Elektr shlakli qayta eritish pechlari. Reja: Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi. Vakuum yoy pechlari


Download 267 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2023
Hajmi267 Kb.
#1145780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektr shlakli qayta eritish pechlari

VYoP larining elektr jihozlari. VYoP larning (kuch) bosh zanjiri tarkibiga quyidagilar kiradi. Elektr energiya manbasi, manbadan pechgacha tok tarmog‘i, pech konstruksiyasidagi tok tarmoqlari, tok uzatuvchi shtok, elektrodushlagich, sarflanuvchan elektrod, quyma yombi, kristallizator, vakuum kamerasi.
VYoP larning prinsipial elektr sxemasi va uning almashtirish sxemasi 18 - rasmda keltirilgan.

18 - rasm.
18 - rasmda:
1 - shinali tok o‘tkazgich, rsh; 2 - vыklyuchatel; 3 - ballast qarshilik, rb; 4 - egiluvchan kabel, rgk ; 5 - vakuum yoy pechi, rd; 6 - kristallizatorga ulanuvchi shinali tok o‘tkazgich, rt;
Pech kuch zanjirining to‘la qarshiligi :

r=rsh+rgk+rk+rt



EYoP larining elektr manbalari quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Zarur bo‘lgan issiqlik quvvatini ta’minlovchi, o‘nlab kiloamper tokning kattaligini belgilovchi yoyning kichik qiymatdagi qarshiligi.
2. Quvvatni keng diapozonda (1 : 8) boshqarish imkoniyati.
3. Pech quvvatini belgilangan darajada va yuqori stalibllik bilan ushlab turish imkoniyati (2 foizdan og‘magan holda).
4. Yuqori ishonchlilikga ega bo‘lishning muhimligi, chunki pechning kutilmaganda manbadan uzilishi eritilayotgan mahsulotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Bugungi kunda EYoP larining manbasi sifatida GPN - 550 tipidagi mashinali o‘zgartirgichlar qo‘llanilib kelinmokda. Uning quvvati 645-675 kVt , nominal toki 6500 va 14000 A, salt yurish kuchlanishi 85 - 40 V.
Yangi chiqarilayotgan qurilmalar tarkibiga quyidagi tipdagi agregatlardan biri kiradi: boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich; tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar; parametrik tok manbalari.
Agregatlarning birinchi turi, boshqarilmaydigan ventillar asosidagi to‘g‘rilagichlar (misol tariqasida VAKP seriyadagi) ishlash prinsipi ventillarga ketma-ket ulangan drossellar yordamida tokni boshqargan holda stabillashtirish prinsipiga asoslangan. Bunday agregatlar 12,5; 25.0; 37,5 kA toklarda, 75 V kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yoydagi kuchlanish 25 - 35 V va quvvati 940-2800 kVt ga teng.
Tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar 6,0 yoki 10,0 kV kuchlanishdagi manbaga ulanib, transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami RPN bilan jihozlangan. Nominal tok qiymati 12,5 - 50 kA va quvvat koefitsienti 0,6 ga, ikkilamchi kuchlanish 75 - 115 V ga teng.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling