Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”dan  olingan  so‘zlarga  e’tibor


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

22-mashq.  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”dan  olingan  so‘zlarga  e’tibor 
bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing va ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. 


 
MILLAT [arabcha. xalq; din, mazhab] Kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, 
yaxlit  hududda  istiqomat  qilishi,  mushtarak  iqtisodiy  hayot  kechirishi,  umumiy 
madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi. 
O‘zbek millati.   
MILLIY  [arabcha.  xalqona,  millatga  tegishli;  diniy]  1  Biror  millatning, 
xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi.  Milliy madaniyat. 
Milliy musiqa.   
2 Biror mamlakatga, davlat va uning aholisiga oid. Milliy daromad. 
3 Millat bilan bog‘liq, millatiga ko‘ra bo‘lgan. Milliy ayirmachilik.   
SHIRINSUXAN [forscha. shirinso‘z, yoqimli gapiradigan] aynan shirinso‘z. 
Shirinsuxan ayol. 
SHIRINSO‘Z  Gapi,  so‘zi  kishiga  yoqadigan,  yoqimli  gapiradigan; 
shirinsuxan. Shirinso‘z yigit.  
SHIRINSO‘ZLIK  Shirin,  yoqimli  so‘z  aytish,  shunday  xislatga  egalik, 
shirinso‘z ekanlik. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling