan taminlanadi. Atmosfera yoginlarining miqdori maydonlar boyicha keng miqyosda ozgaradi. Yer yuzida eng kop yogin Gavayidagi Vamaleale togida yogadi, bu yerda bir yil davomida 335 kun yogin yogadi. Ortacha yillik yogin miqdori Gavayi orolidagi Uayvil togida 1198 sm, Hindistondagi Cherrapunjada 1140 sm (1861-yilda bu yerda 2000 sm yogin yoggan). Afrika va Janubiy Amerikada orta hisobda 1 yilda 0,1 mm yogin yogadi. Sobiq Ittifoq mamlakatlari hududida eng kop yogin Kavkazda (Aushxoda bir yilda 3000 mm, Batumida 2500 mm) yogishi kuzatiladi. Eng kam yogin Markaziy Osiyo hududida yogadi. Yil davomida Krasnovodsk va Òortkolda 80100 mm yogin yogadi, xolos. Ozbekistonda eng kop yogin bahor va qish oylarida yogadi. Mart eng kop yogingarchilik oyi hisoblanadi, yoz oylarida yogin deyarli bolmaydi. Òoshkent va Samarqand shahar- lari toglarga yaqin joylashganligi uchun yogin koproq yogadi, 60 ularning yillik miqdori 330370 mm.ni tashkil qiladi. Òoshkentda ortacha bir yilda 384 mm yogin yogadi (maksimal miqdori 643 mm, minimal miqdori 141 mm.ga yetishi mumkin). Seryomgir yillarda dalalarda otlar yaxshi osadi, lalmikorlikda ekilgan ekinlarning hosildorligi yaxshi boladi. Respublikamizda bazi yillarda aprel oyida ham kuchli yomgir kuzatiladi, shu vaqtda jala va dol yogishi mumkin. Bularning ikkalasi ham bahorgi ekinlarga juda katta ziyon yetkazadi. Chunki jala va doldan keyin ancha yerlardagi chigit qayta ekiladi. Qishda yoggan qor qatlami ham kuzgi ekinlarning saqlanishiga tasir etadi. Misol: t = 30°C va qor balandligi 10 sm bolganda, 3 sm chuqurlikdagi tuproq harorati t = 16°C, agar qor balandligi 40 sm bolsa, t = 9°C boladi. Qish vaqtida qorni toplash lozim. Global isish bilan keyingi yillarda dunyo mamlakatlarida yoginlar miqdori keskin ozgarmoqda. Ilgari yoginlar 45 oy davomida va asta-sekin yoggan bolsa, endilikda tez, xuddi tropik mamlakatlardagi kabi qisqa muddatda yogmoqda. Ayniqsa, 2006- yildan buyon shu tarzdagi yoginlarning guvohi bolmoqdamiz. Yillik yogin miqdori ozgarmagan, ammo yogish muddati va usuli ozgarmoqda. 1. Atmosferadagi namliklar necha turli boladi? 2. Mutlaq namlik, nisbiy namlik, shudring nuqtasi deb nimalarga aytiladi va ular qanday birlik bilan olchanadi? 3. Havodagi namlik osimliklarga qanday tasir etadi? 4. Buglanish nima va u qanday olchanadi? 5. Kondensatsiyani tushuntiring. 6. Bulutlar hosil bolishini va ularning turlarini aytib bering. NAZORAT SAVOLLARI 63 energiyasini beradi, osimliklar osishi va rivojlanishiga tasir etadi. Quyosh yorugligi natijasida osimliklarda fotosintez jarayoni, yani hayotiy jarayon boradi, bu holat fotosintetik aktiv radiatsiya (FAR) deb ataladi. Osimliklarda boradigan fotosintez jarayoni uchun quyosh radiatsiyasining bir qismi kerak, xolos. Ushbu foydalanilgan qism fotosintetik aktiv radiatsiyani tashkil etib, uning tolqin uzunligi 0,380,71 μm. Fotosintez jarayonida quyosh radiatsiyasining 28 % i sarf boladi. Yuqori hosil olish uchun FAR qiymatlarini butun maydon boyicha hisoblash kerak, chunki qishloq xojaligi ekinlarining unumdorligi FARga bogliq. Osimliklarda organik modda toplanishi uchun quyosh radiatsiyasi tomonidan hosil qilingan energetik yoritilganlik malum nuqta (qiymat)dan ortiq bolishi kerak, bu nuqta kompensatsion nuqta deb yuritiladi. Yoruglikni koproq talab etadigan osimliklar uchun bu FAR 2035 W/m 2 chegarasida boladi. Bu qiymatdan FAR kam bolsa, osimlik nafas olishiga sarf bolgan organik moddalar toplashga nisbatan kop boladi. FAR intensivligi kompensatsion nuqtadan oshiq bolganda (0,23 kal/sm 2 · min) fotosintez sustlashadi. Bazi olimlar kompensatsion nuqtalar qiymati haqida yangi bilim va tushunchalarni kashf etishdi. Don ekinlarining yosh barglari kichik kompensatsion nuqtalarga ega. Osimliklar qarib borganda, kompensatsion nuqtalar ham ozgarar ekan. Òogri, sochilgan va yigindi radiatsiyalar qiymatiga qarab, turli koef- fitsiyentlar qoyiladi. Quyosh balandligi 30° gacha ortsa, koef- fitsiyenti ham ortadi, quyosh balandligi 30° dan yuqori bol- ganda, koeffitsiyenti kam ozgaradi va 0,43 ga teng boladi. Atmosfera ifloslanganda koeffitsiyent ham kamayadi. Quyosh balandligi kichik bolib, osmonda bulut bolmaganda koeffitsiyent qiymati 0,50,80 boladi. Y.K.Ross hisoblashiga kora: C D q0,57ΣC+0,43·ΣC S +0,57·ΣC D . Bu formuladagi C yigindi FAR; C S togri radiatsiyaga bogliq koeffitsiyent; C D sochilgan radiatsiyaga tegishli koef- fitsiyent. Òurli shaharlarga togri keladigan FAR qiymatlari 64 keltirilgan. Atmosferadan otayotganda quyosh radiatsiyasi kuchsizlanadi, chunki atmosferadagi gazlar va aerozol tomo- nidan yutiladi va sochiladi. Shuning uchun yerga yaqin joyda radiatsiyaning spektral tarkibi ham ozgaradi. 4-jadval Quyosh balandligining ozgarishiga qarab, atmosferadagi quyosh nurlarining uzunligi I z o h : bu qiymatlar dengiz sathidan bosim 760 mm simob ustuniga teng bolganda yuz beradi. Agar balandlik 5,5 km, bosim 380 mm simob ustuniga teng bolsa, quyosh zenitda bolganda nur yoli 0,5 boladi. Quyosh balandligi ozgarganda, quyosh nurlarining yoli ham ozgaradi. Ufqqa nisbatan quyosh qancha past bolsa, shunga qarab nurning yoli ortadi. Nurlar tik yonalganda mq1 deb qabul qilinadi. Quyosh gorizontda bolsa, nurlar 35 marta ortiq masofani bosadi (quyosh nurlari tik tushishiga nisbatan). Quyosh nurlari atmosferada qanchalik koproq masofani otsa, shuncha koproq yutiladi, sochiladi va shunga qarab intensivlik va spektral tarkibi ham ozgaradi. Radiatsiyaning sochilishi Reley qonuniga asosan (molekular sochilish) boladi (gaz molekulalari tomonidan radiatsiya sochilishi, agar molekula kattaligi tolqin uzunligini 0,1 qiymatini tashkil etsa). Bu qonunga asosan molekular sochilish (tarqalishi) inten- sivligi tolqin uzunligining tortinchi darajasiga teskari propor- sional: KqC/λ 4 , bu formuladagi λ tolqin uzunligi; C hajm birligidagi zarrachalar soniga bogliq koeffitsiyent. Formuladan korinadiki, binafsharangli tolqinlarning uzunligi qizil tolqin uzunligiga nisbatan 1,9 marta kam bolganligi uchun 14 martadan koproq tarqaladi (sochiladi). Kechqurun quyosh botgandan h s o y u q n a t a b s i n a q q f U °. .. ,i g il d n a l a b 0 9 0 6 0 3 5 1 5 3 1 0 n i q l o t a d a r e f s o m t A ) m ( il o y i g il n u z u 0 0 , 1 5 1 , 1 0 0 , 2 2 8 , 3 0 4 , 0 1 6 3 , 5 1 6 9 , 5 2 ≈ 5 3 65 song shomning davom etishi yil fasliga, joyning geografik kengligiga bogliq. Agar aerozol zarrachalarining kattaligi nur uzunligidan kattaroq bolsa, sochilish kattaligi nur uzunligiga uncha bogliq bolmaydi. Nurning yolida qancha sochilgan va yutilgan zarralar kop bolsa, atmosfera tozaligi shuncha kamroq boladi. Atmosferaning tozalik koeffitsiyenti quyidagi formula yorda- mida topiladi: 0 0 yoki . Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling