Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  Boyjigit  Abdullayevning  “Ma’naviyat”  she’rini  o‘qing


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

69-mashq.  Boyjigit  Abdullayevning  “Ma’naviyat”  she’rini  o‘qing. 
Ma’naviyat tushunchasini izohlang. Unli tovushlarga ta’rif bering.  
 
Ko‘ngil bo‘stonlarining bahori – ma’naviyat, 
Kim g‘aflat uyqusida  – nahori ma’naviyat. 
 
Doimo ravnaqdadir ahli bashar, ey do‘stlar, 
Jamiyat ko‘zmunchog‘i, tumori – ma’naviyat. 
 
Ko‘rk erur inson uchun doimo yaxshi amal, 
Qadriyat antiqasi, osori – ma’naviyat.  


 
Bir ajab libosdirkim odamlarning egnida, 
To‘kilmagan hech qachon ohori, ma’naviyat.  
 
Savol va topshiriqlar. 
 
1. O‘zbek tili vokalizmi deganda nimani tushunasiz? 
2. Old qator unlilari qaysilar? 
3. Orqa qator unlilariga tavsif bering. 
4. Yuqori tor unlilarini aytib bering. 
5. O‘rta keng unlilariga tavsif bering. 
6. Quyi keng unlilarni sanang, izohlang. 
7. Lablashgan unlilarni ayting, izohlang. 
8. Lablashmagan unlilarning xossalarini ayting. 
9. Monoftong unlilar nima? 
10. Diftong unlilar qaysi tillarda uchraydi? 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling