Dengiz gidroid poliplari, obeliya koloniyasining tuzilishi


Mavzu:Organik Olam va unda hayvonot dunyosining hozirgi zamondagi sistematik holati


Download 1.52 Mb.
bet16/31
Sana20.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1038521
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
DENGIZ GIDROID POLIPLARI, OBELIYA KOLONIYASINING TUZILISHI.

Mavzu:Organik Olam va unda hayvonot dunyosining hozirgi zamondagi sistematik holati.
Hayvonlar sistematikasi -sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga kiritadi.

Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. U «Tabiat sistemasi» (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark «Umurt-qasizlar sistemasi» (1801) va «Zoologiya falsafasi» (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye «Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi» (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.

J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi. Mas, umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.

Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navba-tida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bila-teral) simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar (chuvalchanglar, mollyus-kalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.

Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sar-komastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktan-lilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chala-xordalilar, pogonoforalilar va xor-dalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum.Hayvonlami turli jihatdan o'rganish mumkin. Shuning uchun ham

Mavzu: Xlorofitlar tipi. Volvokssimonlar sinfi. Alveolatalar, yoqali xivchinlilar, retortamonadalar va axostylatalar tiplari


Xivchinlilar. O‘simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo‘lib yashaydi. Koloniya bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan hujayralami ajralib ketmasdan bir-biri bilan bog‘langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashil plastinkachaga o ‘xshash gonium (Gonium pektorale)
koloniyasi ko‘p uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralardan tuzilgan. Hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o‘zaro tutash. Xivchinlaming eshkakka o ‘xshab bir me’yorda harakat qilishi natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko‘pincha 32 ta (ba’zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan tuzilgan, bo‘lib, shar shaklda bo‘ladi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil jinssiz bo‘linib kо‘payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o ‘zida ko‘payish kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo‘iinishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo‘lgan yosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng bo‘ladi. Keyinchalnk ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslaming sharsimon koloniyasi juda murakkab tuzilgan. Masalan, Volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, Volvoks globatoresa 20 minggacha hujayradan iborat bo‘lib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralaming
o ‘zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan to‘lib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog‘ ko‘zcha) va ikkita xivchin bo‘ladi. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me’yorda tebranishi natijasida dumalayotgan sharga o‘xshab suzib yuradi. Koloniya doimo muayyan bir tomoni bilan olg‘a suzadi. Koloniyaning bu tomonidagi hujayralar ko‘zchalari qarama-qarshi tomondagi ko‘zchalarga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Volvoks koloniyasidagi juda ko‘p hujayralar orasida faqat bir qism (4-10 ta) hujayralar bo‘linish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniyaning pastki tomonida joylashgan bo‘lib, ular vegetativ hujayralar deb ataladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo‘linib, yosh koloniyalami hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniyalar hosil bo‘ladi. Yosh koloniyalar о ‘sib, yiriklashgan sari
ona koloniya ichiga sig ‘masdan qoladi. Ona koloniya yorilib nobud bo‘ladi,
Yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit bo‘lganida ona koloniyadan chiqmagan yosh koloniyalar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o ‘simliksimon xivchinlilar koloniyasi palintomik koloniyalar hisoblanadi. Chunki koloniyadagi tamma hujayralar (gonium, eudorina) yoki faqat vegetativ hujayralar (volvoks) о ‘sib yiriklashmasdan ketma-ket bolinish (palintomiya) yo‘li bilan birdaniga bir necha yosh koloniyalami hosil qiladi. O‘simliksimon xivchinlilaming ko‘pchilik turlari faqat jinssiz ko‘payadi. Jinsiy ko‘payish asosan koloniali xivchinliar va ayrim yakka yashovchi xivchinlilarda uchraydi. Yakka yashovchi xivchinlilarning jinsiy hujayralari bir xil kattalikda bolib, erkak va urg‘ochi gametalami ajratib bo‘lmaydi. Jinsiy ko‘payishning bu xili izogamiya, ya’ni teng gametalik deyiladi.
Koloniali yashil xivchinlilaming hujayrasi har xil kattalikdagi gametalar hosil qiladi. Masalan, 8 hujayrali bir muncha sodda tuzilgan stefanosfera (Stephanosphera) koloniyasi uchun izogamiya xos bo‘Isa, 16 hujayrali pandorina (Pandorina)da gametalar ixtisoslasha boshlaganini ko‘rish mumkin. Uning gametalaridan biri ikkinchisiga nisbatan biroz yirikroq bo‘ladi. 32 hujayrali eudorinaning ayrim koloniyasida hamma hujayralar bo‘linmasdan yirikroq jinsiy hujayralar makrogametalami, boshqa koloniyasi hujayralari esa palintomik yo‘l bilan ikkiga bo‘linib, 64 ta mikrogametalarni hosil qiladi. Makrogameta tuxum. mikrogameta urug‘ hujayrasi bo‘lib hisoblanadi.
Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum hujayra (makrogameta)larga aylanadi, 5-10 hujayralar urug‘ hujayralarni hosil qiladi. Makrogametalar hujayralarning bo‘linmasdan yiriklashuvi natijasida, mikrogametalar esa hujayraning palintomik usulda 256 bo‘lakka bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Makrogameta harakatsiz bo‘lib, u tuxum hujayrasiga, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug‘ hujayrasiga mos keladi. Mikrogamegalar faol harakat qilib, makrogametalarni topib oladi va ularni uruglantiradi. Urug‘langan makrogameta (zigota) qalin po‘stgao‘raladi vaqishlab qoladi. Qulay sharoit tug‘ilganda zigota ketma-ket palintomik bo‘linish orqali yangi koloniyani hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payadigan xivchinlilar zigotasining dastlabki ikki bolinishi meyoz bolgani sababli ularning zigotadan boshqa barcha davrlari gaploid xromosomali bo‘ladi. Volvokslarda zigotalik reduksiyani ko‘ramiz. Ko‘p hujayralilarda esa meyoz gametalar hosil bo‘lish oldidan (gameta reduksiyasi) sodir bo‘ladi. Morfologik jihatdan bir- biridan farq qiluvchi jinsiy hujayralaming hosil bo‘lish anizogamiya deyiladi.
O‘simliksimon xivchinlilar bir necha turkumga bo‘linadi.
1.Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi. Bir xivchirli erkin yashovchi yakka yoki kolonial hayvonlar bo‘lib, xivchini asosini sitoplazmatik yoqacha o‘rab turadi. Bakteriya va boshqa oziq zarrachalari xivchinining harakati tufayli yoqacha ichiga tushadi. Bu yerda ulami sitoplazma o‘simtalari qamrab oladi. Ovqat hazm qilish vakuolalari ichida oziq hazm qilinadi. Koloniyasi xilma-xil shaklda bo‘ladi, ko‘proq tuxumsimon sferik va daraxtsimon koloniyalar uchraydi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling