Jadval-I.13
Erituvchi
|
Krioskopik konstanta, grad/mol
|
Benzol
|
5,1
|
Suv
|
1,85
|
Naftalin
|
6,9
|
Nitrobenzol
|
6,9
|
Fenol
|
7,3
|
Kamfora
|
40
|
Molyal konsentratsiyani quyidagi formula orqali ifodalab, krioskopik konstanta yordamida erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin:
m = (I.66)
bu ifodada gB – erigan modda massasi, gA- erituvchi massasi, MB-erigan modda molekulyar massasi.
ΔTmuz = K·m = K· = (I.67)
MB = (I.68)
16-rasmda eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ko‘tarilishining bosimga bog‘liqligi grafik ravishda ifodalangan.
Rasm-16. Eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ko‘tarilishini grafik ravishda ifodalanishi.
Grafikda T va T1 lar toza erituvchining muzlash va qaynash haroratlari, T1 va T11 lar esa mos ravishda eritmaning muzlash va qaynash haroratlari. Rasmdan ko‘rinadiki, har qanday harorat oralig‘ida va bosimda hamma vaqt eritma toza erituvchiga nisbatan past haroratda muzlaydi va yuqori haroratda qaynaydi.
Erituvchining krioskopik konstantasi faqat uning kimyoviy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, eritma konsentratsiyasi va tarkibiga bog‘liq emas. Demak, har bir erituvchi uchun muayyan O‘zgarmas son ya’ni krioskopik konstanta mavjud. Krioskopik usul faqat suyultirilgan eritmalarga qo‘llaniladi.
Eritmaning muzlash haroratining pasayishini tajribada aniqlash kalorimetr asbobida yordamida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |