E nuritdinov


Me'da osti bezi shirasining tarkibi va xossalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Me'da osti bezi shirasining tarkibi va xossalari 
 
Me'da osti bezining sekretsiyasi ovqat yeyilganda 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi va 
ovqat  tarkibiga  qarab  6-14  soat  davom  etadi.  Ovqat  hazm  qilinmayotgan  paytda, 
nahorga  me'da  osti  bezining  shirasi  hazm  yo'lining  davriy  harakatiga  qarab  har 
zamonda  chiqib  turadi.  Me'da  ostining  shirasida  oqsillar,  karbonsuvlar  va  yog'larni 
parchalaydigan  fermentlar  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  me'da  osti  bezining  shirasi 
fermentlarga  boy  desak  bo'ladi.  Masalan,  unda  oqsillarga  ta'sir  qiluvchi  tripsin  va 
ximotripsin; polipeptidlarni parchalovchi - karboksipolipeptidaza va aminopeptidaza; 


 
83 
yog'larni  parchalovchi  Hpaza;  kraxmalni  disaxaridlargacha  parchalovchi  amilaza; 
disaxarid  maltozani  monosaxarid  glukozaga  aylantiruvchi  maltaza;  sut  qandi  - 
laktozani  monosaxaridlargacha  parchalovchi  laktaza;  nuklein  kislotalarga  ta'sir 
qiluvchi nukleazalar bor 
Me'da  osti  bezi  yo'lida  bevosita  yig'ilgan  shira  oqsillarga  ta'sir  etmaydi.  Undagi 
tripsin  va  xemotripsin  fermentlari  nofaol  holatda,  ya'ni  tripsinogen  va 
ximotripsinogen  shaklida  bo'ladi.  Bu  shiraga  ichak  shirasidan  ozgina  olib 
qo'shilganda  tripsinogen  faollashib  --  tripsinga  aylanadi.  Tripsinogenning 
faollanishiga  ichak  shirasidagi  maxsus  ferment  enterokinazani  ahamiyati  juda  katta. 
Uni  1899  yilda  N.P.Shepovalnikov  aniqlagan  bo'lib,  I.P.Pavlov  bu  fermenthi 
«fermentlarning fermenti» deb nom bergan. 
         Shunday  qilib,  tripsin  oqsillarga  ta'sir  etib,  ularhi  aminokislotalargacha 
parchalaydi.  Me'dada  hosil  bo'lgan  peptozS:  Va  ,  albumozalar  ham  tripsin  ta'sirida 
aminokislotalargacha  parchalanadi,  'Shiirii'niaxsus  qayd  qilib  o'tish  zarurki,  tripsin 
asosan ishqoriy muhitda faol bo'ladi. U kislotali muhitda ham ta'sir etaveradi, ammo 
faolligi kamayadi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling