Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  So‘zlarning  aytilishi  va  yozilishi  o‘rtasidagi  farqlarni  topib


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

90-mashq.  So‘zlarning  aytilishi  va  yozilishi  o‘rtasidagi  farqlarni  topib, 
ularni izohlang.  
 
Kamtar bo‘l, barchani etgil bahramand, 
Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. 
Urug‘ aralashib avval tuproqqa, 
So‘ngra bo‘y cho‘zadi osmon, falakka. (O‘zbek xalq hikmati) 
 
91-mashq.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”dan  olingan  misollarga  e’tibor 
qiling. So‘zlarning aytilishi va yozilishiga o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring. 
 
BAHRAMAND [forscha omadli, sherik; foyda oluvchi; rohatlanuvchi] Bahra 
olgan; biror manfaat, foyda ko‘ruvchi.    
MARTABA  [arabcha  daraja,  bosqich;  qadr-qimmat,  obro‘;  mavqe,  o‘rin]             
1 Jamiyat o‘rtasida erishilgan obro‘, e’tibor, nufuz. 2 Mansab, lavozim, amal. 
MARHAMAT  [arabcha  rahm-shafqat,  rahmdillik;  achinish,  iltifot]                  
1  Rahm-shafqat  yuzasidan  ko‘rsatiladigan  iltifot,  himmat,  yaxshilik.  Do‘stlarning 
marhamati. 2 Taklif yoki rozilik bildiruvchi so‘z. Marhamat, kiring!   


MEHR [arabcha sevgi, muhabbat; moyillik] 1 Insonning o‘z tug‘ishganlariga, 
yaqin  kishilariga  va  umuman,  odamga,  narsaga  bo‘lgan  samimiy  muhabbbati; 
yaxshi ko‘rish tuyg‘usi. Onalik mehri. 2 Shafqat, rahmdillik. Odamning yuragida 
mehr bo‘lishi kerak. (Oybek)   
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling