Erta va kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda motorika va sensorikaning shakllanishi hamda rivojlanishi
Download 367.91 Kb.
|
Erta va kichik maktabgacha yoshdagi
Pavlov esa, atrofdagi olam obektlar yoki hodisalar retseptorlari ta'sirida bosh miyaning katta yarim sharlari po`stlog`ida hosil bo'ladigan shartli reflekslar, vaqtinchalik nerv birikmalari idrokning asosida yotishini ko'rsatdi. Vaqtinchalik nerv birikmalari bir vaqtning o'zida kompleks qo`zg`atuvchi sifatida ishlaydi. Idrok natijasida inson ongida ob'ekt, hodisa, jarayonga bog'liq bo'lgan turli xil o'zaro bog'liq sezgilar majmuasini o'z ichiga olgan tasvir hosil bo'ladi. Inson yorug'lik yoki rangli dog'lar, tovushlar yoki harakatlardan holi dunyoda yashamaydi, u ob'ektlar, narsalar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Faqatgina bunday bog`lanish natijasida izolyatsiya qilingan (alohida ajratilgan) hislar yaxlit idrokka aylanadi, individual belgilar sodda aks ettirishdan butun ob'ektlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o'tadi. Tanish narsalarni (stakan, stol) idrok etishiga kelsak, ular juda tez tan olinadi - to'g'ri qarorga kelish uchun odam 2-3ta sezgi belgilarini birlashtirishi kifoya. Idrok etish juda murakkab va faol jarayon bo'lib, muhim tahliliy va sintetik ishlarni talab qiladi. Idrok etish jarayoniga harakat tarkibiy qismlari doimo ishtirok etadi (eng ko'p ma'lumot beradigan ob'ektlarni paypaslash va ko'z harakati, tovush oqimining eng muhim xususiyatlarini aniqlashda muhim rol o'ynaydigan tegishli tovushlarni kuylash yoki gapirish). Shuning uchun idrokni sub`yektning idrok etuvchi (pertseptiv) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiq bo`ladi. Muayyan ob'ektni idrok qilish uchun unga nisbatan uni tadqiq qilish, tasvirni qurish va takomillashtirishga qaratilgan ba'zi bir qarshi harakatlarni amalga oshirish kerak.
Download 367.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling