Davolash ishi – 14 guruh talabasi abdurasulova xavojon jumanazar qizi


Download 63.13 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1427055
  1   2   3   4
Bog'liq
biofizika mustaqil ish Abdurasulova xavojon

Davolash ishi – 14 guruh talabasi abdurasulova xavojon jumanazar qizi

Mavzu: Qattiq jismlar va biologik to’qimalarning mexanik xossalari.

Qattiq jism-moddaning shakli turg’un agregat holatidir. Bu holatda modda atomlarining issiqlik xarakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat bo’ladi. Kristal va amorf qattiq jismlar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi. Amorf jismlarda atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq jismning turg’un (eng kichik ichki energiya) holati kristall xolatdir.

Elektron kashf etilishi bilan qattiq jismning elektron nazariyasi rivojlana boshladi. Nemis fizigi P.Drude (1900) quyidagi frazani ilgari surdi: Metallardagi valent elektronlar atomlar bilan bog’lanmagan bo’lib, kristall panjarani to’ldiruvchi erkin elektronlar gazini hosil qiladi va odatdagi siyraklashgan gazga o’xshab Boltsman taqsimotiga bo’ysunadi.

Qattiq jismlarning mexanik xossalariga biz deformatsiya haqida tarif berishimiz mumkin. Deformatsiya-deb tashqi kuch tasirida jismlar shakli va hajmi o’zgarishiga aytiladi. Deformatsiya kattaligi jismning o’lchamlariga, qo’yilgan kuchning qiymatiga va jismning moddasiga bog’liq bo’ladi. Jism moddasining xususiyatiga qarab deformatsiyalar elastik va qoldiq deformatsiyalarga bo’linadi. Elastik deformatsiya deb tashqi kuch tasiri tugatilishi bilan jismning o’zgargan shakli va hajmi tiklanadigan deformatsiyaga aytiladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan jismlarga elastik jismlar deyiladi. Agar tashqi kuch ta’siri tugatilgandan keyin jismning o’zgargan shakli va hajmi tiklanmasa bunday deformatsiyaga qoldiq (plastik) deformatsiya deyiladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan jismlarga esa plastik jismlar deyiladi.

Jismlarning bir necha xil deformatsiyasi farqlanadi bularni biz quyidagicha farqlaymiz: SIQILISH-CHO’ZILISH-EGILISH-SILJISH-BURALISH

Tayanch harakat apparati. Skelet suyaklari. Odamning tayanch-harakat apparati skeletning bir-biri bilan birlashgan suyaklaridan iborat bo’lib, bu suyaklarga ma’lum nuqtalarda muskullar birikkan bo’ladi. Skelet suyaklari richaglar kabi ishlaydi. Ular bitishmalarda tayanch nuqtaga ega bo’ladi va muskullarning tortishish kuchi ta’sirida harakatga keltiriladi, tortishish kuchi esa muskullarning qisqarishidan paydo bo’ladi.


Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling