ЭмваА кафедрасининг


Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимининг ўзига хос томонларини изоҳланг


Download 118 Kb.
bet6/10
Sana25.09.2023
Hajmi118 Kb.
#1687437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor

Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимининг ўзига хос томонларини изоҳланг.

Bevosita purkash tizimli dvigatellarni (GDI – Gasoline Direct Injection) yaratishda Yaponiyaning Mitsubishi Motore Corp kompaniyasi dunyoda yetakchi bo‘ldi. GDI dvigateli o‘rnatilgan birinchi avtomobil Galant Legnum 1995 yildan ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Shu davrdan bu toifadagi avtomobillarning turi va soni tobora ortib bormoqda va yaqin yillarda Mitsubishi chiqarayotgan avtomobillarning barcha rusumlari yonilg‘i uzatilishining ushbu yangi turiga o‘tishini rejalashtirgan. Shuning uchun bevosita purkash tizimini tuzilishi va ishlashini aynan Mitsubishi tizimi misolida ko‘rib chiqamiz. GDI motori yonilg‘i – havo aralashmasi o‘ta suyultirilgan hollarda ham ishlashi mumkin, yani havoning ortiqlik koefitsienti α = 1:30...40. An’anaviy, ko‘p nuqtali, taqsimlangan purkash tizimli motorlarda esa α ning qiymati 1:20…24 dan oshmaydi. Shu o‘rinda, aralashmaning optimal (stexiometrik) nisbati 1:14,7 ekanligini eslatish o‘rinli bo‘ladi. GDI motorlarida purkalgan yonilg‘i cheklangan xajmda o‘t oldirish shami atrofida bulut ko‘rinishida bo‘ladi. Shuning uchun yonish kamerasining xajmi bo‘yicha aralashma o‘ta suyultirilgan bo‘lishiga qaramasdan sham atrofida stexiometrik tarkibga yaqin bo‘ladi va yengil o‘t oladi. Shu bilan birga yonish kamerasining qolgan qismlarida aralashma o‘ta suyultirilgan bo‘lganligi sababli detonatsiyaga moyilligi juda past bo‘ladi. Bu silindrlarda yonilg‘i-havo aralashmasining siqish darajasini ko‘tarish hisobiga motorning quvvati hamda burovchi momentning qiymatlarini oshirish imkoniyatini berdi.

  1. Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимининг оддий пуркаш тизимларидан асосий конструктив фарқлари

GDI tiziminining oddiy purkash tizimlaridan asosiy konstruktiv farqlari: 1. Mexanik yuqori bosim nasosi tizimda 100…150 bar gacha bo‘lgan bosimni avj oldiradi ( injektorli motorlarning bakidagi elektr benzin nasosi tarmoqda 3,0…3,5 bar atrofidagi bosimni hosil qiladi); 2. Forsunkalar. Uyurmali purkagichlar yonilg‘i mash’alasining turli shakllarni yuzaga keltiradi. Yuklama rejimida- konus ko‘rinishda, suyultirilgan aralashma yonishida- porshen tomonidan o‘t oldirish shami tomon yo‘naltiriladigan tor oqim ko‘rinishida bo‘ladi. Kameraning qolgan qismlarida ayniqsa silindr devorchalarini oldida aralashma o‘ta suyultirilgan holda bo‘ladi. Mash’ala yo‘nalishi shunday tanlanadiki, benzinning suyuq fazasi silindr devorlariga va porshen kallagiga tushmasligi ta’minlanadi; 3. Porshen. Porshenning tagiga maxsus shakldagi o‘yimta hosil qilingan bo‘lib, uning yordamida yonilg‘i – havo aralashmasi o‘t oldirish shami tomonga yo‘naltiriladi. 4. Kiritish klapanlari. GDI motorida vertikal shakldagi kiritish klapanlari ishlatilgan bo‘lib, ular silindrda “teskari uyurma”ni shakllanishini ta’minlaydi va aralashmani sham tomon yo‘naltiradi, silindrlarni havo bilan yaxshiroq to‘lishini taminlaydi. 5. Elektron boshqaruvli drossel to‘siqchasi. Haydovchi drossel to‘siqchasini boshqarmaydi, balki faqat akselerator pedali datchigini harakatga keltiradi. Bu signal asosida drossel to‘siqchasini EBB ning o‘zi, motorning ishlash sharoitiga ko‘ra, qadamli elektr dvigateli yordamida boshqaradi.


  1. Download 118 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling