«davr nashriyoti»


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana24.06.2017
Hajmi3.01 Kb.
#9759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

VI  Оlimpiada o‘yinlari 1916-yilda Germaniyaning Berlin 
shahrida bo‘lishi kerak edi. Urush tufayli u o‘tkazilmagan. Ammo 
nemislar Gryunevaldega stadion qurishgan. Stadiondagi futbol 
maydoni 120 m x 70 m, yugurish yo‘lagi 600 metr, velotrek  esa 
660 metrni tashkil qilgan. Stadion juda noqulay bo‘lganligi sab-
abli, keyinchalik qayta ta’mirlangan. 
VII  Оlimpiada o‘yinlari 1920-yilda Belgiyaning Antverpen 
shahrida o‘tgan. Antverpen stadionining uzun yoy shaklidagi 
tribunalari o‘ziga 6000 tomoshabinni sig‘dirgan. Tribunaning 
g‘arbiy qismida tomoshabinni yomg‘irdan to‘suvchi moslama 
bo‘lgan. 
VIII  Оlimpiada o‘yinlari 1924-yilda Parij shahrida bo‘lgan. 
Оlimpiada uchun «Kolomb» stadioni qurilgan. Stadionda 450 
metrlik yugurish yo‘lagi bo‘lib, bu sportchilar uchun noqulay 
bo‘lgan. Shu sababli boshqa foydalanilmagan. «Kolomb» stadioni 
yirik sport kompleksi bo‘lib, unda asosiy sport maydoni, suzish 

 15
havzasi, tennis korti, har xil mashq va yordamchi sport inshootlari 
bo‘lgan.  
IX Оlimpiada o‘yinlari 1928-yilda Gollandiyaning Amsterdam 
shahrida bo‘lgan. Amsterdam stadionida bosh arenadan tashqari 
futbol maydoni va 7000 o‘rinli tennis korti, 50m x 18metrli suzish 
havzasi va har xil sport turlari  bilan shug‘ullanish uchun may-
donchalar bo‘lgan. Asosiy sport maydoni yonida kurash, gimnas-
tika, qilichbozlik va boks uchun sport zallari joylashgan. Stadion 
hududida yengil avtomashinalar va velosipedlar uchun turish joyi 
ham bo‘lgan. Asosiy arena tribunasiga oldiniga 40 000 tomoshabin 
sig‘ib, undan 16 000 nafari musobaqalarni tik turib tomosha qilgan. 
Keyinchalik tribunadagi o‘tirish joylari 60 000 ga yetkazilgan. Tri-
buna osti bo‘shlig‘iga yordamchi sport inshootlari joylashtirilgan. 
Оlimpiada o‘yinlari 1932-yilda Amerika Qo‘shma Shtatla-
rining Los-Anjeles shahrida bo‘lgan. X  Оlimpiada uchun juda 
yirik 100 000 o‘rinli Los-Anjeles stadioni qurilgan. Uning arenasi-
da 105x70 metrli futbol maydoni, atrofi da 40 metr va 450 metrli 
yugurish yo‘lagi bo‘lib, asosiy maydondan tashqari ochiq suv 
havzasi ham qurilgan.  
 4-rasm. Los-Anjeles shahridagi  stadion.

 16
XI  Оlimpiada o‘yinlari 1936-yilda Germaniyaning Berlin 
shahrida bo‘lgan. Bu Оlimpiadada Grenevald stadioni vayronasi 
o‘rniga 100  000 o‘rinli Berlin stadioni qurilgan yerda birinchi mar-
ta sopol aralashmasidan yugurish yo‘lagi qurilgan. Unda D.Suens 
100 m li masofani 10,2 sek yugurib o‘tgan. Berlin stadioni 90 ga 
(gektar) maydonni egallab, unda asosiy sport maydonidan tashqari 
ochiq suzish havzasi, gimnastika zallari, futbol maydoni va mashq 
qilish maydonlari bo‘lgan.    
XII Оlimpiada o‘yinlari 1940-yilda Finlyandiyaning Xelsinki 
shahrida bo‘lishi kerak edi, ammo bo‘lmagan.
XIII  Оlimpiada o‘yinlari 1944-yilda Angliyaning London 
shahrida bo‘lishi kerak edi. Ikkinchi jahon urushi sababli olim-
piada o‘tkazilmagan.
XIV Оlimpiada o‘yinlari 1948-yilda Angilyaning London shah-
rida bo‘lib o‘tdi. Оlimpiada uchun alohida stadion qurilmagan, sa-
babi ikkinchi jahon urushi mamlakatni iqtisodiy qiyin ahvolga olib 
kelgan edi. 
XV Оlimpiada o‘yinlari 1952-yilda Finlyandiyaning Xelsinki 
shahrida bo‘lgan. Xelsinkidagi Оlimpiada stadioni 1940-yildan 
1952-yilgacha qurilgan. Asosiy sport maydonlari tribunasiga 
60 000 tomoshabin sig‘gan. Sport arenasida 105x70 m li futbol 
maydoni, 400 metrli sopol qoplamali yugurish yo‘lagi va yana 
ochiq suzish havzasi, katta sport zali, shug‘ullanish maydonlari, 
yengil atletika yadrolari bo‘lgan. 
XVI  Оlimpiada o‘yinlari 1956-yilda Avstraliyaning Melburn 
shahrida bo‘lib o‘tgan. Оlimpiadagacha Melburn stadioni qayta 
ta’mirlangan temir-betonli tribunalarning soni 100 000 o‘ringa 
keltirilgan. Sport maydonida uch qatorli 400 m li yugu rish yo‘lagi 
bo‘lib, uning ustki qoplamasi Angliyadan keltirilgan. Ammo 
uning sifati uncha yuqori bo‘lmagani sababli, o‘yinlardan so‘ng 
olib tashlangan.
XVII  Оlimpiada o‘yinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shah-
rida bo‘lgan. Оlimpiadagacha Rimning har bir rayonida har xil 
sport inshootlar, hamma sport turlari uchun komplekslar qurilib 
bitkazilgan. Asosiy sport maydoni tribunasiga 80 000 tomoshabin 
uchun o‘rin bo‘lib, unda 105x70 m futbol maydoni, sopol qopla-

 17
mali 400 m li yugurish yo‘lagi joylashgan. Rim sport inshootlari-
dan o‘zining me’morchiligi va foydalanish jihatdan qulay bo‘lgan 
«Palatsso dello Sport» va «Platsetta» larda hozirgacha turli sport 
o‘yinlari, gimnastika va boks musobaqalari o‘tkazib kelinadi. 
XIII Оlimpiada o‘yinlari 1964-yilda Yaponiyaning Tokio shah-
rida bo‘lgan. Tokioda juda ko‘p sonli o‘ziga xos sport inshoot-
lari qurilgan. Tokio markazida asosiy olimpiada shoxobchalari, 
asosiy stadionlar, Оlimpiada bog‘i joylashib, unda yopiq maydon, 
yopiq suzish havzasi, beysbol va regbi uchun stadion bo‘lgan. Ik-
kita yopiq universal maydonli Yoglar sport bog‘i, Оlimpia sha-
harchasidan iborat bo‘lgan. Qolgan sport inshootlari shahardan 
20 km tashqariga qurilgan. Tokio stadioni 100  000 tomoshabinga 
mo‘ljallangan. 
XIX Оlimpiada o‘yinlari 1968-yilda Meksikada bo‘lgan. Mek-
sika Оlimpiadasida musobaqalar o‘tkazish uchun 16 ta yirik kom-
pleks va 27 ta mashq qilish uchun majmua barpo qilingan.  
XX  Оlimpiada o‘yinlari 1972-yilda GFR Myunxen shah-
rida o‘tkazilgan. Myunxen olimpiadasi shahar markazidan atigi 
4 km uzoqlikda o‘tkazilib, sport inshootlari ilg‘or texnika bilan 
ta’minlangan. 
Оlimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan hududni shahar xiyobon-
lari va uncha katta bo‘lmagan kanal o‘rab turardi. Оlimpiada 
sport kompleksi Myunxendan bir necha yuz metr uzoqlikda edi. 
Оlimpiada o‘yinlari «Оlimpiada o‘yinlariga qisqa yo‘l» shiori os-
tida o‘tkazilgan.
Myunxenliklar, Rim, Tokio va Mexiko  tajribasiga asoslanib, 
ularnikidan yaxshiroq sport inshootlarini barpo qilish uchun bar-
cha imkoniyatlarni ishga solgan. Natijada, davr talablariga to‘liq  
javob bera oladigan sport arenalari qurib bitkazilgan.
XXI  Оlimpiada o‘yinlari  1976-yilda Kanadaning Monreal 
shahrida bo‘lgan.
Bu Оlimpiada uchun sport komplekslari tayyorlanib, unda har 
xil sport o‘yinlari va turlari, jumladan,  futbol uchun inshootlar 
mavjud bo‘lgan. Yengil atletika, kurash, qilichbozlik, gimnastika 
zallari, suv havzalari, eshkak eshish uchun sport komplekslari 
qurib bitkazilgan. 

 18
5-rasm. Myunxen shahridagi «Оlimpia» stadioni.
6-rasm. Kanadaning Monreal shahridagi «Оlimpia» stadioni.

 19
XXII  Оlimpiada o‘yinlari 1980 yilda Moskvada o‘tkazilgan. 
Оlimpiada o‘tkazish muddati qisqa bo‘lib, uy-joy, ishlab chiqa-
rish korxonalari qurilishi miqdorini pasaytirmasdan 70 ta olim-
piada shoxobchasi qurilgan va qayta ta’mirlangan. Ulardan eng 
yiriklari: «Оlimpiyskiy» sport kompleksi. Krilatskiy yopiq velo-
treki, Оlimpia shaharchasi, Оstankinodagi telekompleks, Izmay-
lovodagi mehmonxona kompleksi. Parus sport bo‘yicha olimpia-
da musobaqalarini Tallinda o‘tkazishga yuqori darajada tayyorlik 
ko‘rilgan. Futbol bo‘yicha dastlabki tur o‘yinlar Sankt-Peterburg, 
Minsk va Kiyev shaharlardagi stadionlarda o‘tkazilgan.  
7-rasm. «Krilatskiy» yopiq velotreki.
8-rasm. Moskvadagi Tinchlik prospektidagi «Оlipiyskiy» sport komplek-
sining suzish havzasi.

 20
XXIII Оlimpiada o‘yinlari 1984-yil Los-Anjelesda o‘tkazildi. 
XXIV Оlimpiada o‘yinlari 1988-yilda Seulda o‘tkazilishi e’lon 
qilindi. Aholi soni jihatidan jahonda oltinchi o‘rinda turadigan 
Janubiy Koreya poytaxti Seul mamlakatning yuragi, davlatning 
siyosiy, moliyaviy, diplomatik, ilmiy va madaniy markazi hisobla-
nadi. Seulda 1981-yildan boshlab juda ko‘p yangi sport inshootlari 
qurildi. Shu jumladan, chiroyli Оlimpia stadioni qurilib ishga top-
shirildi. Bundan tashqari ko‘p eski stadionlar qayta rekonstruksiya 
qilindi va ta’mirlandi. 
1988-yildagi  Оlimpiada 159 mamlakatdan 9633 sportchini 
qabul qildi. Ular orasida O‘zbekistondan ham 9 nafar sportchi bor 
edi. Vakillarimiz sportning 9 turi bo‘yicha bellashdilar. Ularning 
deyarli barchasi sovrindor bo‘lishdi. Tadbirlarga jami 8757 nafar 
jurnalist jalb qilindi.  
9-rasm. Seuldagi «Yamsil» Оlimpia stadioni.
XXV yozgi Оlimpiada o‘yinlari Ispaniyaning eng yirik shahar-
laridan biri Barselonada bo‘lib o‘tdi. Bu shaharga 173 mamlakat-
dan 15,5 mingdan ortiq vakil tashrif buyurdi. Ular orasida Musta-
qil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining 654 dan ortiq vakili 
bor edi. Bu Оlimpiadada O‘zbekistondan 17 sportchi ishtirok etdi. 
Ular sportning 8 turi bo‘yicha bellashdilar.

 21
Ma’lumki, jahon sportchilarining mahorati kun sayin oshmoq-
da. Yoshlar o‘rtasida sportga qiziqish o‘smoqda. Xalqaro sport 
musobaqalari faqat sportchilar yoki mutaxassislarnigina emas, 
balki yirik davlatlarning ham shon-shuhratini oshirmoqda.
 
10-rasm. Barselona shahridagi «Luis Kompani» 
Оlimpia  stadioni.
XXVI Оlimpia o‘yinlari 1996-yilda Atlanta (AQSh) shahrida 
bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar zamonaviy olimpiada harakatining 100 
yilligiga bag‘ishlandi. Bu o‘yinlarni o‘tkazish uchun yangi sport 
inshootlari ishga tushirildi. Bir necha stadionlar rekonstruksiya 
qilindi va ta’mirlandi.  
AQSh ning Atlanta shahridagi Оlimpia stadionida yangi asr 
oldi o‘yinlari mash’alasi yondirildi. O‘t oldirish taniqli bokschi 
Muhammad Ali (Kassius Kley) ga topshirildi. 
Оlimpia o‘yinlarida ba’zi noxush holatlar ro‘y berdi. Terrorchi-
lar yashirgan bombaning portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 
110 kishi jarohatlandi.
XXVII  Оlimpiada Sidneyda bo‘lib o‘tdi va u XX  asrning 
so‘ng gi  Оlimpiadasi bo‘ldi.
Avstraliyada  Оlimpia o‘yinlari birinchi marta 1956-yili yoz 
davri boshida o‘tkazilgan edi. Aynan shu vaziyat deyarli jahonning 
hamma yetakchi jamoalarining olimpia o‘yinlari oldi tayyorgar-

 22
ligi jadvalini tubdan o‘zgartirishga majbur qildi. XVI Оlimpiada 
o‘yinlariga qurilgan barcha sport inshootlari qaytadan rekonstruk-
siya qilindi va yangi sport inshootlari qurildi. 
Оlimpia o‘yinlari Sidneyda (Avstraliya) 2000-yilning 15- 
sentabridan 1-oktabrigacha o‘tkazildi. Bu vaqtda ob-havo sharoit-
lari ham olimpia terma jamoalari uchun qulay va odatiy edi. 
A)
B)
11-rasm. Atlantadagi «Atlanta» olimpia stadioni. A) tashqi tomondan 
ko‘rinishi. B) ichki tomondan ko‘rinishi.

 23
12-rasm.Avstraliyadagi Melburn Park  sport inshootining «Margaret 
Court Arena»  tennis korti.
XXVIII  Оlimpia o‘yinlari 2004-yil 13–29-avgust kunlari 
Gretsiyaning Afi na shahrida  o‘tkazildi. Yozgi  Оlimpia o‘yinlari 
ochilish va yopilish marosimlari Afi naning «Оlimpia» stadionida 
bo‘lib o‘tdi.
13-rasm. Afi nadagi «Оlimpia» stadioni.

 24
Stadion 1982-yili  yengil atletika bo‘yicha Yevropa  chempi-
onatini o‘tkazish uchun maxsus qurilgan. Оlimpia stadioni avval 
«Spiros Luis» deb nomlangan. Inshoot shaharning shimoliy to-
monidagi Marussi tumanida joylashgan. Stadionni qurish ishlari 
1980-yili boshlanib, 1982-yili 8-sentabrda tugatilgan.
Оlimpia shaharchasi 100 gektar maydonni tashkil etgan. Yangi 
sport inshootlari qurildi, eskilari esa ta’mirlandi.
XXIX    Оlimpia o‘yinlari 2008-yil 8–24-avgustda Xitoy ning 
Pekin shahrida o‘tkazildi. Оlimpia o‘yinlari tarixida Pekinda 
o‘tkazilgan olimpia o‘yinlari eng ko‘p xarajatli bo‘ldi. Xitoy davlati 
faqatgina sport inshootlariga  40 milliard dollardan ortiq  mablag‘ 
sarfl adi.  Shu vaqtgacha hech qaysi davlat bunchalik ko‘p  mablag‘ 
sarfl amagan. Xitoy mamlakati olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uc-
hun oldiga qo‘ygan yuksak vazifani bajarishga erishdi va minglab 
sportchilarni qabul qilish uchun  barcha shart-sharoitlar muhayyo 
etildi.  Har bir qurilgan inshoot Pekinning kichik bir durdonasiga 
aylandi.  Оlimpia o‘yinlari ochilish marosining texnik qismi mam-
lakatni so‘nggi kosmik texnologiyalari asosida  bajarilgan.  «Qush 
ini» da o‘rnatilgan olimpia chashasining  mustahkamligini va 
chidamliligini tekshirib ko‘rish uchun ham  xuddi shu texnologi-
yalar asosida,  ya’ni «Shenchjou» rusumidagi kosmik uskunasida 
testdan o‘tkazilgan.
14-rasm. Pekindagi Milliy stadion.

 25
Milliy stadion - konstruksiyasi temirdan mohirona to‘qilgani  
uchun «Qush ini» deb nomlangan, u Pekin  olimpiadasi va Pa-
ralimpiada ochilish va yopilish  marosimlarini o‘tkazish uchun  
asosiy arena bo‘lgan (14-rasm). Оlimpia shaharchasi - 66 gektar 
maydonni egallab olgan. Unga Оlimpiada o‘yinlari vaqtida 16 000 
va Paralimpiada o‘yinlari vaqtida 7000 sportchi va delegatsiya 
a’zolari sig‘adi. 
Nazorat savollari:
1. Zamonaviy sport inshootlari tarixi qachondan boshlangan?
2. Zamonaviy sport inshootlaridan qaysilarini bilasiz?
3. Оlimpia o‘yinlari uchun maxsus barpo etilgan qaysi sport inshootlarini 
bilasiz?
 
O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI  SPОRT 
INSHООTLARINING QURILISHI HAQIDA MA’LUMОT
Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalar kabi jismoniy 
madaniyat va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib 
qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero yurt sog‘ligi 
mamlakatning eng katta boyligi ekani hammaga yaxshi ayon.
Jismoniy madaniyat va sport rivojida yurtimizda ko‘plab sport 
inshootlari barpo etilib, foydalanishga topshirilgani hal qiluvchi 
omil bo‘lmoqda. 
Istiqlol yillarida poytaxt Toshkentda barpo etilgan «Jar» sport 
majmuasi, «Yunusobod» sport majmuasi, «Bunyodkor» stadioni, 
«Lokomotiv» sport majmuasi zamon talablari darajasida jihozlan-
gani xalqaro sport hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda dastlabki sport inshootlaridan sanalgan «Pax-
takor» stadioni qayta ta’mirlanib, xalqaro musobaqalar o‘tkazish 
uchun moslashtirildi.
Yurtimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor 
samarasi o‘laroq gimnastika majmuasi barpo etildi. 
Bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga ham katta ahami-
yat berilmoqda. Barcha viloyatlarda Оlimpia zaxiralari kollejlari 
qurildi, rekonstruksiya qilindi. 

 26
Uch bosqichli sport musobaqalari tizimi «Umid nihollari», 
«Barkamol avlod» va «Universiada» bellashuvlariga mezbonlik 
qilgan viloyatlarda qator sport inshootlari qurilib, ta’mirlanib va 
rekonstruksiya qilinib, kelgusida shu viloyat bolalar va o‘smirlari 
ixtiyoriga topshirilmoqda.
Toshkent, Buxoro, Namangan kabi viloyatlar aholisi bu mu-
sobaqalarga tayyorgarlik doirasida qurilgan sport inshootlaridan 
endilikda zo‘r mamnuniyat bilan foydalanib kelmoqda. 
Nazorat savollari:
1. O‘zbekistonda sport inshootlarini barpo etishga ko‘rsatilayotgan e’tibor 
haqida gapirib bering.
2. Viloyatingiz (shahringiz) da barpo etilgan sport inshootlari haqida ga-
pirib bering. 
SPОRT INSHООTLARINI TОIFA VA DARAJALARGA 
BO‘LISH
Dunyo sport qurilishi amaliyotida sport inshootlarining yagona 
tasnifi  yo‘q. Bir qator mamlakatlarda sport inshootlarini tasnifi  va 
toifalarga bo‘lishning o‘z uslublari ishlab chiqilgan. 
1996-yil 26-martda sport inshootlarini aniq belgilash uchun 
qisqacha tavsifnomali tasnifi  kiritilib tasdiqlandi. Bu yagona 
tasnifl  ash yordamida sport inshootlarini tabaqalash, hisoboti va 
pasportizatsiyasi bajariladi. Bu sinfl ash asosida sport qurilmalari 
quyi dagilarga  bo‘linadi:
1) me’yoriy-rejalashtirilgan va hajmli-konstruktiv tuzilishli;
2) hajmli-rejalashtirilgan tuzilishli;
3) kengligi hisobga olingan holda qurilgan;
4) ishlatilish holatiga qarab qurilgan;
5) shahar tipi rejasiga qarab qurilgan;
6) foydalanish holati va o‘ziga xosligi.
Me’moriy – rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlari:
a) hajmli (kengligi);
b) tekislikdagi inshootlarga bo‘linadi. 

 27
Hajmlilariga hamma yopiq sport inshootlari: sport zallari, sport 
saroylari, yopiq suv havzalari va manejlar kiradi. 
Tekislikdagilarga sport maydonlari va maydonchalar, yengil 
atletika va konki otish yo‘lkalari, chang‘i va tog‘ chang‘isi tras-
salari, kross uzunligi kiradi.
Hajmli – rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlari:
a) yopiq;
b) ochiq sport inshootlari kiradi.
Yopiq inshootlar – bu o‘quv mashqlanish jarayoni va muso-
baqalari o‘tkaziladigan yopiq zallar, manejlar, basseynlar, sport 
saroylaridir. 
Оchiq sport inshootlariga yuqoridagi aytilgan jarayonlar ochiq 
havoda, binodan tashqarida o‘tkaziladigan inshootlar kiradi:
Kengligi hisobga olingan holda qurilgan inshootlar: 
a) alohida inshootlar;
b) kompleks inshootlar.
Alohida inshootlar sportning bir turi uchun mo‘ljallangan in-
shootlardir (maxsuslashtirilgan zallar, bitta hovuzli suv havzasi, 
maydon va maydonchalar, yengil atletika va konkida yugurish 
yo‘laklari, velotreklar). 
Kompleks sport inshootlari bir hududda yoki bir binoda joy-
lashgan bir necha alohida va har xil sport turlariga mo‘ljallangan 
sport inshootlaridir (stadionlar, sport saroylari, bir necha hovuzli 
suv havzalari, kompleks maydonlar, ko‘p zalli sport korpuslari va 
boshqalar).
Shahar tipi rejasiga muvofi q qurilgan inshootlar aholi yashash 
tarkibiga qarab rejalashtiriladi:
1) mikrotuman (kichik tuman aholisini, yashash uylari va alo-
hida uylari) aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi; 
2) tuman (yashaydigan aholisiga yoki tuman ishlab chiqarish 
korxonalari) aholisiga xizmat qiluvchi;
3) tumanlararo xizmat qiluvchi;
4) umumshahar (shaharni yoki posyolkani hamma aholisini) 
hududida xizmat qiluvchi sport inshootlari.
Foydalanish holati va maxsus belgilanishiga ko‘ra qurilgan 
sport inshootlari quyidagilar:

 28
a) o‘quv-sport, ya’ni faqat o‘quv-mashg‘ulot jarayoni uchun 
mo‘ljallangan;
b) namoyish etish uchun, ya’ni musobaqalarni tomoshabin 
ishtirokida o‘tkazishga mo‘ljallangan;
d) aholining faol dam olishi uchun mo‘ljallangan (bularga sayl-
gohlar, tog‘lardagi dam olish bazalari kirib, ularda aholi bilan jis-
moniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari olib boriladi);
e) maxsuslashtirilgan sport inshootlari (bular davolash, 
sog‘lomlashtirish va bolalar bilan sport mashg‘ulotlari o‘tkazish 
uchun mo‘ljallangan inshootlardir). 
Har bir sport inshooti tarkiban 3 bo‘linmadan tuzilgan. Mu him 
qismi asosiy inshoot bo‘lib, bu – jismoniy tarbiya va sport ama-
liy mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootdir. Masalan, bas-
ketbol uchun o‘yin maydoni, xokkey uchun muzli tekislik, suzish 
uchun suv havzasi, sport yadrosi va boshqalar. 
Qolgan ikkita bo‘lim – yordamchi va tomoshabin uchun in-
shootlardir. Agar sport inshooti faqat o‘quv mashg‘uloti uchun 
mo‘ljallangan bo‘lsa, u yerda tomoshabin uchun maxsus jihozlar 
bo‘lmasligi kerak.
Yordamchi sport inshooti – shug‘ullanuvchi va musobaqa qat-
nashchilariga xizmat qiladi. Bu inshootlarga garderob, yechin-
ish-kiyinish xonasi, dush, uqalash xonasi, uslubchilar xonasi, 
murabbiylar xonasi, tibbiyot xodimlari xonasi, hakamlar xonasi, 
sportchilar uchun yuvinish xonalari va boshqalar kiradi. 
Yordamchi inshootlar tarkibiga yana asosiy sport inshooti ning 
ishlatilishini ta’minlovchi xonalar: ma’muriy, xo‘jalik (jihozlar 
saqlanadigan hujraxona) va texnik muhandisi xizmatchi xonalari, 
suv isitish va elektr ta’minoti, axborot va hisobga olish, radio va 
televideniye, telefon aloqalari, suvni tozalash-dezinfeksiya, muz-
latish va boshqalar kiradi.  Tomoshabin uchun inshoot – bunga 
tribunalar (o‘rnatilgan yoki qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan), 
skameykalar, stullar, asosiy inshoot oldida turish uchun joylar 
(sport yadrosi, basseyn, maydon) va xizmat ko‘rsatish xonalari 
(pavilonlar, foye bufetlar, qahvaxona, tibbiy xizmat xonasi va 
boshqalar) kiradi. 
Bir tipli sport inshootlari o‘zining kattaligi bilan tabaqalarga 
bo‘linadi. Sport inshootlarinig oltita tabaqasi belgilanib, ular 
quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:

 29
- tribunadagi joylarning soni va ochiq sport maydonlarining 
soni (stadionlar); 
- hovuzlarning kengligi va soni;
- tribunalardagi o‘tirish joylarining soni, sun’iy ravishda muz-
latilgan muz joylarining soni (sport saroylari); 
- ochiq va yopiq tipdagi sport inshootlari soni va sportchilar 
uchun yashash xonasining soni (o‘quv-sport bazalari);
- chang‘ilar soni (chang‘i bazalarida);
- masofali mexanizatsiya bilan ta’minlangan jihozlangan tir-
larning mavjudligi (o‘q otish joyi);
- aylana shaklidagi oshish uchun devorlar va zovurlar (tran-
sheyalar) soni (o‘q-otish ovchilik devorlari);
- katta kemalar soni (eshkak eshish bazalari, yaxtklublar va 
suv-motor bazalari);
- alohida inshootlar soni (kompleks maydonlarda);
- tramplin kattaligi, hisoblangan sakrash uzunligi (chang‘i 
tramplinlarida);
- alohida sport zallarining tarkibiy soni. 
SPОRT INSHООTLARINING TURLARI
Maxsus
Kompleks
ochiq
yopiq
ochiq
yopiq
Sport turlari bo‘yicha 
maydonlar.
Futbol maydoni.
Regbi,chim ustida 
xokkey, ot sporti, 
kamondan o‘q otish 
maydonlari.
Yengil atletika yo‘lagi.
Оchiq suzish havzasi, 
o‘q otish tiri va h.k.
Sport zallari.
Suzish havzalari.
Manejlar, 
velodromlar,
O‘q otish tirlari.
Shaxmat, shashka 
klublari. Tennis  
korti.
Stadionlar sport 
yadrosi, komleks 
maydonlar, 
kompleks 
suzish  havzalari, 
zamonaviy ko‘p 
kurash, eshkak 
eshish kanali, 
yaxtklublar, suv 
sporti bazalari.
Yopiq stadion,
Sport saroylari,
Ko‘p zalli sport
majmualari.
Kompleks 
binolarda 
universal sport 
zallar. Yopiq 
va yarim ochiq 
tirlar.
Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling