Energiya tamirlash sexida transformatorlarni tamirlash va sinash ishlarini tashkil etish


Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam


Download 1.82 Mb.
bet24/26
Sana03.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1076605
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, chopib tashlash zarur. Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir tomonga surib tashlash kerak. Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur.
Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana a’zolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimidan tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin. Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va kalishlar berishi kerak. Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda ahvolini aniqlash kerak. Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok ta’sirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin. Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish; b) kiyimni tugmasini echish; v) toza havo oqimini yaratish; g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish; d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish; e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur. a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur. Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar. Sun’iy nafas uslublari: Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo) 1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan) 2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan) 3. Apparat va qo‘l yordamida. Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod bor, o‘pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga teng. O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga nisbatan ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga daqiqasiga 10-12 martadan kam emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga puflash lozim. Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u holda puflash jabrlanuvchining o‘zini nafas olishiga moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy nafasni to‘xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust mustaqil nafas olishlar o‘pkada etarli gaz ayriboshlashni ta’minlab berolmaydi. Yurak faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda yurakni uqalash (massaj qilish) jarayonini o‘tkazadilar. Avvalo jabrlanuvchining chap tomoniga joylashadilar. Kaftning asosini ko‘krakning uyi -qismiga qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini birinchisining yuqori qismiga ko‘yadilar. Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin. 1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur. Yurak faoliyati tiklanishi xususiyatlari jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo‘lishi, terining pushti-qizil rangga kirishi, ko‘z qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat. Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda uqalash sun’iy nafas berish bilan muvofiq holda qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar yordamni 1 kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 15 marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo. Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa davom ettirish zarur.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling