Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari


Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Download 210.26 Kb.
bet5/32
Sana20.01.2023
Hajmi210.26 Kb.
#1104876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari.

Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari.

Yer yuzudagi iqlimning asosiy tiplari va ularning bir – birlari bilan bog’liqligi yer bilan quyoshning turushi, ta’siri asosida kelib chiqadi.Ularning bog’liq holda joylashishida materiklar joylashishiga ta’siri va okeanlar, shamol va dengiz oqimlarining hosil bo’lishi, ulardagi tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishi va taqsimlanashi yuzaga keladi.

Organizmlarda bo’lib o’tadigan maromlar, asosan, yil davomida yorug’lik va harorat, kun va tunning almashinuvida namlik o’zgarishlari bilan bog’liq.Shunga qaramasdan, har bir hayvonda bo’lib o’tadigan o’ziga xos va uning ichki (endogen) maromlari ancha murakkabdir.Shunday ritimlarning ayrimlari oyning harakati bilan, ayniqsa, dengiz to’lqinlarning ko’tarilishi va pasayishi bilan bog’liqdir.Dengiz hayvonlari suvning ko’tarilib yoki pasayib turushiga moslashgan.

Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kunduz va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar  quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi  oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.
Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.


Download 210.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling